Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi


Download 6.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/135
Sana05.11.2023
Hajmi6.5 Mb.
#1749445
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   135
Bog'liq
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi

ChorvachUik.
0 ‘zbeklar xo ‘jaligining muhim tarmoqlaridan yana 
biri chorvachilik bo‘lgan. Markaziy Osiyoda Dashti Qipchoqdan 
ko‘chmanchi 
o ‘zbeklar 
ko‘chib 
kelmasdan 
oldin 
yashagan 
ko‘chmanchi turkiy qabilalam ing ko‘pchiligi chorvachilik bilan 
shug‘ullanar edi. 0 ‘zbek qabilalari orasida turk o ‘zbeklar, laqaylar, 
qarluqlar va qo‘ng‘irotlar asl chorvador qabilalar hisoblangan. 
Q o‘ychivonlam ing 
piri 
C ho‘pon ota bo‘lib, 
m azkur tarmoq 
chorvachilikning 
asosiy 
sohasiga 
aylangan. 
Ushbu 
sohada 
qorako‘lchilik yuqori o ‘rinda turgan. Qo‘y-qo‘zilar erta bahordan to 
kech kuzgacha yaylovlarda boqilgan.
Q o‘y zotlari ichida qorako‘1 qo ‘ylaridan keyin Hisor qo‘ylari 
nihoyatda qimmatbaho hisoblangan. Ular 0 4zbekistonning janubiy 
tumanlarida boqib ko'paytirilgan. Jaydari qo‘ylar 0 ‘zbekistonning 
deyarli barcha tumanlarida boqilgan. Ayrim hollarda qo‘y-qo‘zisi va 
qoramoli k o ‘p aholi o ‘z chorvalarining bir qismini muayyan shart 
bilan to g ‘li qirg‘iz cho‘ponlariga bergan. Hududda qo‘y-qo‘zidan 
tashqari, echki, uloq, buzoq va ho‘kiz ham boqilgan.
Chorvachilikda yilqichilik ham katta ahamiyatga ega edi. Ammo, 
yilqini asosan, laqay hamda marqa chorvador o ‘zbeklar boqqan.
Qorabayir va laqay zot otlari ko‘plab yetishtirilgan.
59


0 ‘zbekistonning ch o ‘l-sahro va dasht-biyobonlarda y ash ag an 
aholisi tuyachilik bilan ham sh u g ‘ullangan. Asosan, Buxoro vohasi va 
Qarshi ch o ‘lida ushbu soha ju d a rivojlangan. Janubiy tum anlarda b ir 
o ‘rkachli, shim oliy tum anlarda esa q o ‘sh o ‘rkachli tuyalar boqilgan.
Pillachilik. 
0 ‘zbeklar x'o'jaligining yana bir azaliy tarm og‘i bu — 
piliachilikdir. 
M arkaziy 
O siyo, 
shu 
jum ladan, 
0 ‘zbekiston 
hududlariga ipak qurti m ilodning IV asrida X itoydan keltirilgan.
Ipak qurtini boqish v a uning pillasidan sifatli xom -ashyo 
tayyorlash ju d a k o ‘p m ehnat talab qiladigan m urakkab va og ‘ir 
jaray o n bo ‘lganligi uchun pillachilik bilan nisbatan kam aholi 
shug‘ullangan. M ayda hunarm andlar ipakdan ro ‘mol, d aф ard a, har xil 
uy jihozlari va popuklar tayyorlagan. Pillachilik Buxoro, F arg‘ona, 
Q o‘qon va M arg‘ilonda keng rivojlangan. XIX asr oxiri - XX asr 
boshlarida N am angan, M arg‘ilon va Andijon okruglarida yashagan 
aholining ko ‘pchiligi ipakchilik bilan m ashg‘ul b o ‘lgan. F arg ‘ona 
vodiysidagi 
M arg‘ilon 
va 
N am angan 
shaharlari 
ipakchilik 
an’analarining qadim iy o ‘choqlari sanalgan Ayniqsa, ipakchilikning 
asosiy m arkazlari sifatida Q o ‘qon va M arg‘ilon e'tiro f etilgan. 
Shuningdek, C hust shahri ham ipakchilik sohasida o ‘z o ‘m iga ega 
bo‘lgan. XX asr boshlarida Turkiston viloyatlari ichida Sirdaryo 
viloyatida - 84 ta, Samarqand viloyatida - 157 ta, F arg'o na viloyatida 
esa 304 ta ipak yetishtirish punktlari m avjud edi.
XIX 
asm ing 60-yillarida Turkistondagi dehqon xo‘jaliklarining 
40 foizi (m avsum da) ipakchilik bilan bandligi o ‘sha davr iqtisodiy 
hayotida ushbu xo‘jalik tarm og‘i m uhim o ‘rin tutganidan dalolat 
beradi. Ushbu davrdagi ipakchilik tarixini maxsus o ‘rgangan N argiza 
Alim ovaning qayd etishicha, mahalliy tadbirkorlar ipak qurti urug‘i 
sifatini yaxshilash ishlarida ham ishtirok etgan. Ular xorijdan ipak 
qurti urug‘larini olib kelib, o ‘lkada mazkur sohani rivojlantirishga 
harakat qilgan. Jumladan, mahalliy tadbirkor A. Yunusov birinchi 
b o iib Yaponiyadan 0 ‘rta Osiyoga sifatli ipak qurti urug‘lari olib 
kelib ko ‘paytirgan.

Download 6.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling