Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi
Download 6.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi
Ma'naviy madaniyati
Arab tilidagi “madaniyat” so ‘zi o ‘z zamonasi uchun juda yuksak sivilizatsiya hisoblanib, G ‘arbiy Yevropaning o ‘rta asrlar jam iyatiga katta ta'sir ko‘rsatgan edi. Madaniyatning vujudga kelishida mazkur etnos (arablar) katta rol o ‘ynaganligi sababli “Arab madaniyati” deb nomlangan ushbu tushuncha xalifalik tarkibidagi ko‘p xalqiar uchun xos edi. Arab madaniyatining keyingi taraqqiyotida Gretsiya-Suriya (Vizantiya), Eron (Fors), Kavkazorti (Ozarboyjon), Markaziy Osiyo va Hindistonning ta'siri katta bo‘lganligi ayni haqiqat. Shunisi diqqatga sazovorki, vizantiyaliklar singari arablar ham antik davr an'analami davom ettirib, grek klassiklarining asarlarini qunt bilan o ‘rganib, arab tiliga taijim a qilganlar. Aristotel, Gippokrat, Ptolomey va yevklid asarlarini arab olimlari yaxshi bilar edi. Yevropaliklar Aristotelning asarlari bilan dastlab arabchadan lotin tiliga taijim a qilingan nusxalar orqali tanishganlar. Arab madaniyatining o ‘ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, unda aniq fanlar juda taraqqiy etgan edi. Arablar tibbiyot sohasida katta muvaffaqiyatlarga erishgan bo‘lib, ular tirik organizmni tilish y o ‘li bilan tekshirib, odam anatomiyasini juda yaxshi o ‘zlashtirgan edi. Arablaming tibbiyotga oid darsliklari G ‘arbiy Yevropa universitetlarida butun o ‘rta asr davomida o ‘qitildi. Shuningdek, matematika sohasida ham arablar geometriya va trigonometriyani rivojlantirdilar. U lar algebra fanining taraqqiyoti borasida ju da ko‘p .% v amaliy ishlami bajarib, hind raqamlari sistemasini mukammallashtirdilar. Qolaversa, arablar juda yaxshi sayyoh ham edi. Ular nafis adabiy ot sohasida ham mashhur asarlar yaratdi. Arab san'atida asosiy o ‘rinni arxitektura egallaydi. Ular monumental binolar, masjidlar, saroylar, maqbaralar, hammomlar va boshqa jam oat binolarini juda antiqa usulda qurganlar. Arab 215 arxitekturasining eng qadimgi yodgorliklaridan biri Quddusdagi Umar masjidi bo‘lib, u Um maviylar davrida, 688-yilda qurilgan. Haddan tashqari sipo, o ‘zining nihoyatda nozik san'atkorona ishlanganligi bilan kishini hayratda qoldiradigan va ziynatli naqsh solish arab rassomchiligining xarakterli xususiyatidir. Q oiy ozm alar, kitob muqovalari va shu kabilar m ana shu xildagi rasm lar bilan bezatilar edi. Kundalik turm ush hayotidan olingan xilma-xil mavzudagi ajoyib m iniatyuralar ham qo‘lyozmalarga bezak bo ‘lib xizm at qilar edi. Barcha shaharlarda yahudiylar gettolarida g ‘uj bo‘lib yashagan va m ahallalarda sinagogalar joylashgan edi. XX asm ing 30-yilllari boshlarida stalincha qatag‘on davrida 100 ga yaqin buxoro yahudiylari hibsga olingan, sinagogalar, yahudiy maktablari, teatr, m uzey va gazetalari yopilgan. Ulardan adabiy esdaliklam ing m ashhur mualliflaridan biri Solomon ben Samuel bo ‘lgan. U 1338-yilda U rganchda yahudiy tili lug‘atini tuzgan b o‘lsa, M ois ben Dovud esa forsiyda poem alar bitgan. XVII asr oxiri - XVIII asm ing birinchi yarmida shoir Y usuf Yagudi (M ollax Iosif ben Isaak)ning “ Етти ака- ука” asari Buxoroda mashhur bo ‘lgan. Buxoro yahudiylarining asosiy m ashg‘ulotlari savdo, musiqashunoslik, san'at, hunarmandchilik bo‘lib, keyinchalik maishiy xizmat, pedagoglik, muhandis va shifokorlik kasblarini egallagan. Ular orasidan fan va madaniyatning yirik arboblari yetishib chiqqan; fan doktorlari - prof. Yu. I. Is’hoqov, I. A. Kalantarov, В. I. Pinxasov, N. M. Mallaev, kompozitorlar - M. Leviev, S. Yudakov, rassom lar - Yu. M. yelizarov, 0 ‘zbekiston xalq artistlari — L. Boboxonov, B. Davidova, I. Oqilov, M. Yoqubova, M. Shamaeva va Izro M alakov shular jumlasidandir. 0 ‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so ‘ng Respublika Konstitutsiyasida barcha millat va elat vakillarining tili, urf-odati hamda an'analariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni, ulam ing rivojlanishi uchun sharoit yaratish kafolatlandi. Shundan kelib chiqib, Buxoroda ikkita sinagoga, yahudiy tilida o ‘qitiladigan m aktab va bolalar bog‘chasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Sam arqandda esa 1998- yildan boshlab “Shofar” gazetasi nashr qilinadi va turli diniy marosimlar o ‘tkaziladi. Uyg‘urlar mamlakati qadimgi madaniyat o ‘choqlaridan hisoblanadi. Ushbu hududda ko‘plab qadimgi davlatlar va shaharlar 216 mavjud edi. Uyg‘urlar qadimdan 26 ta harfdan iborat yozuvdan, V -V I asrlardan boshlab esa maxsus yozuvdan foydalanila boshlangan. Qadimgi uyg‘urlar xitoy musiqasiga katta ta'sir ko‘rsatgan. Xalq m usiqasining gavhari hisoblangan 12 maqom XVI asrda Omonnisoxon tomonidan tartibga solingan. U yg‘urlar hayotida tosh, suyak, kumush, mis va temirdan turli zeb-ziynat buyumlari yasash rivojlangan. Ular qadimdan jun, ipak va paxtadan maxsus dastgohlarda matolar to‘qilgan. Milodning boshlari (III asr)da ular tomonidan ishlab chiqarilgan qog‘oz nusxalari eng qadimiy topilm a hisoblanadi. Uchta davlat davrida o ‘rta asr umumkoreys madaniyatiga asos solingan. Ushbu davr mafkurasida ibtidoiy e'tiqod va tasaw u rlar saqlanib qolgan. Konfutsiylik va buddizmning kirib kelishi bilan (rasmiy din hamda mafkura sifatida) koreys madaniyatiga xitoy adabiyoti hamda yozuvi ta'sir ko‘rsatgan. Dastlabki tarixiy asarlar xitoy tilida yozilgan. Koreyada (kanso anaka) saqlanib kolgan maqbaralar, me'morchilik va tasviriy san'at rivojlanganidan dalolat beradi. Tasviriy san'atning freska (bo‘rtma surat) turi bilan maqbara devorlari bezatilgan (ruhlar fantastik hay von va qushlar). Kyondju tumanidagi arxeologik yodgorliklar Silla davlati hunarmandchiligi yuksak bo‘lganligidan dalolat beradi (V asrga oid so f oltindan ishlangan toj, uzuk, bilaguzuk, sirg‘a qurollar). VII asr o ‘rtalarida Kyondjuda astronomik rasadxona qurilgan va aynan ushbu davrda koreys umumxalq tili shakllangan. VII asr oxirida olim Solchxon xitoy ierogliflari asosida koreys tili fonetikasi va grammatik tuzilishiga mos yozuv tizimini yaratgan edi. Konfutsiylik buddizm asosidagi o ‘rta asr mafkurasi birligi, Koreyaning Tan sulolasi bilan mustahkam madaniy aloqada bo‘lishiga yordam bergan. K o‘pchilik ruhoniylar Chanan (Xitoy)da o ‘qib kelgan bo‘lib, ular orasida budda rohibi Xe Chxo (VII asr) ham bor edi. U Xitoydan Hindiston va Markaziy Osiyoga sayohat qilgan hamda “Хиндистон подшохликлари хакида хикоялар” asarini yozgan edi. Xitoyda ta'lim olganlardan yana biri, olim va yozuvchi Chxve Chxuvan (858-951) poeziya hamda hikoya janrlarida sermahsul ijod qilgan edi. 217 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling