Fanning vazifalari – Markaziy Osiyoda milliy mustaqil respublikalarning tashkil topishi. Respublikalar taraqqiyotining o‘ziga xos xususiyatlari, mintaqada barqarorlikni ta‘minlash, diniy ekstremizm va xalqaro terrorizmga qarshi kurash yo‘lidagi say-harakatlar, xalqaro tashkilotlar bilan aloqalar, respublikalarning o‘zaro hamkorlik aloqalari to‘g‘risida umumiy tasavvur va tushunchalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan.
Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, ko‘nikma va
malakalariga qo‘yiladigan talablar
Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi, o‘rta asrlardagi davlatlarning shakllanishi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti;
Markaziy Osiyo xalqlarining yangi va eng yangi davridagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
Markaziy Osiyo davlatlarining, xususan, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston xududlari bilan bog‘liq qadimdan to bugungi kungacha tarixiy taraqqiyoti;
Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi, o‘rta asrlar, yangi va eng yangi davridagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotiga oid manbalar haqida bilishi va ulardan ta‘lim jarayonlarida foydalana olishi;
Markaziy Osiyo davlatlarining milliy mustaqillikka erishish jarayonlari bosqichlari;
Markaziy Osiyo davlatlarida milliy davlat tizimlarining barpo qilinishi;
boshqaruvda yangi usullarning qaror topishi va takomillashib borishi;
Markaziy Osiyo davlatlarining o‘zaro siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalardagi aloqalarining mohiyatini tushuna olish kabi malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |