Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi
Download 6.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi
dudoq r o ‘mol
, ip ro'mol, shol ro'mol, jun ro'mol, to ‘r ro ‘mol, ipak ro 'mol, doka ro 'mol, misqali doka ro ‘mol, g'ijim ro ‘mol, qalayaki ro'mol, qurokdi r o ‘mol, besh gulli ro'mol, balxi ro'mol, gardi ro'mol kabi nomlar bilan atalgan. Yosh qiz va kelinchaklar oq va yorqin rangli, keksalar esa oq nimrang hamda kichik hajmli ro ‘m ollar o ‘ragan. Farg‘ona vodiysida ro ‘molning alohida turi keng tarqalgan bo‘lib, u chorsi shaklida, uchlari burchakma-burchak qilib taxlanib, boshga o ‘ralib, ustidan qora yoki qoramtir tusdagi durracha tashlangan. Durracha peshonaga tang‘ilib, uchlari gardanda kesishtirilgan va peshona ustiga o ‘tkazilib bog'langan qora ro‘mol orasiga qistirib qo‘yilgan, so‘ngra ustidan bir parcha mato, ya'ni doka bog‘langan. Buxoroda doka o £m iga uzun shasha doka ishlatilgan. Hozirgi kunda ham ro‘mol ustidan bog‘langan durrachani Toshkent viloyatining ayrim tumanlarida yashovchi ayollaming boshida uchratish mumkin. Aksariyat hollarda kichikroq ro‘mol, ya'ni durra o ‘raladi. Paranji XX asm ing birinchi choragigacha o ‘zbek ayollari ko'chaga chiqayotganda kiyilishi majburiy boMgan ust-bosh hisoblangan. Har bir ayol va qizning albatta, paranji va chachvoni bo‘lishi shart edi. Ayollar va qizlar paranjini ustiga yopib, yuz-ko‘zini chachvon bilan berkitgan. Samarqandda chachvon “chashmand” deb atalgan. Paranji va chachvon xonadan olib chiqilganidan keyin hovlida a w alo , ayollar boshiga paranji tashlab, darvozadan chiqayotganda, 79 ostonada yu ziga chachvon tutilgan. Boy xonadonning ayollari qim m atbaho m atodan rang-barang bezaklar berib tikilgan paranji- chachvon yopingan b o ‘lsa, kam bag ‘al ayollar esa eski paranji- chachvon tutgan. Q ishloq joy lard a paranji-chachvon kam dan-kam ishlatilgan, o ‘shanda ham asosan, olis safarga chiqilganda va turli marosimlar paytida ishlatilgan. Paranji yopinish odati m avjud bo‘lmagan hududlarda ayollar boshlariga turli xil yopinchiqlar va ko‘pincha bolalam ing to 4ni tashlab yurilgan. Sam arqand va Shahrisabzda y o ‘l- y o ‘l m atodan tayyorlangan yopinchiq, X orazm va uning atroflarida esa jegda yopib yurilgan. Jegdaning uchlari ayolning beligacha tushib turadigan darajada uzun b o ‘lib, ba'zan yengga o 4xshatib chatib q o ‘yilgan. Ish bilan band bo‘lganda jegdaning uchlari b o ‘yinlariga o 4rab olingan. L o 4lilar chachvonni ot yolidan tayyorlagan. Boylarga m o‘ljallangan chachvonlar havorang yoki pushti m unchoqlar bilan bezatilgan va uning ham m a tom oniga m ag4iz tikilgan. Download 6.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling