Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi
Turkiston tarixiy-an’anaviy jihatdan keng
Download 6.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi
Turkiston tarixiy-an’anaviy jihatdan keng
ma'noda quyidagi qismiardan iborat: _ _ _ _ _ 2 "Г .,, i Ш * a) M arkaziy Turkiston (hozirgi 0 ‘zbekiston, Qozog‘iston va qisman j Tojikiston); f------ . b) Sharqiy Turkiston (ichki M o‘g ‘uliston, Xitoyning Shinjon • avtonom tumani, Ooraqurum); -Uyg‘ur j Г ;J v) G ‘arbiy Turkiston (Eronning shimoli, Kavkaz, Kaspiy dengizi | havzasi); ---- ------------ ------------------------------------------------- * " s ( g) Shimoliy Turkiston (shimoliy Qozog‘iston, Volgabo‘yi, Sharqiy » Ural tog‘larigacha cho‘zilib ketgan Turon pasttekisligij Ob, Yenisey, j Lena daryolari oralig‘i, Sibir), tor ma'noda Turkiston deb asosan, •. markaziy Turkiston tushuniladi. f \ ^ _ -- . ^ Sovet davri qomuslarida ta’kidlanganidek, Turkiston keng ma'noda - turkiy xalqlar yashovchi hudud nomi hisoblangan. Tor ma'noda Turkiston 1867—1917-y illardagi Turkiston general- gubematorligi (1886-yildan Turkiston o‘lkasi) tushunilgan. 32 Shuningdek, Rossiya imperiyasining vassallari Xiva va Buxoro xonliklari hududining tarixiy-geografik nomidir. Rossiya bosib olgan g‘arbiy Turkiston hududida 1867-yilda Turkiston general- gubematorligi tuzildi, 1886-yildan rasman Turkiston o‘lkasi deb atalgan. Oktyabr to‘ntarishidan so‘ng g‘arbiy Turkiston hududida Turkiston ASSR tuzilgan. Turkistonda milliy-hududiy chegaralanishning o ‘tkazilishi, ya'ni uning 3 ta Respublika va 2 ta avtonom viloyatga boMinishi tufayli Sovetlar davlatida Turkiston nomi ishlatilmaydigan bo‘ldi. Chunki, Sovet hukumati mustaqil Turkistonni tiklash g‘oyasidan nihoyatda qo‘rqar edi. Yuqorida ta'kidlaganidek, 1924-1925-yilIarda Turkistonda milliy- hududiy chegaralanishi o‘tkazilib, “Turkiston” atamasi sun'iy ravishda muomaladan chiqarildi va uning o‘miga rasman “0 ‘rta Osiyo” geografik atamasi joriy qilindi. 0 ‘zbekiston o‘z strategik o‘mi, iqtisodiy va madaniy salohiyati jihatidan Turkistonning vorisi hisoblanadi. Mamlakatimiz mustaqilikka erishgach, ushbu atama tarixiy, siyosiy va madaniy-etnik jihatidan qaytadan muomalaga kiritildi hamda keng koMamda qoMlanilmoqda. “Movarounnahr" atamasi Markaziy Osiyoning markaziy va janubiy viloyatlariga nisbatan ham ishlatilgan. Ushbu geografik atama arabcha “daryo orti”, “daryoning narigi tomoni”, ya'ni Amudaryo ortida va uning o‘ng qirg‘og‘idagi hudud degan ma'noni anglatishi keng tarqalgan edi. Uning xuddi shu ma'noni anglatadigan fors tilidagi “Vorarud” va “Vora Jayhun” shakllari mavjud, ulaming barchasi aw al (XI asr) Xuroson viloyatining davomi sifatida, IX asr boshlaridan e'tiboran esa Turkiston, ya'ni Qoraxoniylar va undan keyingi turkiy davlatlar tarkibidagi ma'muriy birlik sifatida tushunilgan. “Movarounnahr” atamasi ilk bor hadislarda tilga olingan. Aftidan, ushbu atama arablar o ‘rtasida islomgacha bo‘lgan davrlarda ham ma'lum b o iib , u vaqtda (VI asr) shimoli-sharqda Jayhun, ya'ni Amudaryoning orqasida joylashgan Turk xoqonligiga qarashli hududlami anglatgan. Qadimgi fors manbalariga tayangan arab geografi Yoqut Hamaviy “Movarounnahr” atamasini Turon mamlakatining nomi sifatida bilgan. 33 Arab tilida “daryoning narigi betidagi yerlar”, degan ma'noni anglatadigan “Movarounnahr” atamasi qadimgi yunonlaming “Transaksiana” atamasining deyarli solzma-so‘z tarjimasi hisoblanadi. Arablar o ‘zlarining Sharqqa qilgan ilk yurishlari davomida (VII asr ikkinchi yarmi - VIII asr boshlari) ushbu o‘lka haqida ikki xil tushuncha va ma’lumotga ega bo‘lgan edi. “Ma-duna-m-n-nahr”, ya'ni “Movarounnahr”, ya’ni “daryoning pastki tomoni” va “Ma-varo-an- nalir”, ya’ni “Movarounnahr” daryoning narigi tomoni ma'nolarini anglatgan. Mazkur atama VII asming 70-yillaridan, ya'ni Arab xalifaligi noiblari Marv shahriga kelib, Turkistonga vaqti-vaqti bilan oMja olish uchun Poykent, Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryo hududlariga qilgan yurishlari davridan boshlab qo‘llanilgan. 705-715-yillarda ushbu atama yanada keng iste'molga kirgan. Arablar ta'sirida “Movarounnahr” atamasi o‘rta asrlardan boshlab Xo‘jand, Samarqand va Buxoro shaharlari hamda uning atroflari, Qashqadaryo va Surxondaryo vohalami o ‘z ichiga olgan. Mazkur atama Sirdaryo va Amudaryo oralig‘idagi keng hududni anglatgan ilmiy, tarixiy va geografik asarlardan Yevropa tillariga ana shu yuqorida chegaralangan hududni anglatuvchi atama sifatida o ‘tgan va qo‘llanilgan. “O'rta Osiyo" atamasini dastlab XIX asrda taniqli nemis geograf olimi A. Fon Gumbold “Mittel Azia” shaklida Osiyo qit'asining ichki qismlarini belgilash uchun qo‘llagan edi. U Osiyo uchun 0 ‘rta paralleldan shimol va janubda 5 kenglikdagi hududni “0 ‘rta Osiyo” deb ataydi. Olim mintaqaning g‘arbiy qismini Kaspiy dengizi bilan chegaralagani holda sharqiy qismining chegaralarini aniq ko‘rsatmaydi. Mashhur nemis geografi Ferdinand fon Rixtgofen o ‘zining “Хитой” asarida ushbu hududga nisbatan yangi va birmuncha aniqroq ta'rifni taklif etgan edi. Uning fikricha, janubda Tibetdan shimolda Oltoygacha, g ‘arbda Pomirdan sharqda Xingongacha bo'lgan hududlar - Markaziy Osiyodir. Olim Orol - Kaspiy pasttekisligini oraliq chiziqqa mansub, deb qayd etgan edi. Markaziy Osiyo - Yevrosiyo materigining o‘rta qismi, g ‘arbda Kaspiy dengizi qirg‘oqlari, sharqda Xitoy, shimolda G ‘arbiy Sibir tekisligi, janubda Nishopur, Safedko‘h va Hindikush togMariga cho‘ziIgan yirik tabiiy-geografik o ‘lkadir. U materikning ichkarisida, Atlantika okeanidan 4 ming km Shimoliy Muz okeanidan 2,5 ming 34 km, Tinch okeanidan 5,5 ming km va Hind okeanidan 1000 kmga yaqin masofada joylashgan. Markaziy Osiyo hududi o‘rta asrlarda - Turon, arab manbalarida - Movarounnahr, XIX asming ikkinchi yarmi — XX asr boshlarida, aniqrog‘i 1921—1925-yillarda o ‘tkazilgan milliy-hududiy chegaralanishgacha Turkiston deb nomlangan, keyinchalik sovet davridan boshlab esa 0 ‘rta Osiyo deb ataladigan bo‘ldi. Markaziy Osiyoning tabiati, xo‘jaligi, shaharlari va aholisiga oid dastlabki tarixiy-geografik ma'lumotlar Gerodot (mil.avv. V asr), Kvint Kursiy Ruf va Strabon (mil.avv. II asr) kabi yunon hamda Rim, shuningdek, xitoy olimlarining asarlarida uchraydi. Bundan tashqari, Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Ahmad as-Saraxsiy (IX asr) Jayhoniy, Abu Zayd Balxiy (X asr), Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Nosir Xisrav, Mahmud Koshg‘ariy (XI asr), al-Xovakiy, Mahmud Zamaxshariy, Sam'oniy va boshqa mahalliy olimlaming asarlarida ham ushbu hudud haqidagi qiziqarli ma'lumotlar mavjud. Markaziy Osiyo geografiyasiga oid ma'lumotlar IX-XII asrlarda yashagan sayyoh olimlar - Ibn Xo‘rdodbek, Ibn al-Faqiq, Ibn Rusta, al-Muqaddasiy, al-Mas'udiy, Ibn Fadlan, Istaxriy va Ibn Xavqal kabilarining asarlarida ham uchraydi. Rossiya imperiyasi davrida Markaziy Osiyo deyilganda, Orol dengizining shimoliy nuqtasidan to Balxash ko‘lining shimoliy nuqtasigacha o‘tkazilgan to‘g‘ri chiziqdan Eron, Afg‘oniston, Xitoy va Kaspiy dengizi chegaralarigacha bo‘lgan oraliqda joylashgan hudud tushunilgan. Sovet davrida ushbu tushunchalar bir oz o ‘zgargan, chunki 1924-1925-yiIlardagi milliy-hududiy chegaralanish natijasida sobiq mintaqaning kattagina qismi Qozog‘iston SSR tarkibiga kiritildi. Qozog‘iston SSRning chegaralari esa shimoliy-sharqda 0 ‘rta Sibir, g ‘arbda Ural tog‘lari va Volga daryosining etaklari, qisman Yevropa qit'asigacha cho‘zildi. Yuqorida ta'kidlanganidek, “Markaziy Osiyo” atamasi bugungi kunda barcha ilmiy-ommabop adabiyotlar va jamoatchilik o‘rtasida keng qo‘llanilib kelinmoqda. Ko‘rinib turibdiki, insoniyat sivilizatsiyasi beshiklaridan biri hisoblangan azim Sirdaryo va Amudaryo oralig‘idagi bepoyon hududlar turli davrlarda siyosiy, tarixiy hamda geografik asarlarda “Turon”, “Turkiston”, “Movarounnahr”, “0 ‘rta Osiyo” va “Markaziy Osiyo” nomlari bilan 35 atalib kelingan. Mustaqillik sharofati bilan milliy o ‘zlikni anglashga intilish yanada kuchaya boshlagan va tarixiy qadriyatlar tiklanayotgan hozirgi vaqtda, asrlarga bo‘ylashgan ushbu salohiyatli mintaqa tarixini yanada teranroq o ‘rganishga qiziqish tobora ortib bormoqda. Download 6.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling