Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi


Download 6.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/135
Sana05.11.2023
Hajmi6.5 Mb.
#1749445
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   135
Bog'liq
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi

Chakkaga 
taqiladigan 
taqinchoqlar
har-xil 
gajak 
va
taqinchoqlardan iborat. M asalan, B uxoroning “qushduo” deb atalgan
86


gajagi ikki girx shakl bilan bezatilgan to ‘g‘riburchakli tumorlardan 
iborat bo‘lib, unga turli zulflar qistirilgan.
Gajak taqinchoqlar ichida “butun tim oq”, “yarim tim oq” va 
“naycha” degan taqinchoqlar yirikligi hamda murakkab ishlangani 
bilan ajralib turadi. “Butun tim oq” gajagi “zalvorli” besh burchak 
g ‘ilofdan iborat. Burchaklarida feruza ko ‘zli qublari bor “olm a guli” 
naqshlari ko‘zga yaqqol tashlanib turadi.
Quloqqa taqiladigan taqinchoqlar. 
Quloqqa sirg‘a taqish ju d a 
qadimdan davom etib kelayotgan odat bo'lib, sirg‘alar katta-kichikligi 
va bezagi jihatidan nihoyatda rang-barang ham da xilma-xildir. 
Mittilaridan tortib yelkagacha osilib tushgan va xalqa sirg‘alar keng 
tarqalgan. F arg'ona vodiysi aholisi qashqarbaldoq sirg‘ani yaxshi 
ko‘rgan. Sirg‘alar kumush, asal marjon, dur shisha va qim m atbaho 
tosh parchalaridan nozik sim to ‘qim alar bilan zarxal berib ishlangan.
Sochga taqiladigan taqinchoqlar. 
0 ‘rilgan sochga “ sochpopuk”, 
“sochbog'”, “ruqta do ‘mbiroq” va “yum aloq” nom lari bilan ma'lum 
bo‘lgan bezaklar taqilgan. Ushbu taqinchoqlarga xilm a-xil shokilalar 
osilgan b o clib, 
ular 
qubba, 
yaproq, 
uchli 
v a tom chinusxa 
ko‘rinishlarida yasalgan. Sochpopuklar orasida “zarkokil” yoki 
“chulpa”lar kumush yoki tilla tangachalar tizm asidan qilingan. K atta 
soch o ‘ramlarini tutib turish uchun “tufak” deb ataladigan taqinchoq 
ishlatilgan.
Burunga taqiladigan taqinchoqlar orasida eng k o‘p tarqalgani 
arabak deb ataladigan sirg‘adir. Arabak taqish ju d a sharafli ish 
hisoblanib, ushbu odat Arabiston yo Hindistondan kirib kelgan b o ‘lsa 
ajab 
emas. 
Arabak 
taqish 
uchun 
burun 
katagi 
teshilgan. 
Samarqanddagi davlat tarix-arxeologik m uzey-qo‘riqxonasida XIX asr
— XX asr boshlarida ishlangan arabak (buloqi) sirg‘a saqlanmoqda. U 
kumush, dur, shisha va qimmatbaho tosh parchalaridan ishlangan.

Download 6.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling