Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi


Download 6.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/135
Sana24.09.2023
Hajmi6.5 Mb.
#1687140
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   135
Bog'liq
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi

yaxsuvliklar
nomi bilan ataladi.
Obimozor daryosi sohillaridagi tojiklar 
xovalinglar,
Sho'robdaryo 
atrofidagi 
tojiklar 
sho ‘robdaryoliklar,
Baljuvon 
hududida 
yashovchilar 
baljuvonlilar,
Baljuvonning shimoliy-sharqiy qismidagi 
daralarda yashayotgan tojiklar 
darachilar,
Qizilsuv daryosining o‘ng 
irmog‘i atrofida joylashgan tojiklar 
dashtlilar
deb ataladi.
Shuningdek, Gazimalak tog‘ tizmasida joylashgan tojiklar 
gazimalaklilar, Varzob havzasidagilar varzoblilar; Qashqadaryo 
havzasining janubiy-sharqiy qismidagi tojiklar, harduri tojiklari 
0 ‘zbekistonning janubiy mintaqalalarida yashovchi lokal etnologik 
guruh hisoblanadi.
Hardurilar mintaqaning qadimiy mahalliy etnologik guruhlaridan 
biri bo ‘lib, ular asosan, tojik va o ‘zbek tillarida so‘zlashadi. Ushbu 
etnologik guruh asosan, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarining 
to g ‘li hududlarida istiqomat qiladi. Ular Qashqadaryo viloyatining 
Dehqonobod va G ‘uzor tumanlari hamda Qarshi cho‘llarida yashab, 
asosan, tojik va qisman o ‘zbek tilining qarluq lahjasida so‘zlashadi. 
Ilmiy adabiyotlar va mahalliy aholining bergan ma'lumotlariga ko‘ra, 
harduri - har joydan kelib qolgan, yig‘ilib qolgan aholi, deb qaraladi
ya’ni boshqacha ifodalaganda, “qurama” so ‘zining ma'nosiga deyarli 
mos keladi, lekin, ushbu guruhning quramalar bilan hyech qanday 
aloqadorligi yo‘q.
105


5.2. A n ’anaviy xo‘jaligi va moddiy m adaniyati
Tojik xalqining x o ‘jalik m ashg‘uloti qadim dan asosan, sun'iy 
sug‘orishga asoslangan dehqonchilik v a b o g ‘dorchilik hisoblanib, 
chorvachilik ham x o ‘jalikda muhim rol o ‘ynagan. Shuningdek, 
hunarmandchilikning yog‘och o‘ym akorligi, ganchkorlik hamda 
kashtachilik Uirlari keng rivojlangan.
yem i haydash uchun sipor va omoch ishlatilgan, shuningdek
qo‘shho‘kiz bilan ham yer haydalgan. Haydalgan yem i m ola bilan 
tekislanib, go‘ng, kul, to ‘kilgan barg va loyqa bilan o ‘g ‘itlangan. 
Ayrim hududlarda eski devor tuprog‘i, guvala va paxsa o ‘g ‘it sifatida 
ishlatilgan. Lalmi yerlarga asosan, arpa ekilgan. G ‘andum (bug‘doy), 
arzan (tariq), jo ‘xori, loviya, no ‘xat, mosh, zig‘ir, lavlagi, piyoz, sabzi, 
qovoq, qalampir va boshqa ekinlar ekilgan.
Hosil asosan, o croq bilan o‘rilgan. G ‘alla turli usullarda 
yanchilgan bo ‘lib, galagov usuli ko ‘p qo‘llanilgan (bir nechta h o ‘kizni 
bir-biriga bog‘lab, g‘alla ustida aylantirib yurilgan). Yanchilgan don 
panshaxa bilan shopirilgan.
G ‘alla g‘arami va xirmon oldiga xotin-qizlar, ayniqsa, yosh 
juvonlar 
yaqin 
yoMatilmagan, 
it 
va 
boshqa 
hayvonlar 
yaqinlashtirilmagan. Xirmon oldiga suv olib kelish ta'qiqlangan. 
Chunki, suv g‘allani yanchish vaqtida yom g‘ir yog‘ishini so ‘rash bilan 
baravar hisoblangan. Yanchilgan don ustidan sakrab o‘tishga ham 
ruxsat berilmagan.
Hozirgi Tojikiston qishloq xo‘jaligining asosiy tarm og‘i -
dehqonchilik bo‘lib, jam i qishloq xo‘jalik mahsulotlarining 65% ni 
beradi. Unda paxtachilik, ayniqsa, ingichka tolali paxta yetishtirish 
yetakchi o‘rinni egallaydi. Bog‘dorchilik, uzumchilik va pillachilik 
rivojlangan. Moyli, sabzavot-poliz va yem-xashak ekinlari, zig ‘ir, 
kartoshka, g‘alla va sholi ham yetishtiriladi. Tog‘oldi va to g ‘ 
mintaqalarimng sug‘oriladigan yerlarida tamaki, Hisor va Vaxsh 
vodiylarida yorongul ekiladi. Sitrus mevalar yetishtirish ham yaxshi 
yo‘lga qo‘yilgan.
Tojiklar chorvachilik bilan ham shuglullangan. Tojikiston 
Respublikasining barcha hududlari, ayniqsa, tog‘ yon bag‘irlarida 
chorvachilik yaxshi rivojlangan: qoramol, qo‘y, echki, parranda va 
yilqi boqiladi. 0 4 - o ‘lan ko‘karishi bilan chorva mollari yaylov va 
o41oqlarga olib chiqib ketilgan. Chorvador tojiklaming xotin-qizlari
106


birgalashib, navbatma-navbat sigir boqib, kuvi pishirgan. Kuvidan 
yog‘ va qurut tayyorlangan. Kuvi tojiklarda har xil ko‘rinishda 
bo‘lgan: guppi, tugl, kul (chagdek).
Aholi o ‘rtasida keng tarqalgan hunarlardan eng qadimiysi 
yigiruvchilik va to ‘quvchilik hisoblangan. Paxta tolasi va qo‘y junidan 
ip yigirib, gazlama to‘qilgan. T o‘qish uchun urchuq va charx 
ishlatilgan. B o‘z gazlamani asosan, erkaklar to ‘qigan. Har bir 
xonadonning ayoli o ‘z oila a'zolari uchun zarur kiyim-kechaklar va 
do‘ppini o ‘zi tikkan.
Kulolchilik bilan shug‘ullanuvchi hunarmandlami deyarli har bir 
qishloqda uchratish mumkin boMgan. Ular qishloq aholisi uchun zarur 
xilma-xil idish-tovoqlar yasagan. Ayniqsa, X o‘jand, G ‘ijduvon va 
Farg‘ona vodiysining boshqa shahar hamda yirik qishloqlarida 
yashayotgan kulolchilik mahsulotlariga talab doimo yuqori boMgan.
Gazlama to‘qish bilan dong chiqargan shahar va qishloqlar ham 
bor edi. Masalan, Qoratog‘ning shoyi va alachasi, X o‘jandning ipak 
gazlamasi, 0 ‘ratepaning ragza movuti anchagina mashhur edi.
Madan qazib olish, oltin izlash va metall quyish bilan 
shug'ullanuvchi kosiblar ham kam emas edi. Temirchi, taqachi, 
ko‘nchi, bo‘yoqchi, yamoqchi va boshqa hunar egalarining soni 
ko‘pchilikni tashkil qilar edi.
Tojiklar tomonidan qadimdan ardoqlanib kelinayotgan nafis 
hunar turlaridan biri naqqoshlik va zargarlik hisoblanadi. Naqqoshlik 
san'atining xilma-xil turlari rivojlanib kelgan. Ganch va yog‘och 
o ‘ymakorligi, terrakot (kuydirilgan sarg‘ish-qizil loylar) ishlash, xalq 
kashtachiligi keng tarqalgan amaliy san'at turlari edi. 0 ‘z o ‘mida 
shuni qayd etish kerakki, tojik ayollari kashta tikish hunarini 
mukapmmal egallagan edi. Xususan, Samarqand va Buxoroda tojik 
kashtachilarining mahoratiga teng keladigani bo‘lmagan. Buxoro 
amiri saroyida baxmalga zar tikish bilan mashhur boMgan bir guruh 
zargarlar ishlagan. Zarbof to‘n va do ‘ppi tikishning xilma-xil usullari 
qo‘llanilgan.
So‘zana, atlas va duxoba ko‘rpa, har xil xalta, ko‘ylak, belbog4, 
salla hamda boshqa uy-ro‘zg‘or va marosim kiyimlari chiroyli, rang 
barang gul hamda kashtalar bilan bezatilgan. Kelinchaklar yuziga 
tutiladigan nafis parda - ro‘yiband, shuningdek, uchburchak shakldagi 
guldor tumorchalar o ‘zining nafisligi va go‘zalligi bilan ajralib turadi.


Turli bino va im oratlam ing ustuni, shipi ham da peshtoqlaridagi 
islimiy va girix naqshlar har qanday insonning e'tiborini o ‘ziga tortadi.

Download 6.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling