Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi


T o y marosimlari va urf-odatlari


Download 6.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/135
Sana05.11.2023
Hajmi6.5 Mb.
#1749445
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   135
Bog'liq
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi

T o y marosimlari va urf-odatlari
Hozirgi kunda urf-odatlaming 
ju d a ko‘p qismi o ‘z mazmuni va ahamiyatini y o ‘qotib bormoqda. 
Qadimda qalinga asoslangan nikoh o ‘z ahamiyatini y o ‘qotib, uning 
o ‘m iga erkin tanlash va shaxsiy istak asosida turmush qurishga 
asoslangan nikoh kirib keldi.
Sovchilik va u bilan bog‘liq urf-odatlar tuman va qishloqlarda bir- 
biridan farqli jihatlariga ega. Sovchilik instituti tojiklarda gapzani -
sulh tuzuvchilar, bitim tuzuvchilar yoki asakoli - oqsoqollar deb 
nomlanadi, buning sababi, sovchilikka odatda, asosan, qariyalar 
borgan. Kelin tanlashda kuyovning ota-onasi va qarindosh-urugMari 
bo ‘lajak kelinni har tomonlama surishtirgan, qizning husni, yashash 
sharoiti hamda uy yumushlarini qay darajada uddalay olishi hisobga 
olingan va shunga ko‘ra, baholangan. Kelin tanlanganidan so‘ng
115


sovchilam i j o ‘natishga qaror qilingan. Sovchilik uchun xosiyatli 
kunlar tanlangan - payshanba, shanba yoki yakshanba. X u f vodiysida 
esa chorshanba, payshanba, jum a va shanba zarur ishlam i boshlash 
uchun ulug4 kunlar sanaladi. Sovchilar o ‘zlari bilan kichikroq patir 
n o n . r- katm ol, tut, un va m evalardan iborat tugun olib borgan. 
M ehm onlam i siylash uchun mezbon tom onidan bir xil taom -
mirraugan tortilgan.
T o ‘y m arosim ini keyingi bosqichida unashtirish “ fotiha to ‘yi” (tui 
fotiha) bo 4lgan. U nashtiruvda kuyovni ota-onalari va qarindosh 
urug4lari kelin tom onga boshdan oyoq sovg4a tayyorlagan. Ushbu 
sovg‘alar 
sarupo
deb atalgan.
K elinni uyiga kuyovning otasi tom onidan un, y o g 4 va q o ‘y to‘shi 
yuborilgan. F otiha to 4yida m ehm ondorchilikdan so 4ng ikki yoshni 
baxtini so 4rab duo qilingan.
Pom ir tojiklarida unashtirish marosimi 
dzaklay to
'
у
, ya'ni “kichik 
bayram” deb ataladi. Fotihadan to to ‘ygacha kuyov va kelin bir- 
birlariga ko 4rinmasliklari shart hisoblangan. “ Fotiha to 4yi”dan keyin 
kelin va bo‘lg‘usi kuyovning yangi qarindoshlaridan qochib yurishni 
boshlaydi. Tojiklarda ushbu odat megurizan, ya'ni “qochish” deb 
ataladi. “ Fotiha to4yi” b o 4lib o ‘tganidan so 4ng ikkala tom on ham
asosiy to ‘yga tayyorgarlik ko ‘ra boshlagan.
Kuyov tom on kelishilgan qalin va ikki yoshga atalgan uy-joyni 
tayyorlashga harakat qilgan bo‘lsa, qiz tom on esa kuyov tom on 
yuborgan sovg‘alarga munosib sovg‘a tayyorlagan. Shundan keyin 
qalinning miqdorini belgilash uchun ikki tom on oldi-berdisi 
boshlangan, ushbu odat “peshkashiburi”, ya'ni “ qalin miqdorini 
belgilash” deb ataladi.
Bundan tashqari, yana shunday urf-odatlar ham boMganki, ular 
“ osol” yoki “osol to‘yi” deb atalgan. Mazkur odatga ko‘ra, to ‘y 
yaqinlashgan sari kuyov tomon kelin tarafga belgilangan qalin 
0
‘m ini 
bosuvchi buyum bergan. Qalin tayyor bo‘lganidan so‘ng qizning otasi 
to ‘y kunini belgilagan.
Tojiklam ing to‘y marosimi odatda, “to‘y” yoki “to‘y arusi” deb 
atalgan. T o‘y asosan, kuz yoki qishning ilk kunlari, ya'ni aholi dala 
ishlaridan b o ‘shagan paytiga qarab o‘tkazilgan.
To4y marosimining boshidan oxirigacha asosiy rolni “yasaul” 
bajaradi. T o‘y kuni kechqurun ikkita xonadonda ham bayram 
shodiyonasi boshlangan, kuyov o‘z uyida do‘stlari bilan o 4yin-kulgi
116


qilsa, kelin esa o ‘z uyida dugonalari bilan xursandchilik qilgan. Ushbu 
shodiyona “shau to ‘y ”- “tungi bayram” yoki “ bazm” deb atalgan. 
Bazm paytida kuyovni “sha”- “podshoh”, “shoh”, (“knyaz”, “sar”) 
nomini olib, bazm da'hazil shoh rolini o ‘ynayotgan kuyovga yaqinlari 
va do ‘stlari sodiqlik bilan xizmat ko‘rsatgan.
T o ‘yning ertasi kuni yana mehmonlar kuyovning uyiga yig‘iladi. 
Ular ertalab yoki chosh, ya'ni kunning yarmida keladi. Kuyovning 
otasi kelganlami turli xil taomlar bilan mehmon qiladi, ushbu odat 
“yakdega”, ya'ni “bir qozondan ovqat yeyish” deb ataladi. Shundan 
so ‘ng kuyov sochini olish udumi bajariladi, ya'ni kuyovning sochi 
olinib, yuviladi. Soch olish udumi so ‘nggida kuyovga yangi ko‘ylak, 
ishton, ikki juft paypoq (goruk), ikkita xalat, do‘ppi va “chalma” 
kiydiriladi.
N ikoh 1o‘yi o ‘tg anidan-so‘ng„qishlo£_masjididan jn u lla J a k lif 
qilinib, nikoh o ‘qitiladi. Mulla yoniga bitta kosada suv (“nikoh suvi” -
“obi nikoh”), uning ustiga bir yoki ikkita non qo‘yiladi.
Kelin nikoh o ‘qish marosimida qatnashmaydi, uning yoniga ikkita 
guvoh yuboriladi va roziligi olinib, mullaga ma'lum qilinadi.
Nikoh o ‘qishi marosimidan keyin kelin yangi uyiga ketishga 
hozirlanadi. Karvon bilan birga kelinning seplari ham j o ‘natiladi, 
karvonni esa ashulalar bilan kuzatadilar.

Download 6.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling