Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi


Download 6.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/135
Sana24.09.2023
Hajmi6.5 Mb.
#1687140
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   135
Bog'liq
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi

5.3. Pomir xalqlari
Pomir 
tojiklari 
o‘zlarini 
pomiri
deb 
ataydi. 
Tojikiston 
Respublikasi tarkibidagi G ‘arbiy Pom im ing baland tog* vodiysidagi 
Tog‘li Badaxshon viloyatida yashagan kichik xalqlar-yozg‘ulom (o ‘z 
nomi - zgamik)lar, ro‘shon (o‘z nomi - rixen, ruhni)lar, mahaliy 
guruh xuf (o‘z nomi - xufik)lar bilan birga, bartang (o‘z nomi 
bartanj)lar mahaliy guruh arosharlar bilan birga, shug‘non (o‘z nom i — 
xugni yoki xununi)lar mahaliy aholi bajo‘ylar bilan birga, ishkashim 
(o‘z nomi - ishkoshumi, ishkashimi)lar, vohan (o‘z nomi — hik, vaxi 
va vanj)lar guruhlaridan 
iborat. 
Shuningdek, Pomir xalqlari 
Afg‘oniston Badaxshoni (ro‘shonlar, shug‘nonlar, ishkashimlar, 
vohanlar, zebaklar, munjonlar)da, Pokistoning Chitrol mavzesi 
(munjon va yidgalar)da va Xunza daryosi vodiysi (vohanlar)da, 
Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur viloyatida (shug‘nonlar va vohanlarga 
qarindosh sariko‘llar) yashaydi. Zamonaviy o ‘zligi anglashi pomiri 
deb hisoblovchi aholining umumiy nufusi 300 ming kishini tashkil 
etadi.
110


Pom ir xalqlari katta yevropeoid irqiga m ansub b o ‘lib, hind- 
yevropa tillar oilasining sharqiy eron tili kichik guruhiga m ansub til va 
lahjalarda so ‘zlashadi. Ular G ‘arbiy va Janubiy Pom ir vodiylari 
(Tojikistonning T og‘li Badaxshon muxtor viloyati va A fg‘oniston, 
Pokiston ham da Shimoliy Hindistonning unga tutash hududlari) va 
Sariko‘l 
tog‘ 
tizmalari 
(Xitoyning 
Shinjon-U yg‘ur 
muxtor 
tum anlari)da yashaydi. Pomir tillariga voxan, ishkashim va yozg‘ulom 
tillari hamda shug‘non, rushon, xuf, bartang, o ‘ro ‘tur, sariko‘l singari 
qardosh til va lahjalar kiradi. Hozirgi o ‘lik til hisoblangan qadimiy 
vanj va sarg‘ulom tillari ham ushbu guruhga mansub. Ayrim 
belgilariga ko'ra, munjon va unga yaqin bo‘lgan iydgo tillari pomir 
tillariga qo ‘shilsa-da, ushbu masala munozarali bo ‘lib qolmoqda.
Pomir xalqlam ing tarixiy-genetik tavsifi ulam i boshqa sharqiy 
eroniy tillardan farqlanuvchi oila sifatida o'rganish imkonini 
bermaydi. Bir qator lingvistik belgilar turli pom ir tillarini boshqa 
sharqiy eroniy tillar bilan alohida-alohida yaqinlashtiradi. Barcha 
Pomir tillarining stmkturaviy o ‘xshashligi va katta umumiy lug‘aviy 
fondi, ulam ing muayyan til jam oasida o czaro yaqin va o‘xshash 
rivojlanganligini ko ‘rsatadi. Pomir xalqlari o ‘zaro tojik tilida muloqot 
qiladi va ta'lim oladi. Shuningdek, o ‘zaro muloqot tili sifatida 
shug‘non va ma'lum jihatdan Voxan tili qo ‘llaniladi. Ayniqsa, 
shug‘non tili pomirda yashovchi turli etnik guruhlar orasidagi muloqot 
tiliga aylangan. Zamonaviy jamiyatda tojik tili keng ommalashmoqda 
va maktablarda va hatto oilalarda ham asosan, tojik tili keng 
qo ‘llanilmoqda.
Voxan tili asosan, ushbu hududda asosiy muloqot tili hisoblanadi. 
Odatda, voxanlar va uning tojik tilli aholisi, shuningdek, voxanlar 
hamda ishkamishlar o ‘rtasida muloqot voxan tilida olib boriladi. 
O gcaxon fondi m ablag‘iga XXI asr boshlaridan boshlab Tog‘li Pomir 
avtonom tumanida pullik maktablar tashkil qilingan bo‘lib, ushbu 
ta'lim dargohlarida tanlov asosida arab, yevropa va ms tillari 
o ‘qitiladi.
Xitoyda yashovchi pomirliklar o ‘zaro muloqot uchun uyg‘ur yoki 
xitoy tillaridan foydalanadi. A fg‘onistonda esa pomirliklaming 
muloqot tili vazifasini dariy va kam miqdorda pushtun tillari bajaradi. 
A fg‘onistonda pomirliklar kompakt yashaydigan hududlarda pomir 
tillari rasmiy til hisoblansa, shuningdek, Tojikiston qonunchiligiga 
ko ‘ra, pomir tillarida erkin so‘zlashishga ruxsat berilgan.
ill


Pom ir tilida so 'zlash uvchilam ing k o ‘pchiligi uchun yozuv va 
ta'lim tili tojik, sariko‘l tilida so ‘zlashuvchilar uchun esa uyg‘ur tili 
hisoblanadi.
Pomirliklar asosan, islom dinining shia, qism an esa sunniylik 
m azhablariga e'tiqod 
qiladi. 
Xususan, 
ulam ing 
asosiy 
qismi 
shialikning ismoiliya oqim idagi m usulm onlar hisoblanadi.
Pomir tojiklari yashaydigan hududlarda qadim da Rushan, 
Shug‘non va Voxan kabi davlatlar b o ‘lgan. U zoq asrlar m obaynida 
ushbu joylam i qanchadan-qancha chet el istilochilari bosib olib, Pomir 
xalqlari ustidan hukm ronlik qilib kelgan. VTI asm ing oxiridan boshlab 
Pom ir va Pom irbo‘yi hududlari ikki asrdan ko‘proq vaqt mobaynida 
tibetliklar qoll ostida bo‘lgari. X asrdan Pom ir bo ‘yidagi qadimiy 
davlatlar yana m ustaqil bo ‘lib oladi va keyinchalik ushbu yerlar bir 
qancha podsholiklarga bo ‘linib ketgan edi. Qariyb 30 yilga yaqin vaqt 
m obaynida Badaxshon afg ‘onlarga bo‘ysunib kelgan, 
1878
-yildan 
boshlab ushbu xalqiar Buxoro amirligi qo‘l ostiga o ‘tadi, so‘ngra 
Rossiya imperiyasi tom onidan bo ‘ysundiriladi.
1925-yil 2-yanvarda Tojikiston muxtor Respublikasi tarkibida 
T og6li Badaxshon muxtor viloyati tashkil etildi. 
X X
asm ing ikkinchi 
yarmi - XXI asm ing boshlari davom ida jam iyatda sodir b o‘lgan 
siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy o ‘zgarishlar natijasida Pom ir xalqlari 
etno-madaniy 
jihatdan 
asta-sekinlik 
bilan 
tojiklarga 
o ‘zaro 
yaqinlashib, tobora singib bormoqda.
Pomir xalqlarining asosiy an'anaviy m ashg‘ulotlari chorvachilik, 
hunarmadchilik va qisman dehqonchilikdan iborat. Tojikistonning 
boshqa togTi hududlaridagidek, Pomirbo‘yi aholisi ham asosan, 
chorvachilik va qisman dehqonchilik bilan shug‘ullanadi. Juda qiyin 
geografik va iqlimiy sharoitlar tufayli va yaroqli yerlar ju d a kamligi 
sababli ushbu hududlarda dehqonchilikni keng rivojlantirishning iloji 
b o ‘lmagan. yer omoch yordamida ho‘kiz bilan haydalgan va ekin 
ekishdan oldin yerga o ‘g‘it solingan. Haydalgan yerlarda arpa, 
bug‘doy, no‘xat, dukkakli ekinlar, zig‘ir, m akkajo‘xori, ayrim joylarda 
esa paxta yetishtirilgan.
Tog‘ 
yonbag‘irlariga mevali 
daraxtlar o'tqazilib, 
bog‘lar 
yaratilgan. Vohan va Shohdaraning yuqori qismlarida chorva mollari 
k o cp boqilgan va aksincha, baland to g ii hududlarda, chunonchi, H u f 
vodiysi atroflarida chorva kamroq saqlangan.
112



Download 6.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling