Markaziy osiyo xalqlari tarixi


S Xalqlarning ijtimoiy-siyosiy holati. Xalqlarning ijtimoiy-siyosiy holati. Milliy chegaralanish davrlari, uning oqibatlari J


Download 0.9 Mb.
bet22/140
Sana31.12.2022
Hajmi0.9 Mb.
#1073985
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   140
Bog'liq
МОХТ-2021. УМК йигиндиси - платформа учун

S Xalqlarning ijtimoiy-siyosiy holati. Xalqlarning ijtimoiy-siyosiy holati. Milliy chegaralanish davrlari, uning oqibatlari
J Markaziy Osiyo va Qozog‘iston xalqlari tarixida 1924 yilning oxiri bolsheviklarning Markaziy Osiyoni milliy-hududiy chegaralash borasidagi siyosati amalga oshirilishi bilan nishonlandi. Bu bolsheviklarning asosiy mafkuraviy va siyosiy dushmani bo‘lgan turkizmga qarshi kurash manfaatlari taqozosi bilan mohirona o‘ylab topilgan harakat edi. Turkizm o‘nlab yillar mobaynida Rossiya imperiyasi va bolshevizmning imperiyacha muddaolariga qarama-qarshi turishning hal qiluvchi omili, butun Markaziy Osiyo mintaqasi miqyosida qudratli milliy ozodlik harakatining asosiy birlashtiruvchi kuchi bo‘lib qolgan edi.
Mintaqa xalqlariga majburan tiqishtirilgan bu siyosatni amalga oshirish uchun vaqt va mablag‘ bilan bir qatorda katta kuch-g‘ayrat sarf qilish talab qilindi. Bolsheviklar hukumati o‘lkani bo‘lib tashlash rejasini puxta amalga oshirishni rejalashtirdi. Shu maqsadlarda go‘yoki milliy chegaralashni o‘tkazishni tashkil qilish maxsus komissiyasi tashkil etildi. Komissiya a'zolariga qanday bo‘lmasin Markaziy Osiyo mintaqasini bo‘lib yuborish, yuqorida ta'kidlanganidek milliy respublikalarni tashkil qilish masalasi topshirilgan edi. Bu rejalarni amalga oshirish maqsadida Markaziy Osiyo byurosi maxsus komissiyasi tuzildi. 1924 yil 10 maydagi komissiya majlisida Markaziy Osiyoning milliy-hududiy chegaralanishining aniq rejasi tasdiqlandi. Unga ko‘ra Turkiston, Buxoro va Xorazm respublikalarini milliy-hududiy belgilariga ko‘ra chegaralash zarur deb topildi. Unga ko‘ra Turkmaniston va O‘zbekiston respublikalari tashkil etish, Tojikiston avtonom muxtor viloyatini tashkil etish, Qirg‘iziston avtonom viloyatini, Qozog‘iston respublikalarini tuzish g‘oyasi ilgari surildi. Bolsheviklar hukumatining bunday siyosatining nozik tomonlari o‘z vaqtida milliy ziyolilar, o‘sha davrdagi rahbar xodimlar nazaridan chetda qolmadi. Turkiston o‘lkasi bo‘ylab milliy xalq vakillarining chegaralanishga qarshi bo‘lgan chiqishlari, uni aniq misollarda rad etuvchi davlat va jamoat a'zolari o‘rtaga chiqdilar. Shunga qaramasdan Markaziy Osiyo byurosi bu fikrlarga qarshi chiqdi va rejalarini amalga oshirishga kirishdi.
Birinchi davrda–milliy chegaralash paydo bo‘lgan 1920 yildan 1924 yilgacha, uni amalda ro‘yobga chiqarish boshlangan paytgacha, uning mafkuraviy, siyosiy, madaniy-ma'naviy asoslash va shundan keyingi harakatlar uchun zamin tayyorlash mexanizmi ishga tushirildi. “Yagona turkiy millat bo‘lmaganidek, yagona turkiy madaniyati va yagona turkiy til ham yo‘q” degan shiorlar ostida to‘rt yil mobaynida dastlab Turkiston, keyinroq Buxoro va Xorazm respublikalari tub xalqlari turkmanlar, qozoqlar, qirg‘izlar va tojiklar ongiga keng miqyosda tazyiq o‘tkazildi, milliy o‘xshash tuzilmalarning shakllanish jarayonidagi integratsiya sun'iy ravishda tezlashtirildi.
Ikkinchi davr, 1924 yilda bevosita milliy chegaralanish o‘tkazildi, uni boshdan oxirigacha RKP(b) MQ rahbariyati va uning muxtor vakillari rahbarligida Markaziy Osiyo partiya tashkilotlari amalga oshirdilar. Mahalliy xalqlarning xohish-irodasi mutlaqo hisobga olinmadi va ularni o‘rganish mexanizmi ishlab chiqilmadi. Tojik, turkman, qozoq, qirg‘iz va o‘zbek xalqlarini milliy chegaralash g‘oyalarini amalga oshirish bolsheviklarning taktik ustamonligi bilan muvaffaqiyatli ro‘yobga chiqarildi. Avvalo, bu g‘oyaning dastlabki vazifasi hal etildi. Turkiylar birligi mafkurasiga va amaliyotiga sezilarli zarba berildi. Milliy tuzilmalar tashkil etilishi, ularga “milliy davlatchilik” maqomi berilishi bilan Markaz mintaqa xalqlarining diqqatini tashqi dushmandan (ular uchun tashqi dushman Markazning o‘zi edi) ichki muammolarga yo‘naltirishga muvaffaq bo‘ldi. Lekin bu eng asosiysi bo‘lib, bolsheviklar bu harakat bilan o‘zlarining strategik niyatlarida ham muhim yutuqlarni qo‘lga kiritdilar. RSFSRning Turkiston Avtonom Respublikasi bilan bir qatorda milliy-hududiy chegaralanishiga huquqiy jihatdan mustaqil Buxoro va Xorazm respublikalarining ham jalb qilinishi, ularning qismlarga bo‘linishi va ular asosida yangi milliy tuzilmalarning tashkil topishi, ularning SSSR tarkibiga kiritilishi natijasida Markaziy Osiyoning bu ikki qadimgi davlati dunyoning siyosiy xaritasidan butunlay yo‘q qilindi. Shu tariqa bolsheviklar Rossiyaning imperiyachilik siyosatiga, uning “Markaziy Osiyo mintaqasiga bo‘lgan geosiyosiy da'volariga” sadoqatlarini yana bir bor tasdiqladilar. Shu davrdan boshlab qadimiy Turkiston hududi bolsheviklar davlatining ikki g‘ildirakli aravasiga mahkam va mustahkam bog‘lab qo‘yildi.
Markaziy Osiyo xalqlari hisoblangan o‘zbek, tojik, qirg‘iz, qozoq va turkmanlar uchun bu chegaralanish va tashkil etilgan yangi “milliy davlatchilik” ularning bundan keyingi taraqqiyotiga yangi nozik farqlar olib kirdi. Markaziy Osiyo davlatchiligining ming yillik rivojlanish tarixiga putur yetkazildi. Hukmron sulolalarning tez-tez almashishiga, makon-hudud mezonlarining o‘zgarishiga qaramay, Markaziy Osiyo davlatchiligining asosini tashkil qilgan muhit-uning aholi tarixan turli etnik guruhlardan tashkil topganligi va uning tarqoq holda joylashganligi, uning o‘ziga xos bo‘lgan xo‘jalik, maishiy, diniy, madaniy-ma'rifiy hayotining mushtarakligi o‘zgarmay qolaverardi. Har bir etnik guruh o‘zining muayyan joyiga ega bo‘lgani holda bu mushtaraklikning tarkibiy, o‘zgarmas teng qiymatga ega bo‘lgan qismi bo‘lib turaverardi. Endi esa ittifoqdosh, muxtor respublikalar va viloyatlarning tashkil topishi bilan millatlarni farqlash, tabaqalash joriy etildi. Bu farq, faqat ularning tashkil topish maqomi bilangina emas, balki uning ichidagi mazkur tuzilmaga nom bergan etnosning nomi va “oz sonli millatlar” bilan ham yaqqol ko‘zga tashlanar edi.
1925 yil 13 fevralda Buxoroda O‘zSSR Sovetlarining I s'ezdi ochildi. U 17 feralda «O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining tashkil topishi to‘g‘risidagi deklaratsiya»ni qabul qildi. Deklaratsiya O‘zSSR tashkil topganligini qonunan rasmiylashtirdi va O‘zSSRning ixtiyoriy ravishda SSSR tarkibiga kirganligini e'lon qildi. Deklaratsiyada qayd qilib o‘tilganidek, «shu kundan e'tiboran o‘zbek xalqi hududida Toshkent, Samarqand, Farg‘ona, Qashqadaryo, Zarafshon, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarini o‘z ichiga olgan bu xalq tarixida birinchi marta ishchi va dehqonlarning ittifoqdosh O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi ta'sis etiladi, unga Tojikiston Avtonom SSR kiradi».
1925 yil 13 mayda SSR Ittifoqi Sovetlarining III s'ezdi Turkmaniston va O‘zbekiston respublikasining SSR Ittifoqi tarkibiga kirishi to‘g‘risida shu respublikalar «xalqlarining erkin xohishi»ni inobatga olib tasdiqladi.
Shu tariqa, O‘zbekiston ittifoqdosh respublikasining qonunan rasmiylashtirish jarayoni tugallandi va jahon xaritasida SSSR tarkibidagi ittifoqdosh respublika bo‘lgan O‘zbekiston milliy sovet respublikasi paydo bo‘ldi. Bu — ko‘p millatli respublika edi: jami 8131062 kishidan iborat bo‘lgan Markaziy Osiyo aholisidan 3963285 kishi O‘zbekiston Respublikasiga o‘tdi, ulardan o‘zbeklar 3381579 kishini, ya'ni respublika aholisining 3/4 qismini tashkil etardi. Haqiqatda, Markaziy Osiyo hududida yashovchi barcha o‘zbeklarning qariyb 90 %i O‘zbekiston SSR hududida edi.
Shu bilan birga, yangi tuzilmalarni Markaziy Osiyo xalqlarining «milliy davlatchiligi» tashkil etilganligi sifatida baholash ham to‘g‘ri bo‘lmasa kerak. Chunki SSSR tarkibiga kirish va SSSRning tashkil topganligi haqidagi Shartnomaning imzolanishi, bu yerda RKP(b) MQ Markaziy Osiyo byurosining, Markaziy Osiyo Iqtisodiy Kengashining va boshqa shunga o‘xshash butunittifoq idoralarining saqlanib qolishi bilan davlatga xos bo‘lgan hokimiyat vazifalari va vakolatlarning barchasi Markaz ixtiyorida bo‘lib qoldi. O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning jonli iborasi bilan aytganda, Markaziy Osiyoda tashkil qilingan bu tuzilmalar davlat bo‘lib shakllanmagan (davlatga o‘xshash) tuzilmalar edi. Mazkur tuzilmalar suverenitet va mustaqillikdan batamom maxrum edilar, ular aslida SSSRning ma'muriy-iqtisodiy rayonlari darajasiga tushirilgan bo‘lib, tashkil etilayotgan vaqtlaridayoq ularga asosan Markazning manfatlariga xizmat qilish, xom ashyo yetishtirish kabi vazifalar aniq qilib belgilab berilgan edi.
Shunday qilib, millatning bir qismi o‘z ota-bobolari yerida yashab, mehnat qilsada, rasmiy ta'rifga ko‘ra, “oz sonli millatga” aylanib qolgan edi. Tojik, qirg‘iz, turkman xalqlari buni yaqqol misoli bo‘lib xizmat qildi. Bu esa ularning ongiga ta'sir qilmasdan qolmasdi, o‘z huquqlarining qandaydir poymol qilinganligida deb tushunardilar, bu hol tuzilmalar ichidagi etno-milliy jarayonlarga shak-shubhasiz salbiy ta'sir ko‘rsatardi. Vaziyatning murakkabligi “bo‘lib yuborilgan etnoslar” muammosi bilan yanada chuqurlashardi, chunki yangi milliy tuzilmalar “titulli” millatning asosiy qismini o‘zida jamlagan bo‘lsada, tarqoq holda joylashish tufayli ko‘p etnik guruhlardan iborat jamiyat ham bo‘lib qolgandi, ularning har birida o‘xshash etnoslarning ma'lum bir qismi mavjud edi. Aslida, bolsheviklar andozasidagi milliy-hududiy chegaralanish Markaziy Osiyo xalqlari hisoblanmish qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman va o‘zbeklar o‘rtasidagi bo‘lajak millatlararo munosabatlar jarayonlari ostiga ma'lum vaqtda portlaydigan mina qo‘yish degan gap edi, ular favqulodda vaziyatlarda portlab, turli nizolar va keskin holatlar keltirib chiqarishi muqarrar edi.

8-mavzu. SSSRDA INDUSTLASHTIRISH SIYOSATINING MARKAZIY OSIYOGA TADBIQ ETILISHI: IJOBIY VA SALBIY JIHATLARI. SSSRDА KОLLЕKTIVLАSHTIRISH SIYOSАTINING O‘RTА ОSIYO VА QОZОG‘ISTОNDАGI ОQIBАTLАRI.


Reja:
1. Industrlashtirish siyosati va uning Markaziy Osiyo respublikalariga tatbiq etilishi.
2. Markaziy Osiyoda industrlashtirish siyosatining ijobiy va salbiy jihatlari.
3. Jamoalashtirish siyosatining amalga oshirilishi. Xususiy mulkning tugatilishi.
4. Jamoalashtirish siyosatining oqibatlari. Mashina traktor stansiyalarining paydo bo‘lishi.



Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling