Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi


Download 6.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/135
Sana24.09.2023
Hajmi6.5 Mb.
#1687140
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   135
Bog'liq
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi

Kiyim-kechaklari
Pom ir erkaklari yaxtak, tam bun, ya’ni ishton, 
ustidan ju n chopon “ gilim ”, boshlariga toqi do‘ppi, oyoqqa esa 
yumshoq etik va pex, ayollari esa uzun yengli k o 'y lak v a cholvor 
kiyib, boshlariga durracha ro ‘mol o ‘raydi, keksa ayollar esa qalpoq 
kiyadi. Taqinchoqlari xalqa, mis bilakuzuk, xilma-xil munchoq, 
m uguz va soch popuklaridan iborat.
Hunarmandchiligi.
Pom ir tojiklari turli iplardan paypoq to ‘qiydi. 
Ushbu odat Pomirbo‘yi ayollarining juda qadimiy va ajoyib 
hunarlaridan biridir. Voxan, Shug‘non va Rushonda do‘ppichilik 
taraqqiy etgan. Y og‘ochdan sandiq, shamdon, turli idish-tovoq 
tayyorlash yaxshi yo ‘lga qo‘yilgan.
Taomlari.
Pomir tojiklari yashayotgan joyi, uning tabiiy va 
iqlimiy shart-sharoitlari ham da mavjud imkoniyatlariga qarab taom lari 
turlicha b o ‘lgan. Chorva mollari ko ‘p va g ‘allachilikka asoslangan 
yerlarda non bilan sut ko ‘p iste'mol qilinadi. Sholikor hududlar va 
yalangliklarda yashaydigan aholi asosan, guruchdan tayyorlangan 
taomlar sevib tanovul qilinsa, tog‘ va tog‘ etaklarida joylashgan 
tojiklar esa go‘shtni kam iste'mol qiladi.
Qishloqlar va ko^pchilik shahardagi hovlilarda yashayotgan 
tojiklar tandir non, tog‘li hududlarda esa yupqa, chappoti non, patir, 
katta girlacha non, kulcha yopib, qatlama iste'mol qilinadi.
Suyuq ovqatlardan oshi burida, oshi ord (uvra osh) va tushbera 
(chuchvara) sevimli taomlar hisoblanadi. G o‘sht, sabzi va qovoq 
somsalar, shuningdek, mantilar ko‘p iste'mol qilinadi.
Sut va sut mahsulotlari (qatiq, maska yog‘i, kurd, suzma, pishloq
- patir) kundalik asosiy taomlar hisoblanadi.
114


Pomirlik tojiklam ing eng yaxshi ko ‘radigan taomi palovdir, 
shuningdek, qovurdoq, lag‘mon, sho‘rva va atala ham sevib iste'mo 
qilinadi. K o‘pchilik n o ‘xat sho‘rva, arpa yoki tariq non, ba'zi hollarda 
esa atala bilan qanoatlanishga majbur bo‘ladi. Sut va sut mahsulotlari, 
bug‘doy, m eva kam bo ‘lgani uchun faqat bayram kunlari hamda 
to ‘ylarda istemol qilinadi. Tuz Badaxshondan olib kelinadi. Choy ham 
kam bo ‘lganligi uchun ko ‘pincha sutli choy ichiladi.
Marosimiy taom sifatida holvaytar va atala tayyorlanadi. Maxsus 
ayollar marosim larida pishirilgan atalani faqat xotin-qizlar ichgan, uni 
erkaklar ichishi taqiqlangan.
Transports
Tojikistonda to g ii joylar, dara, ja r va toshqin 
daryolar ko ‘p. Shu sababli, yo‘Naming sifati yaxshi emas. Faqat 
vodiylar, katta qishloqlar va shaharlarda tekis yo ‘llar qurilgan. 
T og‘lardagi ko‘p qishloqlarga so‘qmoq yo ‘llar va osma ko‘priklar 
orqali borish mumkin. Shuning uchun asosiy transport vositasi ot bilan 
eshak hisoblanadi.
Tojiklarda nisbatan qadimgi katta patriarxal shakli saqlanib 
qolgan. Badaxshon va Voxanda aholi bir nechta oilalarga bo‘lib, bir 
uyda yashaganligi rus sayyohi Vuda izlanishlari davomida guvoh 
boMganligini qayd etadi. Qorategin va Darvozda esa qishlash uchun 
bir nechta oila joylashadigan binolar bo‘lgan. T og‘li tojiklar oilani 
bo ‘linib 
ketishiga 
yo ‘l 
qo‘ymaslikka 
harakat 
qiladi, 
yerlari 
bo‘linmasligi-uchun esa yangi oila otasining qaram og‘ida yashaydi. 
Agar oila ju da yiriklashib ketsa, yoniga yangi bino qurilgan, ammo 
ovqatlanish uchun barcha oila a'zolari bir joyga yig‘ilgan.

Download 6.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling