Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi


Download 6.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/135
Sana05.11.2023
Hajmi6.5 Mb.
#1749445
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   135
Bog'liq
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi

Sumalak.
Ilgari ushbu taom erta ko ‘klam kezlari N avro‘zi olam 
boshlangan vaqtdan butun 0 ‘zbekistonda, shu jum ladan, qo‘shni 
xalqlar tomonidan ham keng tayyorlangan. Sumalak tayyorlash uchun 
kerakli m iqdorda toza va sifatli bug‘doy olinib, yaxshilab yuvilgan, 
so‘ngra qorong‘i joyda tekis joyga yoyib, ustiga doka yopilgan va har 
kuni dokaga namini qochirmay suv purkab turilgan. N am iqqan 
bugldoy una boshlaydi. 10-15 kunda undan m ayin m aysa unib 
chiqadi. Barmoq b o‘yi o ‘sganidan key in osh pichoqda ildizi va 
maysasi bilan birga m ayda-m ayda bo ‘laklarga kesiladi. Q o‘lda ezib 
sharbati siqib chiqariladi. Sharbatini tog‘oraga solib, keragicha suv 
quyiladi, dokadan o‘tkazib suziladi. Shundan keyin b u g ‘doy turpi 
ustiga yana suv quyiladi, aralashtiriladi, dokadan suzib, sharbati 
boshqa idishga quyib olinadi. Bu ish uch bor takrorlanadi, har gal 
sharbati alohida idishlarga quyiladi. Oxiri bug‘doy Uupi tashlab 
yuboriladi.
Sumalak pishirish uchun biror xonadon hovlisida o ‘choq qazilib, 
katta qozon o ‘matiladi. Qozonda yog‘ qizdirilib sovugach, unga un 
solib aralashtiriladi, keyin birinchi suzib olingan sharbat quyiladi, 
maxsus yog‘och kurakcha yoki yog‘och cho‘m ich bilan yaxshilab 
aralashtiriladi. Qozonga o‘t yoqib qaynatiladi. Qozon ivigach, bir-ikki 
kosa mayda toshlar solinadi. Miltillab qaynay boshlaganidan keyin 
ikkinchi idishdagi sharbat quyiladi, qaynaganidan keyin uchinchi 
idishdagisi quyiladi, qozon to ‘xtovsiz kovlab turiladi. Kechasi bilan 
kovlanib, ertasi kuni esa sumalak kosalarga suzib tarqatiladi. Sumalak 
pishirish uchun har bir xonadon baholi qudrat narsa olib keladi: kim dir 
bug'doy, kimdir yog‘ yoki ikki-uch kosa un olib keladi.
Yorma.
Ushbu taom ham bug‘doydan tayyorlangan. B ug‘doy 
qo‘l-juvozda tuyilib, qozonda qaynatilgan. Keragicha m iqdorda y og‘, 
sut yoki qatiq aralashtirilgan.
90


Atala aksariyat ilk bahor oylarida, “ ilik uzildi” paytlarida 
tayyorlangan va farzand ko‘rgan ayollarga albatta atala ichirilgan.
Atala tayyorlash uchun aw alig a piyozdog‘ qilinib, so‘ngra tekis 
qizarib, yoyilib pishgan piyozdoqqa suv quyib, jizza solib qaynatilgan. 
T og‘oraga 
kerakli 
m iqdorda un 
solinib, 
unga suv qo‘shib 
aralashtiriladi. A tala holiga kelganidan so ‘ng qozonda qaynab turgan 
piyozdoqqa quyilgan, ma'lum miqdorda tuz solinib, kapkir bilan tez- 
tez kovlab turilgan. Ba'zan atalaga go‘shtli qiyma va tuxum 
q o‘shilgan. Atala nihoyatda to ‘yimli, yuqori quvvatli va darmonli 
taom hisoblanadi. Lekin, ushbu taomni ko‘pchi!ik unutib, hatto 
ayollam ing ko‘pchiligi atalani qanday tayyorlashni ham bilmaydi.
Qishloqlarda biron-bir marosim munosabati bilan tayyorlanadigan 
taomlardan qatlama, cho‘zma, yupqa, lochira va boshqalami 
ko‘rsatish mumkin.

Download 6.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling