Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi


Bo'yinga taqiladigan taqinchoqlar


Download 6.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/135
Sana05.11.2023
Hajmi6.5 Mb.
#1749445
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   135
Bog'liq
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi

Bo'yinga taqiladigan taqinchoqlar. 
B o‘yinga turli-tum an m aijon, 
munchoq, dur va tumorlar taqilgan. 
Jevak
deb atalgan taqinchoq ham 
ishlatilgan bo clib, u arpa donlariga o ‘xshagan m ayda shokilalardan 
yasalgan. Shokilalarga bosm a gul tushirilib, tilla suvi yugurtirilgan. U 
bir yoki bir nechta m aijon shodasi va tizimidan tuzilgan b o 4lib, 
o ‘rtaga turli shakldagi turunj joylashtirilgan. Jevaklar kumush, asl 
maijon, feruza va la'ldan ishlangan ham da bosma usulda, zarhal berib 
yasalgan.
87


K o fkrakka taqiladigan taqinchoqlar.
Zebizardon, tapishe dil, 
tavk, kalitbog‘i,'tu m o r va nozigardon nom li taqinchoqlar ko ‘krakka 
taqib yurilgan. Bulardan tashqari, ko ‘ylakka taqiladigan zeb-ziynat 
buyumlari ham xilma- xil bo‘lgan.
K o‘ylak um uziga “peshvoz” taqilgan. Peshvoz kichkinagina 
bejirim ishlangan xaltacha bo ‘lib, unda pardoz buyum lari (kum ush, 
m o‘ychinak, hilol (tish tozalagich), quloq va tim oq tozalagich, 
surmadon, atirdon hamda boshqalar) saqlangan.
“T apishe dil” ko‘krak taqinchog‘ining nomi “yurak urushi” degan 
ma'noni anglatib, ba'zi hollarda esa q o itiq q a ham taqib yurilgan. 
“Tapishe dil” zanjirga osig'lik turunjdan iborat boMib, unga zumrad va 
la'ldan shokilalar o ‘matilgan.
K o ‘krakka taqib yurilgan taqinchoqlar orasida turli-tum an 
tumorlar alohida ahamiyatga ega bo ‘lib, ular ins-jinslardan saqlashga 
xizm at qilgan. “Tumor” so‘zi arabchada “bir parcha qog‘ozga 
yozilgan duo” ma'nosini anglatadi. Tumorlarning turi k o ‘p bo‘lgan: 
bo ‘yin tumor, ko ‘krak tumor, qo‘ltiq tumor. Hamm asining turli 
geometrik shaklidagi g‘iloflari bo‘lib, ular kum ushdan qopqoqchali 
qilib yasalgan.
Qo‘l-oyoq taqinchoqlari
Uzuk va bilaguzuk q o ‘lga taqib 
yuriladigan asosiy zeb-ziynat buyumlari hisoblangan. Bilakuzuklar 
odatda, juft taqilgan. Uning sirtiga nozik naqshlar tushirilib, tosh va 
shishalar o ‘m atilgan bo‘lib, qadimiy bilakuzuklarda k o ‘zli ilon yoki 
qurbaqa boshi tasvirlangan.
Yengil, nozik va sidirg‘arang bilakuzuklarga talab doimo katta 
bo‘lgan. Bunday bilakuzuklar ko‘pincha kum ush tolalardan iborat 
naqshlar bilan bezatilgan. Birinchi qatori tillarang, ikkinchi qatori esa 
kumush, yaproq, don, bodom, bosma gulli uchburchak “puncha” 
bilaguzuklar ham ko‘plab miqdorda yasalgan. Qimmatbaho uzuklar 
hamma vaqt rangli tosh va shishalardan ko ‘z qadab ishlangan. H ar b ir 
viloyat zargarlari o‘ziga xos uslubda, boshqa zargarlamikidan ajralib 
turadigan uzuklar yasagan. Masalan, Xorazmda deyarli ham isha 
cho‘zinchoq shakldagi haqiq va shishalardan ko ‘z qadalgan, ay rim

hollardagina to‘g‘ri burchak shaklida bo‘lgan.
Uzuklar orasida muhr-uzuklar ham ko‘p bo‘lgan. Xon, am ir, 
sulton va beklar ulami hokimiyat ramzi sifatida taqqanlar. A yollar 
tomonidan tayyorlangan taomlari makruh va yuvgan kirlari порок 
bo‘lmasligi uchun albatta, biron-bir uzuk taqib yurgan.


U zuklar tum or sifatida ham ishlatilgan. Oyoqqa taqiladigan zeb- 
ziynatlardan oyoq bilaguzuklarini eslatib o ‘tish kerak. Raqqosalar 
oyoqlariga q o‘n g ‘iroqchali bilaguzuklar taqqan.

Download 6.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling