Markaziy osiyo xalqlari tarixi


Download 0.9 Mb.
bet24/140
Sana31.12.2022
Hajmi0.9 Mb.
#1073985
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   140
Bog'liq
МОХТ-2021. УМК йигиндиси - платформа учун

Birinchi yo‘nalish rahnamosi bo‘lgan Stalin iqtisodiy qonuniyatlarni inkor qilib, industrlashtirishni amalga oshirish uchun favqulodda tadbirlar (qishloq xo‘jaligida jamg‘arilgan mablag‘larni sanoatga olib berish va hakozo) o‘tkazdi. Bu esa sanoatda valyuntarizm, buyruqbozlikni kuchaytirdi. Shunday bo‘lsa-da, Markaziy Osiyo respublikalarida industrlashtirish siyosati jadallik bilan amalga oshirilaverdi.
Qozog‘istonda industrlashtirish foydali qazilmalarni, turli xil konlarni izlab topish va ulardan foydalanishni tashkil qilishdan boshlandi. Respublikada rangli metall, neft mahsulotlari va ko‘mir ishlab chiqarish yuqori sur'atlar bilan rivojlantirildi.
Industrlashtirish yillarida respublikada katta xajmdagi temir yo‘llarni qurish ishlari amalga oshirildi. Markaziy Osiyoni Sibir bilan bog‘lab turuvchi, uzunligi 1445 km bo‘lgan (Turksib) temir yo‘l qurilishi 1927 yil aprelidan boshlab yuborildi va 1930 yil 25 aprelida muddatidan 17 oy ilgari foydalanishga topshirildi. 1927 yilda Petropavlovsk-Ko‘kchatov temir yo‘li qurib foydalanishga topshirildi;

  • 1931 yilda ushbu yo‘l Akmolagacha davom ettirildi;

  • 1939 yilda Qozog‘istondan xom ashyoni olib chiqib ketish maqsadida Akmolinsk-Qarag‘anda, Iletsk-Uralsk, Rubsovsk-Ridder yo‘llari;

  • 1940 yilga kelib Qarag‘anda-Jezqozg‘on temir yo‘llari qurilishi tugallandi.

O‘sha davrning yirik qurilishlari sirasiga Chimkent qo‘rg‘oshin zavodini, Balxash va Achchisoy metall zavodlarini kiritish mumkin. Shuningdek Tekeliy, Jezqozg‘on, Ust-Kamenogorsk metall zavodlari qurilishi boshlandi va tez fursatlarda tugallandi. Bu bilan esa, rangli metallarni qayta ishlovchi zavodlarning nafaqat Qozog‘istondagi, balki Ittifoq miqyosidagi eng yirik korxonalari bo‘lib qoldi.
Ximiya sanoatiga xos bo‘lgan zavod va korxonalar Chimkent, Aktyubinsk va boshqa joylarda qurish boshlab yuborildi.
Elektrenergiyasini ishlab chiqarish rivojlandi. Qarag‘anda SES, Ulbin GES, TES, Balxash metallarni qayta ishlovchi korxonalari shular jumlasiga kirdi. Embil neft hududlarida ishlar rivojlantirib yuborildi. Neftni qayta ishlovchi Ko‘zshatil, Makat kabi eski hududlar ishi jonlantirildi. Yangi neft konlari Kulsari, Sagiz kabilar foydalanishga topshirildi. Ittifoq miqyosida Qozog‘iston rangli metallar ishlab chiqarish bo‘yicha ikkinchi o‘ringa, neft qazib chiqarish bo‘yicha uchinchi o‘ringa chiqib oldi, Qarag‘anda uchinchi ko‘mir koni nomini oldi.
Industrlashtirish yillarida bir qator yirik oziq-ovqat korxonalari ishga tushirildi. Semipalatinsk go‘sht kombinati, Gurevsk baliqchilik korxonasi, Olma-Ota konserva zavodi, Jambul, Merke, Taldi-Qo‘rg‘ondagi shakar zavodlari shular jumlasiga kirdi. Qozog‘istonda industrlashtirish siyosati o‘zining natijasini bera boshladi. Respublika xalq xo‘jaligida sanoat yetakchilik qila boshladi. 1939 yilga kelib uning ulushi 58,9% ni tashkil qildi. Qator posyolkalar, Qarag‘anda, Ridder, Balxash kabilar shahar nufuzini ola boshladi.
Qozog‘iston Respublikasida shahar aholisining soni 8,2% dan 27,7% ga o‘sdi. Mutaxassis ishchilarning va injenerlar soni ortib bordi. 1926 yilda sanoatda band bo‘lgan ishchilar 10,7% ni tashkil qilgan bo‘lsa, 1933 yilga kelib ular 33,8% ni tashkil qildilar.
Mamlakatni industrlashtirishida besh yillik rejalar muhim o‘rin egalladi. 1928 yildan 1933 yillarga rejalashtirilgan vazifalar to‘rt yilu uch oy mobaynida bajarildi.Ushbu besh yillik davomida ishlab chiqarish o‘sib borib, o‘zining birinchi ming tonnalik mahsulotini Karsakpay zavodi berishga muvaffaq bo‘ldi. Toshko‘mir qazib chiqarish oldingi yilga nisbatan 1,5 baravar, neft qazib chiqarish bo‘lsa deyarli 2,2 baravarga oshdi. Foydali qazilmalarni izlab topish ishlari faol davom ettirildi. 1931 yilga kelib mamlakatda ana shunday 140 ta geologlar partiyasi faoliyat olib borib, ularning natijalariga ko‘ra, Qozog‘iston qator foydali qazilmalar bo‘yicha mamlakatda birinchi o‘ringa chiqib oldi. 1928-1938 yillarda sovet xokimiyatining respublika xalq xo‘jaligiga kiritgan kapitali 311 mln so‘mdan oshib ketdi, ulardan 48% i sanoat, transport, aloqa kabi sohalarga kiritildi. Qisqa fursat ichida mamlakatda 40 dan ortiq zavod, fabrika, kombinat, shaxta, konlar va elektrostansiyalar ishga tushirildi.
Industrlashtirish siyosatining natijalari asosida Qozog‘iston qisqa fursatlar ichida qoloq agrar davlatdan agrar-industrial respublikaga aylandi. Mamlakat sanoatidagi ulushi oshib, 39,5% ni tashkil qildi. Respublika bo‘yicha og‘ir sanoat 2,8 marotaba, mashinasozlik 4 marotabaga oshdi. 1933-1938 yillarga kelib respublika agrar davlatdan industrial, boshqalardan iqtisodiy jihatdan ancha ustun bo‘lgan mamlakatga aylandi. Sanoatda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bo‘yicha 1937 yilga kelib 1932 yilga nisbatan 2,2 marta, ikki besh yillik natijalari bo‘yicha 4,5 marotaba oshdi.
Qozog‘iston xalq xo‘jaligiga katta miqdordagi mablag‘larni kiritish davom ettirildi. Ikkinchi besh yillik davrida bu mablag‘larning umumiy miqdori 721 mln so‘mni tashkil qildi. Bu yillarda jadal sur'atlar bilan Aktyubinsk ximiya kombinati, Balxash metall zavodi, Qarag‘anda ko‘mir xavzasi, Emba neft konlari ishlari rivojlantirildi.
Butun respublika bo‘ylab oziq-ovqat va yengil sanoat korxonalarini qurish ishlari davom ettirildi. Shaharlar rivojlanib, aholi soni o‘sib bordi. Qisqa muddatlarda ishsizlik bartaraf etildi. 1930 yilda SSSRda oxirgi mehnat birjasi yopildi.
Shunday qilib Qozog‘istonda industrlashtirish yillarida katta ishlar amalga oshirildi.
Respublikada:

  • 120 dan ortiq yirik sanoat korxonalari bunyod etildi;

  • ming kilometrdan ziyod temir yo‘llar qurildi va foydalanishga topshirildi;

  • sanoatni yalpi ishlab chiqarishi salmog‘i respublika xalq xo‘jaligining 56,8% ga yetdi;

  • respublika miqyosida 500 mingdan ortiq ko‘chmanchi xalq o‘troq turmush tarziga o‘ta boshladi;

  • 1937 yilda Qozog‘iston kolxozlari o‘z saflarida 97,5% dehqonlarni birlashtirib, umumiy ekin maydonining 99,8% ni qayta ishlab, mahsulotning 84,4% ni ishlab chiqardilar.

Turkmaniston va Tojikiston respublikalarida industrlashtirish siyosati zo‘rma zo‘rakilik bilan, asosiy mablag‘ni qishloq xo‘jaligidan olish asosida amalga oshirildi. Moddiy manfaatdorlik asosida ish yuritishlariga yo‘l qo‘yilmadi.
Yosh Tojikiston respublikasi tashkil topgandan so‘ng, kapitalizmdan voz kechib, sotsialistik taraqqiyot yo‘lini tanladi. 1925-26 yillarda Xo‘jand okrugida yer-suv islohoti o‘tkazildi. 1926-29 yillarda qishloq xo‘jaligi II jahon urushigacha bo‘lgan darajaga ko‘tarildi. Paxtachilik shiddat bilan rivojlandi. Sotsialistik taraqqiyot asoslari yaratila boshladi. Bosqichma-bosqich yengil, oziq-ovqat, og‘ir sanoatning – ko‘mirchilik, qurilish materiallari, bir qancha elektr stansiyalari qurilib, ishga tushirildi.
Butun Tojikiston SSR avval boshidanoq qishloq xo‘jaligi xomashyosi, xususan paxtachilikni rivojlantirishga qaratilgandi. Industrializatsiyaning keyingi rivojlanishi mamlakatda sanoatning boshqa tarmoqlarini ham rivojlanishiga olib keldi. Tojikistonda industrializatsiya birinchi besh yillikdayoq boshlangan bo‘lsa-da, ammo uncha katta bo‘lmagan sanoat tarmoqlari undan avvalroq ishga tushirilgandi.
1928-32 yillarda Tojikiston SSR da 100ga yaqin sanoat korxonalari qurildi. Birinchi besh yillik oxirida respublikaning markaziy va janubiy tumanlarida bir qancha paxtani qayta ishlash zavodlari:

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling