Markaziy osiyo xalqlari tarixi


S Qozog‘iston avtonom respublikasining tashkil topishi


Download 0.9 Mb.
bet17/140
Sana31.12.2022
Hajmi0.9 Mb.
#1073985
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   140
Bog'liq
МОХТ-2021. УМК йигиндиси - платформа учун

S Qozog‘iston avtonom respublikasining tashkil topishi.
J “Qozog‘iston” atamasi 1925 yilgacha Rossiyada ma'lum emas va rus manbalarida umuman ishlatilmagan edi, sababi XVII asrgacha Rossiyada qozoqlarni “kazaklar” va “Kazak o‘rdasi”, keyingi davrlarda esa “qirg‘izlar”, “qirg‘iz-qoysoqlar” va “kazak-qirg‘izlar”, ularning etnik hududini esa – “Qirg‘iz cho‘li” deb ataganlar.
Birinchi jahon urushi yillari (1914-1918) da qozoq xalqidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va chorva mollarini ommaviy ravishda tortib olish, soliqlarning ko‘payishi, qimmatchilik, qozoq xalqining mardikorlikka safarbar etilishi ishchi va dehqonlar orasida qo‘zg‘olonlarning avj olishiga sababchi bo‘ldi. 1916 yilga kelib qo‘zg‘olonlar deyarli barcha Qozog‘iston yerlarini qamrab olgan milliy ozodlik harakatiga aylandi. Ayniqsa, bu harakat To‘rg‘ay oblastida uzoq davom etib, unga xalq qahramoni Omongeldi Imonov rahbarlik qildi.
1917 yilgi Fevral inqilobidan so‘ng, Qozog‘istonda ham Rossiyada bo‘lganidek qo‘sh hokimiyatchilik o‘rnatildi. Mart oyida Verniy, (hozirgi Olmaota shahri) Semipalatinsk, Petropavlovsk, Kustanay, Aktyubinsk, Akmolinsk, Perovsk va boshqa joylarda ishchi va soldat deputatlari Sovetlari tuzildi. Ayni vaqtda sovetlar bilan bir vaqtda Muvaqqat hukumatining burjua hokimiyat organlari vujudga keldi. 1917 yil iyul oyida qozoq milliy ziyolilari va boy tabaqalari xalqning mustaqil hayotini qurishni o‘zida aks etgan “Alash O‘rda” tashkilotini tuzdilar. 1917 yil kuziga kelib, o‘lkada mustahkam o‘ringa ega bo‘lib borayotgan bolsheviklar qurol ishlatish va Alash O‘rda tarafdorlarini qatag‘on qilish yo‘li bilan bir qancha sovetlarda rahbarlikni o‘z qo‘llariga olishga muvaffaq bo‘ldilar.
Qozog‘istonda sovet hokimiyatini tuzish uchun kurashda bolsheviklar barcha choralarni ko‘rdilar. O‘lkada ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning past darajada bo‘lganligi bu jarayonni bir muncha sekinlashishiga olib keldi. Bunda qizil armiya tinch aholiga qurol yo‘li bilan qonli terror o‘tkazib erisha bordi. Natijada Sirdaryo (1917 yil noyabr), Akmolinsk (1917 yil noyabr-1918 yil yanvar), Buke dashtida (1917 yil dekabr), To‘rg‘ay va Semipalatinsk oblastlarida 1918 yil yanvar-fevralda qurol ishlatish va tinch aholiga zug‘um o‘tkazgan holda qurol yo‘li bilan majburiy ravishda sovet hokimiyati o‘rnatildi. 1918 yil 11 mayda RSFSR XKS ning dekretiga asosan Qozog‘istonda yirik sanoat korxonalari natsionalizatsiya qilina boshlandi. Qozog‘istonning Sirdaryo va yettisuv viloyatlari 1918 yil aprelida Turkiston ASSR tarkibiga kiritildi. 1918 yilning bahorida Qozog‘istonning ayrim hududlari qozoq milliy ozodliy harakati a'zolari va “oq gvardiyachilar” qo‘shinlari tomonidan egallandi. Bolsheviklar hukumati bunday sharoitda qozoq xalqining milliy ozodlik harakatini kuchayib ketishidan qattiq cho‘chigan holda, bu hududlarni qaytarib olish harakatiga tushdi.
Yuqorida ta'kidlaganimizdek, milliy davlatchilik qurilishi muammolariga sinfiy yondashuv Rossiyaning boshqa mintaqalaridagi bolsheviklar uchun ham, umuman butun bolsheviklar rejimiga xos xususiyat edi. RSFSR Millatlar xalq komissarligining 1918 yil mart-aprelda qabul qilgan direktivalarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatib o‘tilganidek, muxtoriyatni joylardagi sovetlar negizida qurish zarur, toki “Muxtoriyat mazkur millatning yuqori tabaqalariga emas, balki quyi tabaqalariga hokimiyatni ta'minlab bersin”. Stalin boshchilik qilayotgan Millatlar xalq komissarligi shuni ma'lum qildiki, sovet hukumati joylarda vujudga kelgan har qanday milliy davlat tuzilmasini emas, balki faqat sovetlarga tegishli bo‘lgan tuzilmalarnigina e'tirof etadi. Mazkur xalq komissarligi hujjatlarining tahlili shuni ko‘rsatadiki, ularda ayrim xalqlarning milliy-davlat tuzilishi haqida emas, balki ularning hududlari haqida gap borgan. RSFSR millatlar xalq komissarligining “Qozon, Ufa, Orenburg, Yekaterinburg sovetlariga, Turkiston o‘lkasi xalq komissarlari kengashiga va boshqalarga” yuborgan murojaatnomasi ana shundan dalolat beradi. Ularda sovet hukumati “Tatar-Boshqird hududining avtonomiyasini e'lon qiladi. Qirg‘iz (Qozoq) hududini avtonomiya deb e'lon qilish loyihalashtirilmoqda” deyilgan edi. Bu Rossiyada sovet tasarrufidagi avtonom tuzilmalarning tashkil etilishi chekka o‘lkalar xalqlarining tashabbusi bilan emas, balki yuqoridan bo‘lgan ko‘rsatma asosida va RSFSR Millatlar xalq komissarligining bevosita rahbarligi sodir bo‘lganligidan dalolat beradi.
Shunday hatti-harakatlarning amalga oshirilishi qardosh qozoq xalqining o‘z milliy ozodligi uchun kurashga otlanishiga sabab bo‘ldi. Ammo o‘lkada, qozoq xalqi jamoasida milliy ozodlik harakatining uyushmaganligi, bolsheviklarni oddiy xalqni aldov yo‘li bilan o‘z ortidan ergashtira olganligi sababli tez orada Verniy, Semipalatinsk va Ust-Kamenogorskda ularga zarba berdi. Bu paytda vujudga kelgan vaziyat Markazga Markaziy Osiyoda turkiy xalqlarning yagona davlat atrofida jipslashuvi tomon bo‘layotgan harakatlariga jiddiy zarba berish uchun asos bo‘ldi. Qozog‘istonda boshlanib ketgan milliy ozodlik harakati kuchlari zarbaga uchradi va Xitoy xududiga chekinishga majbur bo‘ldi. 1920 yil 26 avgustda RSFSR tarkibida poytaxti Orenburg bo‘lgan Qirg‘iziston (Qozog‘iston) ASSRni tashkil etish to‘g‘risidagi RSFSR hukumati dekreti e'lon qilindi.
1920 yil 4-12 oktyabrda Orenburgda bo‘lib o‘tgan Qozog‘iston Sovetlarining ta'sis s'ezdi RSFSR tarkibida Qozog‘iston ASSR tuzilganligini e'lon qildi.


Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling