Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi


Download 6.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/135
Sana05.11.2023
Hajmi6.5 Mb.
#1749445
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   135
Bog'liq
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi

Oltinchisi
- Qoraqumning markaziy v a janubiy qism larini o ‘z 
ichiga oladi. Bu yerda asosiy m ashg‘ulot turi chorvachilik bo ‘lib, 
asosan, qo4y, echki va tuya boqilgan. Sug‘orma dehqonchilikning 
asosiy turlari paxta va bug4doy yetishtirish hisoblangan.
Chorvachilik.
Turkmanlaming 
aksariyat 
u m g ‘lari 
orasida 
chorvachilik muhim o ‘rin egallaydi. Chunki, turkm an qabilalarining 
kocpchiligi chorvador urug‘-qavmlar b o ig a n i uchun m azkur soha 
asosiy 
mashg‘ulot 
vazifasini 
bajargan. 
Turkm anlar 
qism an 
dehqonchilik bilan shug4ullangan. Chorvachilikda asosan, quym qli 
.qo4y-qo4zilar boqilgan. Chorvador urug4 qabilalar ham aslida ikkiga 
,..,.bo4lingan: chorva va chamri (chamm).
Chorvalar uy hayvonlarini yaqin uzoq yaylovlarga olib chiqib, bir 
yerdan ikkinchi yerga ko‘chib yurgan. Chamri xalqi esa bir yerda 
o‘tov qurib, o‘troq hayot kechirgan. Chorvani qo‘lda boqib, ekin ekish 
bilan kun kechirgan. 

‘5.
Amudaryo qirg‘oqlarida yashovchi no‘xurli, anauli, murchali va 
bayat qabilalari qadimdan chorvachilik bilan shug‘ullanib kelgan. 
x v i - x v n i asr boshlarida turkmanlaming shimoliy hududlarga 
ко4chib o‘tishi ulaming xo‘jalik hayotida dehqonchilikning rolini 
oshirgan, bu esa turkmanlami o‘troq hayotga o‘tishiga olib kelgan.
XVIII asrda dehqonchilik chorvachilik bilan birga turkmanlaming
126


asosiy mashg‘ulotiga aylangan. Ushbu sohalaming xususiyatlari tabiiy 
sharoit, urf-odat va an'analariga chambarchas bog‘Iiq boMgan.
Turkmanlar dunyoga o ‘z otlari bilan, ayniqsa, axalteken otlari 
ju d a mashhur. Zotdor otga “Axaltekin” nomining qo‘yilishida ikki 
so ‘z asos bo‘lgan: Axal (Turkmanistondagi tarixiy viloyat) va teke 
(turkman qabilasi, Axal hududida yashovchilar). Mutaxassislar ushbu 
zotning qadimiyligi besh ming yilni tashkil etishini ta'kidlaydi. 
Turkmanistondagi Axaltekin otlarining soni uch mingdan ortadi va 
ushbu ot o ‘zining zotdorligi va go‘zalligi bilan ajralib turadi. 
Axaltekin otlari Turkmanistonda o ‘ziga xos iftixor timsoliga aylangan, 
davlat ramzlarining markazidan o ‘rin olgan va qator xorijiy mamlakat 
rahbarlariga eng oliy hadya sifatida tortiq qilinadi.
Turkmanlar chorvachilik bilan bir qatorda mazkur xo‘jalik 
tarm og‘iga bog‘liq bo‘lgan boshqa kasblar ham rivojlangan. Bularga 
teri oshlash va ju n mahsulotlari, gilamdo‘zlik, palos tayyorlash hamda 
tikuvchilik kirgan.
Har bir urug‘ chorvani o ‘ziga tegishli hududda boqqan. Yirik 
chorvadorlaming qo‘lida minglab qo‘y-qo‘zi va yuzlab tuyalar 
mavjud bo ‘lib, ular yana ju d a ko‘p yaylovlar va suv manbalariga 
egalik qilgan. Kambag‘al chorvadorlarga ancha qiyin edi, chunki, ular 
o ‘z qudug‘i bo‘lmaganligi uchun quduq suvidan foydalangan. Buning 
evaziga ular boyning chorvasini boqib, qudug‘ini tozalab berishi kerak 
edi. Ozgina chorvaga ega bo‘lganlari esa o ‘z mollarini boyning 
hayvonlariga q o ‘shib, o*zi esa uning yerida ishlab berishi kerak edi. 
Yollanma mehnatning gullukchi va xizmatkor shakllari mavjud 
b o ‘lgan. Turkmanlaming dengizga yaqin hududlarida yashovchi 
urug‘lari baliqchilik bilan ham shug‘ullangan.

Download 6.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling