Markaziy osiyo xalqlari tarixi


partiya xodimlaridangina tashkil topgan edi


Download 0.9 Mb.
bet21/140
Sana31.12.2022
Hajmi0.9 Mb.
#1073985
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   140
Bog'liq
МОХТ-2021. УМК йигиндиси - платформа учун

partiya xodimlaridangina tashkil topgan edi.
TKP MQ, Turk MIQ va Taftish komissiyasining qo‘shma plenumi Turkiston, Buxoro va Xorazmning milliy-hududiy chegaralanishi rejasini umuman ma'qulladi, hududiy komissiyaning va RKP(b) MQ Markaziy Osiyo byurosining qarorlarini tasdiqladi va mazkur rejani qarab chiqish hamda tasdiqlash uchun TurkMIQning favqulodda sessiyasini chaqirish haqida qaror qabul qildi.
Shu tariqa, bunga qadar faqat partiya oraganlari tomonidan qarab chiqilgan, tayyorlangan va uzil-kesil hal etilgan masalani tasdiqlash uchun sovet organlariga berishga qaror qilindi. Bundan tashqari, TKP MQning Qo‘shma plenumi bu masalaga doir o‘z rezolyusiyasida «ishchilar va dehqonlar ommasi orasida keng kampaniya ochish»ni taklif qildi, chunki I.Vareykisning ma'ruzasida ta'kidlab o‘tilgandek: «Biz yuqori organlar fikriga, partiyaning fikriga egamiz, biroq bizda bo‘lajak chegaralanish keng dehqonlar ommasi ongiga qanday singishi haqida aniq tasavvur yo‘q... Barcha uzil-kesil qarorlar qabul qilib bo‘lingach, biz butun aholini bu inqilobiy islohot bilan tanishtirish yuzasidan g‘oyat keng kampaniya o‘tkazishimiz lozim bo‘ladi». Vareykisning bu mulohazasi juda muhim ahamiyatga egadir. Haqiqatdan ham, o‘lka aholisi o‘sha vaqtga qadar o‘z taqdiri uchun g‘oyat ahamiyatli bo‘lgan masalani muhokama qilishdan butunlay chetlashtirib qo‘yilgan edi.
Tashviqot kompaniyasi partiya organlarining va avvalo RKP(b) MQ Markaziy Osiyo byurosining qat'iy nazoratida amalga oshirildi. Hamma joyda viloyat partiya qo‘mitalari huzurida viloyatlarning mas'ul xodimlaridan iborat tarkibda kampaniyalarni o‘tkazish komissiyalari tuzildi; yo‘l-yo‘riq beradigan majlislar, partiya yig‘ilishlari o‘tkazildi, kampaniyani o‘tkazish rejalari tayyorlandi. Tashviqot kampaniyasi jarayonida viloyat partiya qo‘mitalarining ma'lumotlari TKP MQ va RKP(b) MQ Markaziy Osiyo byurosiga yuborilardi. Kampaniyani o‘tkazishdagi qattiqlik mintaqa partiya rahbariyati orasida birmuncha ishonchsizlik, xavfsirash borligidan dalolat berardi. Haqiqatdan ham, partiya yacheykalarida muhokama qilish bosqichida bu xavfsirash uchun zamin mavjudligini tasdiqlovchi jihatlar namoyon bo‘ldi. 1924 yil 31 avgustda RKP(b) MQ Markaziy Osiyo byurosi Markaziy Osiyo respublikalarini chegaralash yuzasidan o‘tkazilayotgan tashviqot kompaniyasi to‘g‘risidagi direktivalarni to‘ldirish va aniqlik kiritish haqidagi masalani ko‘rib chiqdi. Majlisda ayrim tashkilotlarda «milliy manfaatlarni noto‘g‘ri tushunishdan kelib chiqib, milliy his-tuyg‘ular avj oldirilmoqda, buning natijasida yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan kelishmovchiliklar, partiyamizning milliy masaladagi siyosiy yo‘lini buzib ko‘rsatishlar vujudga kelmoqsa. Partiyasiz ommani tarbiyalash va rivojlantirish o‘rniga bu omma millatlararo kurashga jalb qilinmoqda, siyosiy jihatdan buzilmoqda», deb ta'kidlab o‘tilgan edi.
Markaziy Osiyo byurosi TKP, BKP va XKP Markaziy Qo‘mitalariga mahalliy partiya tashkilotlariga «chegaralanish bo‘yicha ham og‘zaki, ham yozma tashviqot kampaniyasi o‘tkazish vaqtida baynalmilal kommunistik jihatlarga qat'iy amal qilish va chegaralanish vaqtida ayrim millatlar o‘rtasida qandaydir masalada bo‘lmasin kelib chiqadigan milliy og‘machilikka yo‘l ko‘ymaslik... chegaralanish masalalarini ko‘pchilik o‘rtasida muhokama qilish vaqtida RKP(b) MQ va Markaziy Osiyo byurosining Markaziy Osiyo respublikalarining milliy chegaralanishi to‘g‘risidagi qarorlariga qat'iy amal qilish...» vazifasini yuklashni taklif etdi.
Milliy-hududiy chegaralanish to‘g‘risidagi masalani muhokama qilishni qat'iy tartibga solishga urinish o‘z samaralarini berdi. Markaziy Osiyo respublikalari partiya rahbariyati RKP(b) MQ Markaziy Osiyo byurosi rahbarligida jiddiy larzalardan xoli bo‘lishga, partiyali va partiyasiz ommadan milliy-hududiy chegaralanish hamda yangi respublikalar va avtonom viloyatlar tashkil etish bo‘yicha partiya rejalarini ma'qullash va qo‘llab-quvvatlashga erishishga muvaffaq bo‘ldilar.
1924 yil 15 sentyabrda TurkMIQning navbatdan tashqari sessiyasi ish boshladi. Uning kun tartibida bitta masala: milliy-hududiy chegaralanish masalasi turardi. Mazkur masala yuzasidan Islomov ma'ruza qildi. Umuman, bu ma'ruza ilgarigi bosqichlarda ilgari surilgan barcha g‘oyalar va qoidalarni yaqqol takrorlashdan iborat bo‘ldi. Ma'ruzada milliy-hududiy chegaralanishni «millatlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash prinsipi»ni to‘liq amalga oshirish, yangi «milliy-davlat tuzilmalari»ni tashkil etish sifatida tushunish kerakligiga asos solindi. Shu bilan birga Islomov ma'ruzasida, milliy-hududiy chegaralanish, «xalqlarning xohish-irodasini bildirish akti», degan tezis birinchi bor ochiq aytildi: «Turkiston xalqlari bilan birgalikda Buxoro va Xorazm xalqlari ham milliy chegaralanish to‘g‘risida o‘z xohish-irodasini bildirdilar. Ular ham barcha o‘zbeklar, qirg‘izlar va turkmanlarni yagona davlatga birlashtirish yo‘li bilan qilingan tarixiy adolatsizlik oqibatlarini tuzatishga intilmoqdalar». Bu 1924 yil 16 sentyabrda TurkMIQ sessiyasining chegaralanish to‘g‘risida qabul qilgan qarorida o‘z ifodasini topdi. Qarorda bunday deyilgan edi:
«Sovet Ittifoqi xalqlari milliy munosabatlari va milliy tuzilishiga asoslangan prinsiplardan kelib chiqib, Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi ishchi va dehqonlar ommasining umumiy irodasiga asoslanib, TASSR Markaziy Ijroiya qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbek xalqi ishchi va dehqonlar ommasining umumiy irodasini bajarish maqsadida o‘zbek xalqiga TASSR tarkibidan chiqish va mustaqil O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasini tuzish huquqi berilsin.
2. Turkman xalqi ishchi va dehqonlar ommasining ifodalangan umumiy irodasini bajarish uchun turkman xalqiga TASSR tarkibidan chiqish va mustaqil Turkmaniston Sovet Sotsialistik Respublikasini tuzish huquqi berilsin.
3. TASSRning qirg‘iz (qozoq) viloyatlarini Qirg‘iziston (Qozog‘iston) Sovet Sotsialistik Respublikasi bilan birlashtirish maqsadida qirg‘iz (qozoq) xalqi ishchi va dehqonlar ommasining ifodalangan umumiy istagini bajarish uchun qirg‘iz (qozoq) xalqiga TASSR tarkibidan chiqish huquqi berilsin.
4. Qora qirg‘iz (qirg‘iz) xalqi ishchi va dehqon ommasining ifodalangan umumiy xohishini bajarish uchun qora qirg‘iz (qirg‘iz) xalqiga TASSR tarkibidan chiqish va Qora Qirg‘iziston avtonom viloyatini tashkil etish huquqi berilsin.
5. Tojik xalqi ishchi va dehqonlar ommasining ifodalangan umumiy irodasini bajarish uchun tojik xalqiga TASSR tarkibidan chiqish va Tojikiston avtonom viloyatini tashkil etish huquqi berilsin.
Mazkur qaror Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi Butunrossiya Markaziy Ijroiya Qo‘mitasiga (RSFSR BMIQ) navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun kiritilsin».
Birmuncha keyinroq tojiklarning milliy o‘z taqdirini o‘zi belgilash shakli bir oz o‘zgardi. 1924 yil 4 oktyabrdagi majlisda milliy-hududiy chegaralanish bo‘yicha O‘zbekiston byurosi shunday qaror qildi: Tojikiston komissiyasining Tojikiston Avtonom Respublikasi tashkil etish va uning O‘zbekiston ittifoqdosh respublikasiga kirish to‘g‘risidaga qaroriga rozilik berilsin. Mana shu majlisning o‘zida uzoq tortishuvdan keyin yana shunday qaror qilindi: Panjikent va O‘ratepa tumanlarining Tojikiston tarkibiga kirishiga qarshilik qilinmasin.
20 sentyabrda Sovetlarning V Umumbuxoro qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Unda qabul qilingan qarorda quyidagilar qayd qilingan edi:
«...Umumbuxoro qurultoyi Fayzulla Xo‘jaevning Markaziy Osiyoning milliy belgi bo‘yicha chegaralanishi to‘g‘risidagi ma'ruzasi yuzasidan qaror qiladi:
I. a) Barcha millatlarning o‘z hayoti va taqdiri o‘z qo‘liga berilsin, buning uchun O‘zbekiston respublikasi tashkil etilsin;
b) juda tez vaqt ichida Markaziy Osiyo aholisini sotsialistik hayotga jalb qilinsin;
v) iqtisodiy va xo‘jalik asoslarida ularning ifodalangan istaklari amalga oshirilishi ta'minlansin;
g) avvalgi buyuk o‘zbek madaniyatini tiklash maqsadida Turkiston, Buxoro va Xorazmning o‘zbek aholisi tarkibidan Buyuk O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi tashkil etilsin, bu, viloyatda yashovchi tojiklardan Tojikiston Avtonom viloyati tashkil etilsin
Markaziy Osiyo viloyatlarida yashovchi qozoq-qirg‘izlarning (qozoqlarning) teng huquqliligi e'tirof qilinadi. Qurultoy turkman xalqi manfaatlari yo‘lida Turkmaniston Respublikasi tashkil etilishini maqsadga muvofiq, deb topadi.
O‘zbekiston va Turkmaniston respublikalarining Sovet Sotsialistik Respublikasi Ittifoqi tarkibiga kirishi zarur, deb hisoblansin».
1924 yil 29 sentyabr — 2 oktyabrda bo‘lib o‘tgan Sovetlarning Umumxorazm V qurultoyi ham milliy-davlat chegaralanishi to‘g‘risida qaror qabul qildi. Qurultoy qarori asosida Xorazmda yashovchi o‘zbeklar, turkmanlar va qoraqalpoqlarga Xorazm Respublikasi tarkibidan ajralib chiqib, tegishli milliy respublikalar va muxtor viloyatlarga birlashish huquqi berildi.
1924 yil 14 oktyabrda RSFSR BMIQ II sessiyasi Turkiston Respublikasi MIQning milliy-hududiy chegaralanish to‘g‘risidagi qarorini tojik xalqiga nisbatan ayrim o‘zgarishlar bilan tasdiqladi. Tojik xalqiga TurkMIQ sessiyasi va Umumbuxoro qurultoyi qarorida ko‘rsatilganidek, O‘zbekiston respublikasi tarkibida muxtor viloyat emas, balki Tojikiston Avtonom respublikasi tashkil etish huquqi berilishi maqsadga muvofiq ekanligini e'tirof qildi. Shu tariqa BMIQ sessiyasi qaroriga muvofiq Markaziy Osiyoda O‘zbekiston va Turkmaniston respublikalari, Tojikiston Avtonom respublikasi, Qoraqalpog‘itson va Qirg‘iziston Avtonom viloyatlari tashkil topdi.
1924 yil 27 oktyabrda SSSR BMIQ II sessiyasi TASSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi, Sovetlarning Umumbuxoro V qurultoyi va Sovetlarning Umumxorazm V qurultoyi favqulodda sessiyasining milliy-hududiy chegaralanish va yangi respublikalar hamda viloyatlar tashkil etish to‘g‘risidagi iltimosini qondirdi va «mehnatkash xalqning erkin xohish bildirilishi eng yuqori qonundir», degan ifoda bilan tasdiqladi.
SSSR MIQning qarorida «SSSR MIQ Rayosatiga Markaziy Osiyoda yangi tashkil etilayotgan respublikalarni ana shu respublikalar Sovetlar qurultoylari qarorlariga muvofiq rasmiylashtirishni amalga oshirish» vazifasi topshirildi.
Shunday qilib, 1924 yil sentyabr-oktyabrda milliy-hududiy chegaralanish Markaziy Osiyo respublikalari, Rossiya Federatsiyasi va SSSR Ittifoqi davlat hokimiyati yuqori organlari qarorlarida qonun yo‘li bilan rasmiylashtirildi.
SSSR Butunittifoq MIQ II sessiyasi qaroridan keyin qisqa muddat ichida yangi tashkil topgan milliy tuzilmalarning haqiqatda rasmiylashtirilishi amalga oshirildi. Turkiston, Buxoro, Xorazm respublikalarining 1924 yil noyabrda bo‘lib o‘tgan maxsus sessiyalari o‘z-o‘zini tarqatib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qildilar. Yangi tashkil etilgan respublikalarda inqilobiy qo‘mitalar tuzilib, ular yangi respublikalar va muxtor viloyatlar ta'sis s'ezdlarini chaqirish yuzasidan tayyorgarlik ishlariga boshchilik qildilar.
Qadimdan bir makonda yashab kelayotgan Markaziy Osiyo, jumladan tojik xalqining turmush tarzi, an'analari o‘xshash, xo‘jaligi mushtarak ekanligi barchaga ma'lum. Markaziy Osiyo xalqlari - o‘zbek, qoraqalpoq, turkman, tojik, qozoq, qirg‘iz va boshqalar bu mintaqada yonma - yon yoki aralash yashab, yagona din islomga e'tiqod qilib kelganlar. Vatan mushtarakligi tuyg‘usi shu xalqlarning ijodiyoti, an'analari, madaniyatida o‘z aksini topib, umumiy qadriyatlarga aylangan. Turkiston xalqlarining ildizi bir degan g‘oya avloddan avlodga o‘tib, milliy yetakchilar, jamoat arboblari va milliy ziyolilar qarashlari hamda faoliyatida o‘z aksini topgan. Tarixan tarkib topgan uchta davlatni tugatib, o‘rniga yangi tuzilmalarni vujudga keltirish markaz va o‘lkadagi bolshevik rahbarlar tashabbusi bo‘ldi. Yangidan chegaralash tarafdorlari til va milliy tafovutlarni ataylab bo‘rttirib ko‘rsatgani holda, yagona iqtisodiy makon, mavjud suv resurslari, sug‘orish tizimlar va boshqalarning umumiyligi nazarga olinmadi. Turkistonni milliy chegaralash markaz va RKP (b) Markaziy Osiyo byurosi tomonidan ishlab chiqildi va 1924 yil qat'iylik bilan amalga oshirildi. 1922 yil va ayniqsa 1923 yil yerli millat vakillari, shu jumladan tojiklar ham milliy siyosatdan qoniqmayotganligini bildirib, tarixan tarkib topgan viloyatlar chegarasini, iqtisodiy aloqalarni keskin buzmaslikni taklif qildilar. Ammo bolsheviklar hukumatining olib borgan buzg‘unchilik siyosatlari oqibatida bu takliflarni chipakka chiqardi va yuqoridagi chegaralanish natijasida tojik xalqining huquqlari cheklab qo‘yildi. Shunday qilib Markaziy Osiyoda yangitdan tashkil qilingan Tojikiston SSR yana ilgaridek markazga xom ashyo yetkazib berishga ixtisoslashtirilgan mustamlakalardan biri bo‘lib qolaverdi.
Turkiston o‘lkasini parchalash va uning bir bo‘lagi sifatida Qozog‘iston respublikasini tashkil qilish bejiz bo‘lmayotgan edi. Chunki oktyabr to‘ntarishidan keyin qozoq yerlarida milliy ozodlik uchun qozoq xalqining kurashi boshlanib ketgan edi. 1918 yilning bahorida Qozog‘istonning ayrim hududlari qozoq milliy ozodliy harakati a'zolari va “oq gvardiyachilar” qo‘shinlari tomonidan egallandi. Bolsheviklar hukumati bunday sharoitda qozoq xalqining milliy ozodlik harakatini kuchayib ketishidan qattiq cho‘chigan holda, bu hududlarni qaytarib olish harakatiga tushdi. Milliy ozodlik harakatining uyushmaganligi, bolsheviklarni oddiy xalqni aldov yo‘li bilan o‘z ortidan ergashtira olganligi sababli tez orada Verniy, Semipalatinsk va Ust-Kamenogorskda ularga zarba berdi. Qozog‘istonda boshlanib ketgan milliy ozodlik harakati kuchlari zarbaga uchradi va Xitoy hududiga chekinishga majbur bo‘ldi. 1920 yil avgustda poytaxti Orenburg bo‘lgan Qirg‘iziston ASSR ni tashkil etish to‘g‘risidagi RSFSR hukumati dekreti e'lon qilindi.1921-1922 yillarda Qozog‘istonda bolsheviklar tomonidan zo‘rlik va kuch ishlatish yo‘li bilan yer-suv islohoti o‘tkazildi. Uning natijasida 470 ming ga dan ziyod yer uning asl egalaridan tortib olindi va davlat mulkiga aylantirildi. Qozog‘iston sovetlarining Butun Qozoq s'ezdi (1925 yil 15-19 aprel) qozoq xalqining tarixiy nomlanishini tiklab, respublikani Qozog‘iston ASSR deb qayta nomladi va poytaxtni Orenburg shahridan Qizilo‘rdaga ko‘chirdi. 1929 yil martida poytaxt uchinchi bor ko‘chirilib, Olmaota poytaxt etib tayinlandi.
Yuqorida ta'kidlab o‘tilganidek, 1924 yilda Turkistonda sovet hukumati tomonidan majburiy ravishdagi milliy davlat chegaralanishi o‘tkazildi. SSSR MIQ 1924 yil 27 oktyabrda Turkmaniston SSR tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qildi. 1925 yil 15-24 fevralda Poltoratskda butun Turkmaniston sovetlarining 1-s'ezdi bo‘lib o‘tdi. S'ezd 20 fevralda Turkmaniston SSR ning tashkil etilishi to‘g‘risida Deklaratsiya va uning SSSR tarkibiga “ixtiyoriy” kirishi haqida qaror qabul qildi. Respublika MIQ saylandi (raisi N.Aytoqov), XKS tuzildi (raisi Q.S. Otaboev).
Bolsheviklar hukumatini o‘lkani bo‘lib tashlash va shu orqali boshqarishga bo‘lgan siyosati natijasida, uzoq davom etgan qarshiliklarga qaramay 1924 yil 14oktyabrda Butunittifoq MIQ milliy chegaralanish to‘g‘risidagi Turkiston MIQ qarorini tasdiqladi va RSFSR tarkibida Qirg‘iz viloyati tashkil etildi. 1926 yil 1 fevralida Qirg‘iziston ASSR deb o‘zgartirildi. 1936 yil 5 dekabrida Qirg‘iziston SSR deb qayta o‘zgartirildi. 1936 yilda Qirg‘iziston Ittifoq ahamiyatidagi Respublika nomini oldi.
Markaziy Osiyo va Qozog‘istonda milliy chegaralanish siyosatini o‘tkazish bilan sovetlar milliy davlatchiligimizning ming yillik rivojlanish tarixiga putur yetkazdi. Millatning bir qismi o‘z ota-bobolari yerida yashab, mehnat qilsada, rasmiy ta'rifga ko‘ra, “oz sonli millat” ga aylanib qolgan edi. Bolsheviklar andozasidagi milliy hududiy chegaralanish Markaziy Osiyo xalqlari o‘rtasidagi bo‘lajak millatlararo munosabatlarni keskinlashtirib turishi, favqulodda vaziyatlarda portlab, turli nizolarga sabab bo‘lishi muqarrar edi. Yangi sovet respublikalarini “milliy davlatchilikning tashkil etilganligi” deb baholash xato bo‘lsa kerak. Zero, SSSR tarkibidagi ushbu tuzilmalar Markaz ixtiyorida bo‘lib, ilgarigidek unga arzon xom ashyo yetkazib berishga ixtisoslashtirilgan mustamlakalar bo‘lib qolaverdi.



Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling