Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi
An’anaviy moddiy madaniyat
Download 6.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi
3.4. An’anaviy moddiy madaniyat
Uy-joylar . 0 ‘zbeklaming an'anaviy turar-joylari qadimdan o ‘ziga xos bo‘lib, ular yashagan mintaqaning tabiiy-geografik sharoiti bilan bog‘liq bo‘lgan. Turar-joylar Ьаф о etishda qurilish konstruksiyasi va uslubi, loyihasi hamda bezaklari bilan ajralib turgan, mustaqil va o ‘ziga xos Farg‘ona, Buxoro, Xiva hamda Shahrisabz me'morchilik y o ‘nalishlari m ashhur bo‘lib kelgan. Uy-joy qurilishida o ‘zbeklarda ba'zi bir o ‘ziga xoslik saqlansa-da, umumiy yagona me'morchilik tipi keng tarqalgan bo‘lib, qadimiy uylar odatda, ko‘cha va qo‘shni tomoni derazasiz devor bilan o‘ralgan hovlilardan iborat bo‘lgan. Barcha turar-joy va xo‘jalik xonalarining oynalari ichkari tomonga qaratilgan. Hovli ikki qismga: bolalar va ayollar uchun ichkari hamda nomahram erkaklar va begonalar uchun m ehmonxona shaklidagi hashamatli xonalardan iborat tashqari hovliga boHingan. Hunarmandlaming uylarida do lkon va shogirdlar yashaydigan xonalar ham tashqarida joylashgan. Eng ko‘p tarqalgan variantlardan biri dahliz va katta xonadan iborat bo ‘lgan uylarni ko‘rsatish mumkin. Bunday uy-joylar odatda, oldi ham ayvonli va ayvonsiz qilib qurilgan. 0 ‘rtacha oilalarda esa m ehmonxona sifatida uyning bir hujrasi ajratilgan. Aholi o‘rtasida an'anaviy paxsa uylar qurish bilan birga naqshinkor ganchli binolar qurish ham mavjud bo ‘lgan. 0 ‘zbeklarda doimiy uy-joylar qurilishida mahalliy tuproqdan tayyorlangan loy asosiy qurilish materiali hisoblanib, ayrim o ‘ziga to ‘q xonadonlarda pishgan g‘ishtdan ham uylar qurilgan. Buxoro va Xivada hovli eshiklariga jez yoki temirdan yasalgan bolg‘a yoki xalqasimon boldoq osilgan. Eski tipdagi uylaming xonalari va oynalari ayvonga chiqqan, darchalar yer sathi bilan teng bo‘lgan. Eshiklar ichkariga, darchalar esa tashqariga ochilgan. Deraza yoki eshikning yuqori qismiga yorugMik tushadigan piramon (tobazon) q o‘yilgan, unga yog'och yoki ganchdan yasalgan panjara o ‘matilgan. U yga kiradigan jo y d a eshik oldida to ‘g ‘ri burchakli peshtoq (poygak) b o ‘lib, unga poyafzal yechilgan. Eshik oldidagi burchakda suv tashlanadigan m axsus jo y (obrez, adan, toshnov) joylashgan bo‘lib, unga B uxoro va Sam arqandda m arm ar tosh, X ivada esa maxsus sopol buyum o 4m atilgan. O datda, uylam ing tarhi oila a’zolarining soniga qarab bir nechta xona, dahliz va ayvon, shuningdek, xo‘jalik binolari hisoblangan om borxona, hojatxona va m olxonada iborat b o 4lgan. Shaharlar yoki aholi zich joylashgan qishloqlarda m ehm onxona odatda, ikkinchi qavat - bolaxonada joylashgan. Ayniqsa, Toshkent, Buxoro, Sam arqand va U rgut shaharlarida ju d a shinam m ehm onxonalar qurilgan. Shu kabi m ehm onxonalardan to ‘y hasham lar va motam m arosim larida ham keng foydalanilgan. B undan tashqari, qish paytlari m ehm onxonalarda m ahalla erkaklari to ‘planib, gap-gashtaklar o 4tkazgan. Hozirgi kunga kelib zam onaviy uylam ing qurilishi ancha takom illashgan b o ‘lib, ularda m illiy an'analar zamonaviy k o ‘rinishlar bilan o ‘zaro u y g ‘unlashgan. Bugungi uylar m uayyan reja asosida turli qulayliklar bilan qurilm oqda. Shahar va yirik qishloqlar yana bir qancha m ahallaga b o ‘lingan. Ba’zi joylar (Toshkent va F arg‘ona vodiysi shaharlari)da m ahalla, ayrim hududlar (Sam arqand, Buxoro, Shahrisabz, Qarshi va boshqa shaharlar)da guzar deb atalgan. Barcha hududlarda aholining uy- joylari m ahalla (guzar), k o ‘cha va orqa tom oni bilan qo‘shni (guzar)ga qaratib qurilgan. Shu tariqa, har bir m ahalla (guzar) bir-biridan uy devorlari bilan ajralib turgan. Ilgari har m ahallaning o ‘z darvozasi bo‘lib, ko ‘chalari darvoza ichkarisidan qulflab qo 4yilgan. 30-80 ta xonadon odatda, bir m ahallaga uyushgan va har bir mahalla o ‘z m aktabiga ega bo‘lgan. Shaharlam ing kengayishi bilan m ahallalam ing soni ham ortib borgan. X IX asrda Toshkentda 47 ta, Andijonda 43 ta, Buxoroda 220 ta, Qarshida 20 ta, Shahrisabzda 52 ta m ahalla (guzar), Xivada esa 20 ta yirik iloq b o ‘lgan. K o‘p shaharlar m avzelar va shahar atrofidagi qishloqlar bilan bir- biriga ulanib ketgan edi. M avze va qishloq odam lari ham m uayyan bir m ashg'ulot bilan shug‘ullangan. Shaharlarga yaqin qishloqlam ing aholisi ko ‘proq hunarm andchilik bilan m ashg‘ul bo4 Isa, sug4orma dehqonchilikka asoslangan hududlardagi qishloqlarda esa bog‘dorchilik va dehqonchilik yaxshi rivojlangan. Qir-adirlar va to g ‘ etaklarida joylashgan qishloqlarda lalmi dehqonchilik hamda 68 chorvachilik xo‘jalikning muhim tarm og‘i hisoblangan. Shu sababli mahalla, guzar va qishloqlar aholisi ko‘proq nima bilan shug‘ullanishiga qarab nomlangan. Egarchilar, ko‘nchilar, mardikorlar, aravakashlar, kulollar va etikdo‘zlar mahallalari, sholikor qishloq, g ‘allakor qishloq, temirchi-taqachi qishlog‘i va hokazo. Shuningdek, yirik qishloqlar ham shaharlardagidek mahalla va guzarlarga b o ‘lingan. Har-bir fuqaro masjidga qatnaganligi uchun ushbu mahalla yoki qishloqlar aholisi “ masjit-qavm” deb atalgan. Download 6.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling