Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi
Download 6.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi
Uy-joylart
Pomiri iklar asosan, daryolar atrofi, yalangliklar va tog* etaklariga uy qurgan. Ularning uy-joylari voha tojiklariga o ‘xshab tosh va yog‘ochdan qurilgan. Yoz kunlari butun aholi ochiq havoda yashab, tunash uchun uch tarafi devor bilan o ‘ralgan tom siz jo y barop qilingan. K o‘p joylarda chivin ko‘pligi sababli y o g ‘och ustunlariga o ‘m atilgan baland ayvonlar va daryo bo‘ylarida uxlaganlar. 0 ‘z navbatida shuni ta'kidlash kerakki, pomirliklarning turar- joylarini me'moriy tuzilishiga ular yashagan hudud relfining o ‘ziga xosligi, tabiiy sharoiti, xususan, quruq iqlimi ham ta'sir qilgan. Xususan, yilning issiq davri asosan, yog'ingarchiliksiz bo‘lib, kun davomida ob-havo tez-tez o ‘zgarib turgan. Yilning sovuq davri noyabm ing boshlaridan to aprelgacha davom etgan. Qishdagi eng sovuq harorat - 30 bo‘lsa, yozda esa +35 darajani tashkil etgan. Havo harorati to g ‘li va yuqori mintaqalarda ham sezilarli ravishda o ‘zgarib turadi. Sersuv suv havzalarining mavjudligi sababli sug‘orma dehqonchilik yaxshi rivojlangan. Shuningdek, 3000 metrdan yuqorida bo‘lgan hududlarda chorvachilik asosiy xo‘jalik tarm og‘i hisoblanadi. Turar-joylam i qurishda hududning tabiiy-geografik o ‘mi, jum ladan, tosh va qor ko‘chishi xavfi hamda suv toshqinlaridan xoli joy tanlanadi. An'anaviy pomirliklarning uylari asosan, qishloqlarda joylashgan b o ‘lib, har bir uyda oz bo‘lsa-da, o‘zining hovlisi va yer maydoniga ega edi. Odatda, uylar asosan, bir qavatli qilib qurilgan, lekin agar uyning hovlisi qiya jarlikda bo‘Isa, unda uyni ikki qavatli uyning birinchi qavati maxsus og‘ilxona sifatida hayvonlarga ajratilgan. Uy qurish uchun asosan, tosh va tuproqdan foydalamlgan. Pomirliklarning uylari boshqa xalqlar uylariga o ‘xshamagan. U lam ing uylari asrlar davomida o ‘zgarmasdan ajdodlardan avlodlarga o ‘tib kelmoqda. An'anaviy uylardagi har bir me'moriy belgi o‘ziga xos ma'noga ega bo ‘lib, ularda islomgacha va islomiy qarashlar mujassamlashgan. Uyning har bir elementi odamlar hayotida ma'lum bir ma'noni bildirgan. Pomirliklar uyining asosi beshta ustundan iborat bo‘lib, bu islom olamidagi 5 buyuk shaxslar: Muhammad s.a.v., Hazrat Ali, Fotima, Hasan va Husanlami anglatgan. Muhammad s.av. ustuni — uydagi asosiy ustun bo‘lib, ushbu e'tiqod erkakmng hukmronligi, dunyoning abadiyligi va uyning mustahkamligi ramzi hisoblangan. M azkur ustun oldiga doimo bola yotadigan beshik qo ‘yilgan. Fotimaning ustuni — poklik ramzi va uy o ‘chog ining homiysini bildirgan. Nikoh to‘yi paytida ushbu ustun oldida kelirmi 113 kiyintirishib, taqinchoqlar taqilgan va Fotim adek chiroyii b o ‘lsin, deb niyatlar qilingan. Shuningdek, H azrati A lining ustuni - sevgi, vafo va d o‘stlik ramzi bo‘lgan. K uyov birinchi m arta kelinni uyiga olib kirayotgan vaqtda ulam i aynan ushbu ustun oldiga o ‘tirgcizilgan va birgalikdagi oilaviy hayoti baxtli b o ‘lib, ulardan so g ‘lom zurriyodlar dunyoga kelsin, deb niyat qilingan. H asanning ustuni esa yerga bog‘liq bo ‘lib, u serhosil bo ‘lishi uchun xizm at qilgan. Husanning ustuni yorug‘lik va olov ramzi b o ‘lganligi bois uning oldida diniy m atnlar bilan birga nam oz o ‘qilgan. Shuningdek, u yerda maxsus chiroq yoqish marosimi (“charogravshan”) o ‘tkazilgan. Uyning to ‘rt tom oni “chorxona” to‘rt unsur: yer, suv, shamol va olov ramzi hisoblangan. Download 6.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling