Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi


Download 6.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/135
Sana05.11.2023
Hajmi6.5 Mb.
#1749445
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   135
Bog'liq
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi

peshvo va mursak,
Xorazm da 
misak

Sam arqandda 
mulisak hamda kaltacha
, Farg‘ona vodiysida 
munisak 
va munsak,
Buxoro hamda Shahrisabzda esa 
kaltacha.
M ursak uch 
qismdan, ya'ni b o ‘y, yon va yengdan iborat bo ‘lib, yon qismi to ‘g ‘ri, 
uzun, qoMtiq, ostiga to ‘plangan. Ushbu to ‘plangan qism “ch o‘chcha” 
deb atalgan.
XIX 
asr oxiridan o ‘zbeklar orasida kamzul va nim cha kiyish odat 
tusiga kirgan. Kam zulning yoqalari tik, bo ‘g‘iq, badanga yopishib 
turadigan uzun, belburm a ayurtukni eslatib, ortida qiyiq joyi, ya'ni 
yirmochi va qaytarm a yoqasi bo‘lmagan. Qora rang mato, asosan, 
satin yoki kostyum bop qalin ip gazlamalardan tikilgan va ular k o‘ylak 
ustidan kiyilgan.
Samarqandda kam zulning rumcha turi keng tarqalgan. U shbu 
turdagi kam zullar Toshkent atrofidagi qishloqlarda ham keng 
tarqalganligi ma'lum. Odatdagi kamzullarda kesma ch o‘ntaklari 
bo‘lmagan va tugm alanmagan bo‘lsa, rum cha kamzul esa bichilishi va 
tikilishi jihatidan butunlay boshqacha ko‘rinishga, ya'ni buklam a 
yoqaga ega bo ‘lgan. Yoqasi ko‘krak oldigacha buklab tushirilgan 
bo ‘lsa, yelkasi esa kesma ko4rinishda bo ‘lib, yeng tomoni sal
74


qiyshaytirib tikilgan. Shuningdek, qulfi-kalitli, qaytarma va qaychi 
yoqali kamzullar keng tarqalgan edi.
Kamzullar avvallari kosiblar to‘qigan matolardan tikilgan boMsa,
XIX asr oxiridan boshlab Turkistonda Rossiya fabrikalarida ishlab 
chiqarilgan baxmal va duxobalardan tikila boshlandi. XX asr 
boshlaridan nimcha va kamzulcha kiyish sekin-asta odat tusiga kirdi. 
Kamzulcha kiyish odati tez orada y o ‘qoldi, lekin nimcha asosiy ustki 
kiyimlardan biriga aylanib qoldi, xususan, xotin-qizlar orasida keng 
tarqaladi. O lz o ‘m ida shuni qayd etish kerakki, nimcha bichish va 
tikilishi jihatidan har xil ko‘rinishga ega bo‘lgan. Dastlabki yillarda 
belidan pastroqqa tushib turadigan uzunlikda va bo‘yinni yopib 
turadigan tik yoqali ko‘rinishda, keyinchalik qaddi qomatig^ yopishib 
turadigan qilib, kaltaroq tikilgan.

Download 6.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling