Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi
Download 6.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi
Hunarmandchilik
. 0 ‘zbek xalqi qadimdan kosib-hunarmand boMgan. “Yigit kishiga qirq hunar ham oz” degan ajoyib m aqolga amal qilib, o ‘zbek yigit va qizlari bolalik hamda o ‘smirlik davrlaridanoq biron-bir hunam i egallashga harakat qilgan. Qishloq va shaharlarda har bir m ahallaning o ‘z n ow o yi, tegirmonchisi, qassobi, duradgori, sartaroshi, taqachisi, temirchisi, yamoqchisi, ip yigiruvchisi, to ‘quvchisi, ko‘nchisi hamda tikuvchisi mavjud edi. Olis qishloqlarda bir y o ‘la bir nechta hunarga ega bo‘lgan hunarmandlar faoliyat olib borar edi. Ip yigiruvchi va to ‘quvchi hunarmandlar nihoyatda ko‘p bo‘lib, qariyb har bir xonadonda xotin-qizlar, ayniqsa, keksa onaxonlar kunni charxda ip yigirish bilan o ‘tkazgan. Qishloq va shaharlarda charxi hamda urchug‘i y o ‘q biron-bir xonadon bo‘lmagan. Paxta yoki jundan tola olish va ip yigirishdan tortib, yigirilgan ipdan xonadon ehtiyojlariga qarab har xil kiyim-kechaklar hamda uy-ro‘zg‘or buyumlarini tayyorlashgacha bo‘lgan ishlam ing hammasini xonadon ayollari bajargan: biri urchuqda tola olsa, ikkinchisi charxda ip yigirgan va ipni kerakli rangga bo‘yagan. Ba'zan bir ayolning o ‘zi ayni vaqtda ip yigirish, bo‘yoqchilik, bichuvchilik, to ‘quvchilik va tikuvchilik vazifalarini ham ado etgan. Kiyim-kechak va uy-ro‘zg‘or buyumlariga talab hamda ehtiyoj orta borgani sayin ushbu m ashg‘ulotlarda ixtisoslashish jarayoni kuchaygan, mehnat taqsimoti kengaygan, charxchi, bo‘yoqchi, bichuvchi, tikuvchi, to‘quvchi kabi ixtisosliklar ko‘paygan. T o ‘quvchilik chitchi va ipakchi mutaxassisliklarga bo‘lingan. Biri faqat chit va bo‘z, ikkinchisi esa ipak gazlamalar to‘qish bilan kun kechirgan. Ular bilan o ‘zaro hamkorlikda chitgar (gazlamalarga gul bosib beradigan mutaxassis)lar ishlagan. Shoyi ipak gazlamalari o ‘simlik moylari bilan har xil rangga bo‘yalgan. Tikuvchilik sohasida mehnat taqsimoti mavjud bo‘lgan: to ‘nchi, tikuvchi, mashinachi, telpakchi, m axsido‘z, po‘stindo‘z, do‘ppido‘z va h.k. Qadimdan keng tarqalgan hunarmandchilik sohalaridan yana biri - ko ‘nchilikdir. Ushbu soha Rossiya imperiyasi hukmronligi davriga kelib ancha susayib ketgan. Ko‘pchilik xom charm va oshlangan teri bilan ishlab kelgan. M azkur mashg‘ulot turi bilan charmgar, ko‘nchi, saxtlangar va m eshgar nomlari bilan ma'lum bo ‘lgan ustalar shug‘ullangan. Xom teri ishlovchi usta Download 6.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling