Markaziy osiyo xalqlari tarixi


-mavzu. TURKISTОN АSSR VА QIRG‘IZ (QОZОQ) АSSRNING TUZILISHI


Download 0.9 Mb.
bet15/140
Sana31.12.2022
Hajmi0.9 Mb.
#1073985
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   140
Bog'liq
МОХТ-2021. УМК йигиндиси - платформа учун

5-mavzu. TURKISTОN АSSR VА QIRG‘IZ (QОZОQ) АSSRNING TUZILISHI.


Reja:
1. Turkiston ASSRning tashkil topish tarixi: Turkiston sovetlarining V s'ezdi va uning Markaziy Osiyo xalqlari tarixidagi o‘rni. Turkiston kommunistik partiyasining rasman tuzilishi va uning faoliyati.
2. Qozog‘iston avtonom respublikasining tashkil topishi.


Tayanch so‘z va iboralar: Turkiston muxtoriyati, Qo‘qon fojiasi, F.I.Kolesov, Xalq komissarlari soveti, “Sho‘roi Islomiya”, “Sho‘roi Ulamo” tashkilotlari, Turkiston MIQ, bolsheviklar, eserlar, so‘l eserlar, milliy vatanparvarlar, Qirg‘iziston (Qozog‘iston) avtonom respublikasi.


S Turkiston ASSRning tashkil topishi tarixi.
J XX asr boshlarida hozirgi O‘zbekiston hududi tarkibiga uch davlat birlashmasi: Rossiya Markaziy Osiyoni zabt etganidan keyin tuzilgan va uning tarkibiga mustamlaka sifatida ko‘shib olingan Turkiston general-gubernatorligi, shuningdek, yuzaki ravishda mustaqil bo‘lgan, ammo Rossiyaga qaram hisoblangan Buxoro amirligi va Xiva xonligi kirar edi. O‘sha vaqtda hududining kattaligi va aholisining ko‘pligi jihatidan Turkiston o‘lkasi yoki Turkiston deb atalgan Turkiston general-gubernatorligi eng yirik sanalardi. Uning tarkibiga 5 ta oblast: Samarqand, Sirdaryo, Farg‘ona, Zakaspiy va yettisuv viloyatlari kirar edi. O‘lkadagi besh milliondan ko‘proq aholining asosiy, ko‘pchilik qismini o‘zbeklar, tojiklar, qirg‘izlar, qozoqlar, turkmanlar va boshqa yerli xalqlar tashkil etardi. Ularning hammasi islom diniga e'tiqod qiluvchi musulmonlar edi. Biroq o‘sha vaqtda «musulmon», «musulmon aholi» tushunchalari diniy mazmungagina emas, balki etnik mazmunga ham ega bo‘lib, undan mahalliy aholini Rossiyadan ko‘chirib keltirilgan rusiyzabon aholidan ajratish uchun foydalanilar, ko‘chirib keltirilganlar soni o‘lkadagi butun aholining o‘ndan bir qismidan ham kam edi (ta'kidlash joizki, yevropaliklar 5%ni tashkil etgan, hatto 1917 yilda ham).
XX asrning boshlanishi Turkiston o‘lkasi tarixida eng jiddiy burilish yuz bergan davrlardan biriga to‘g‘ri keldi. O‘tgan o‘n yilliklar mobaynida o‘lka bag‘rida yetilgan jarayonlar ijtimoiy hayot yuzasiga qalqib chiqib, uning negizini qamrab olgan chuqur tanglikni ochib tashladi. Tashqi va ichki omillar tufayli vujudga kelgan bu jarayonlar o‘z tabiatiga ko‘ra bir xil emas, lekin o‘zining yemiruvchilik ta'siri jihatidan yaxlit edi.
Ma'lumki, 1917 yil 15 noyabrda ish boshlagan o‘lka ishchi, soldat va dehqon deputatlari Sovetlarining III-s'ezdida hukumat - Turkiston Xalq Komissarlari Soveti tuzilganligi e'lon qilinishi bilan Turkistonda sovet hukumati qaror topgan edi. Unda 8 o‘rin so‘l eserga, 7 o‘rin bolsheviklar bilan maksimalistlarga berilgan edi. Unda faqat yevropaliklardan iborat hukumat tuzildi. Turkiston XKS (Turkiston Xalq Komissarlari Sovetini) raisi lavozimini chizmachi bolshevik F.Kolesov egalladi, harbiy komissar - izvoshchi Perfilev, boshqa komissarlik lavozimlariga o‘rtamiyona yuristlar tayinlangan edilar. Tub aholi vakillari bu hukumat tarkibiga kiritilmagan edi.
Turkiston Xalq Komissarlari Sovetiga kirgan 15 ta komissarlik o‘lkaning boshqaruv ishlarini butunlay qamrab oladi. 1917 yil 23 noyabrda Turkistondagi yangi hukumat aholiga qilgan murojaatida quyidagi fikrga alohida urg‘u berilgan edi: «Xalq Komissarlari Soveti Markaziy hokimiyatning barcha dekretlarini og‘ishmay amalga oshiradi va o‘z faoliyatida butun Rossiya sovetlar s'ezdining qarorlariga amal qiladi. Bu topshiriqlarni bajarish yo‘lidagi har qanday qarshilik bolsheviklar tomonidan keskin choralar ko‘rish bilan kutib olinadi». Turkiston XKS o‘z faoliyatining 1-kunidan boshlab sovet siyosatini amalga oshirishga, Turkistonda sovet rejimini mustahkamlashga kirishdi. Turkiston XKS ijrochi organga aylanib qoldi.
Turkistonda «sovetcha andozadagi avtonomiya" o‘rnatish uchun Leninning buyrug‘i bilan bolshevik P.A.Kobozev Turkistonning favqulodda komissari qilib jo‘natildi. 1918 yil 10-apreldan boshlab u Turkistonning amaldagi xo‘jayiniga aylanadi.
Turkiston Muxtoriyatining fojiali taqdiri shuni ko‘rsatdiki, Lenin boshchiligidagi bolsheviklar hukumati va Turkistonda bolshevik F.I.Kolesov (u chizmachi edi) rahbarligidagi o‘lka Xalq Komissarlari Soveti (XKS) so‘zda «millatlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash» huquqi uchun jonbozlik ko‘rsatsalar-da, amalda «yagona va bo‘linmas Rossiya» uchun kurash olib bordi va bu borada Rossiya imperiyasining mustamlakachilik siyosatini ochiqdan-ochiq davom ettirdi. Ularni har qanday muxtoriyat emas, balki RSFSR tarkibida sovet avtonomiyasi shaklidagi, bolsheviklarga ma'qul bo‘lgan va ular homiyligida tashkil etiladigan avtonomiya qanoatlantirar edi. Bolsheviklar «millatlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash» tushunchasiga o‘ta sinfiy mazmunni singdirib, o‘z taqdirini o‘zlari belgilaydigan millatlar irodasi hamda mavjud mahalliy voqyelik bilan mutlaqo hisoblashmadilar.
Bu, ayniqsa, 1918 yil 19—26 yanvarda bo‘lib o‘tgan Turkiston o‘lka sovetlarining IV s'ezdida Turkiston Muxtoriyati masalasini muhokama qilish jarayonida yaqqol namoyon bo‘lgan edi. S'ezd delegatlari orasida oz miqdorda bo‘lsa-da, mahalliy millat vakillari ham bor edi. Turkistonga muxtoriyat berish masalasini muhokama qilish vaqtida keskin munozara avj olib ketdi. S'ezd ishining borishi haqidagi axborotda ma'lum qilinishicha, «so‘zga chiqqan notiqlar asosan bolsheviklar va baynalmilalchi (baynalmilalchi-menshevik)lar partiyalariga mansub bo‘lib, masalalar ana shu ikki partiyaning qarashlari nuqtai nazaridan yoritilgan» edi.
Bolshevik-delegatlar Turkistonga «proletar muxtoriyati» berilishi uchun jonbozlik ko‘rsatdilar, chunki «markaziy ishchi-dehqon hukumati» bu muxtoriyatni tasdiqlashiga ishonar edilar. Shuning uchun ham o‘lka bolsheviklari Turkiston xalqlariga, aniqrog‘i, ularning mehnatkashlar ommasiga sovet andozasidagi avtonomiya berilishini astoydil yoqlab chiqdilar. Ayniqsa so‘zga chiqqan baynalmilalchi-menshevik Pavlichenko buyuk davlatchilik shovinizmi masalasida bolsheviklardan ham o‘zib, «Biz musulmonlarga hyech narsa bermoqchi emasmiz», deb ochiqchasiga gapirdi. Toshkentlik baynalmilalchi-mensheviklar yetakchisi o‘zining nutqida «Keng demokratik asosdagi muxtoriyat»ni himoya qilib, ayni vaqtda uni darhol e'lon qilib bo‘lmaydi, buning uchun sinchiklab tayyorgarlik ishlari olib borish kerakligini aytdi. Muxtoriyat e'lon qilingunga qadar esa «hokimiyat vaqtincha rus inqilobiy demokratiyasi qo‘lida bo‘lishi lozim», dedi. So‘l eserlar vakili Smotrova esa, Turkistonga umuman muxtoriyat berilishiga qarshi chiqdi. Bunga asosiy sabab qilib «musulmon xalqining omiligini ko‘rsatdi.
S'ezd delegatlari orasida mahalliy aholi vakillari bo‘lsada, ular so‘zga chiqib munozaralarda qatnashmadilar, o‘lkaga qog‘ozda emas, amalda, bolshevik-mensheviklar tasavvuridagi avtonomiya emas, balki haqiqiy milliy muxtoriyat berilishi lozimligini talab qilmadilar. Bolshevik-menshevik va so‘l eser delegatlari nutqlarining tahlili shuni ko‘rsatadiki, ularda Turkistonga muxtoriyat berish zarurligi so‘zda e'tirof qilinsa-da, bu ishni darhol emas, balki uzoq kelgusida amalga oshirish mumkinligini yoki ularga umuman bermasligini anglash qiyin emas edi. Ayni vaqtda, bu muxtoriyat milliy tusda bo‘lishi, bu masalani xalqning o‘zi hal qilishi, o‘lkaga berilgan muxtoriyat mevalaridan avvalo mahalliy xalq foydalanishi kerakligi haqida lom-mim deyilmagan edi.
Mazkur masala yuzasidan bolsheviklar fraksiyasi taklif etgan va s'ezd qabul qilgan rezolyusiyada joylarda hokimiyat sovetlarga tegishli bo‘lishi lozim, deb aytilgan edi. «Burjua muxtoriyati» sifatida ta'riflangan Turkiston Muxtoriyatiga qarama-qarshi o‘laroq bolsheviklar rezolyusiyasi Turkistonda hali shakllanmagan «o‘lkaning proletar muxtoriyati»ni taklif qildi, unga tayyorgarlik ko‘rishni «proletariatning musulmon qatlamlari orasida sinfiy ongni ko‘tarish uchun» kasaba uyushmalarida va sovetlarda «musulmon proletar ommasi»ni tashkil etish yo‘li bilan boshlash kerakligini uqtirdi. Rezolyusiyada to‘g‘ridan-to‘g‘ri «biz xalqlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash tamoyilini umuman sotsializmga bo‘ysundiramiz... Biz xalqlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilashini mehnatkash sinflarning o‘z taqdirini o‘zi belgilashi sifatida tushunamiz», deb ko‘rsatib o‘tildi. Shunday qilib, s'ezdda bolsheviklar «millatlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash» tamoyilini «mehnatkash sinflar»ning o‘z taqdirini o‘zi belgilash» tamoyili bilan almashtirdilar, ya'ni «millatlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi» asosiga butunlay sinfiy tus berdilar.
Bundan ko‘rinib turibdiki, oktyabr to‘ntarishidan keyingi bolsheviklar rejimi o‘rnatilgan dastlabki kunlardanoq ular milliy siyosatning asosiy tamoyillaridan biri bo‘lgan millatlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash, mustaqil davlat bo‘lib ajralib chiqishgacha bo‘lgan huquqini e'lon qilib, mazkur insonparvar huquqni amalda ro‘yobga chiqarishga sinfiy yondashib, bu huquqni o‘z taqdirini o‘zi belgilovchi butun millat doirasida emas, balki faqat «mehnatkash omma» qatlami bilangina chegaralandilar.
Musulmon jamoatchiligi tomonidan mahalliy aholiga o‘z taqdirini o‘zi hal qilish huquqini berish haqidagi ko‘p marta qilingan iltimoslariga qaramasdan, bolsheviklar va so‘l eserlar Turkiston xalqlari uchun hayot-mamot hisoblangan muammoga, ya'ni o‘lkada milliy davlatchilikni barpo etish masalasiga buyuk davlatchilik-shovinistik nuqtai nazaridan qaradilar, bu xalklarning ishtirokisiz, ularning orzu-umidlarini hisobga olmasdan o‘zlaricha hal qildilar. Shu munosabat bilan 1918 yil yanvarda «Sho‘roi Ulamo» tashkilotining Toshkent bo‘limi yetakchisi Sherali Lapin «rus sotsialistlariga» maktub bilan murojaat qildi, unda quyidagilar ta'kidlangan edi: «Agar siz, bolshevik fuqarolar, chinakam sotsialistlar bo‘lsangiz va Turkistonning musulmon xalqiga yaxshilik istasangiz, unga o‘z hayotini yangicha demokratik asoslarda barpo etishiga yordam berishingiz lozim. Siz unga siyosiy erkinlik berdingiz, endi uning mustaqil ravishda o‘z taqdirini o‘zi belgilashi uchun imkoniyat bering».
Milliy-davlatchilik qurilishi muammolariga sinfiy yondashuv Rossiyaning boshqa mintaqalaridagi bolsheviklar uchun ham, umuman butun bolsheviklar rejimiga xos xususiyat edi. RSFSR Millatlar xalq komissarligining 1918 yil mart-aprelda qabul qilgan direktivalarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatib o‘tilganidek, muxtoriyatni joylardagi sovetlar negizida qurish zarur, toki «Muxtoriyat mazkur millatning yuqori tabaqalariga emas, balki quyi tabaqalariga hokimiyatni ta'minlab bersin». Stalin boshchilik qilayotgan Millatlar xalq komissarligi shuni ma'lum qildiki, sovet hukumati joylarda vujudga kelgan har qanday milliy davlat tuzilmasini emas, balki faqat sovetlarga tegishli bo‘lgan tuzilmalarnigina e'tirof etadi. Mazkur xalq komissarligi hujjatlarining tahlili shuni ko‘rsatadiki, ularda ayrim xalqlarning milliy-davlat tuzilishi haqida emas, balki ularning hududlari haqida gap borgan. RSFSR Millatlar xalq komissarligining «Qozon, Ufa, Orenburg, yekaterinburg sovetlariga, Turkiston o‘lkasi xalq komissarlari soveti va boshqalarga» yuborgan murojaatnomasi ana shundan dalolat beradi. Ularda sovet hukumati «Tatar-Boshqird” hududining avtonomiyasini e'lon qiladi. Qirg‘iziston (Qozog‘iston) hududini, Turkiston o‘lkasining hududini avtonomiya deb e'lon qilish loyihalashtirilmoqda», deyilgan edi. Bu Rossiyada sovet tasarrufidagi muxtor tuzilmalarning tashkil etilishi chekka o‘lkalar xalqlarining tashabbusi bilan emas, balki yuqoridan bo‘lgan ko‘rsatma asosida va RSFSR Millatlar xalq komissarligining bevosita rahbarligi ostida sodir bo‘lgan.
RSFSR Millatlar xalq komissarligining bu direktivasi, uning nomidan ko‘rinib turganidek, Turkistonga ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqador edi. 1918 yil 20 martda Toshkentdan RSFSR Millatlar xalq komissarligiga telegramma yuboriladi, unda «shoshilinch ravishda ichki Rossiya musulmonlari ishlari yuzasidan bitta komissarni yuborish, uni to‘liq yo‘l-yo‘riqlar bilan ta'minlash» iltimos qilingan edi. Ana shu iltimosga javoban Turkistonga sovet hukumatining Markaziy Osiyo va Cho‘l o‘lkasidaga komissari N.A.Kobozev hamda RSFSR Millatlar xalq komissarligining vakillari — A.Sh.Klevleev va X.Ibrohimovlar yuboriladi, Ular Turkiston sovet avtonomiyasini tayyorlashda bevosita ishtirok etadilar.
Markaz vakillarining rahbarligida turkistonlik bolsheviklar sovet avtonomiyasi g‘oyalarini keng targ‘ib qilishni avj oldirib yubordilar. Matbuot sahifalarida, bolsheviklarning yig‘ilishlarida aholiga o‘lkaga faqat sovet asoslarida avtonomiya berilishi, hokimiyatga uning «mehnatkash qatlamlarini keng jalb qilish, milliy tilni va madaniyatni rivojlantirish, milliy urf-odatlar va an'analarni saqlab qolish va boyitish imkoniyatini, butun hokimiyatni to‘la-to‘kis xalqning qo‘liga beradi», deb ishontirishga urindilar.
Ayni vaqtda 1918 yilning bahorida mahalliy sovetlarni qayta saylash yuzasidan keng tadbir o‘tkazildi, buning natijasida sovetlardan, bir tomondan, eserlar va mensheviklarning vakillari siqib chiqarildi, ularning o‘rnini bolshevik deputatlar va so‘l eserlar egalladilar, ikkinchi tomondan, sovetlarga «mehnatkash qatlamlar»dan bo‘lgan mahalliy aholi vakillari jalb qilindi. Mahalliy sovetlarni qayta saylash natijasida mahalliy millat vakillari Andijon kengashi a'zolari orasidan 50 foizni, Namangan kengashi a'zolari orasida 40 foizni, O‘sh kengashi a'zolari orasida 30 foizni tashkil etdi va hokazo. Faqat Toshkent kengashi tarkibida o‘zbek «proletariati»ning 100 dan ortiq vakili bor edi. Shu munosabat bilan P.A.Kobozev 1918 yil 16 aprelda RSFSR Xalq Komissarlari Sovetiga yo‘llagan telegrammasida quyidagilarni ma'lum qildi: «Toshkent proletar parlamenti saflarida oq musulmon sallalari sezilarli ravishda ko‘payib qoldi, uning tarkibidaga a'zolarning uchdan bir qismiga yetdi». Mahalliy sovetlar tarkibida mahalliy millatlar deputatlari soni 1918 yil bahorida qayta saylovlar natijasida qisman ko‘payganligini e'tirof etgan holda, shuni alohida ta'kidlash kerakki, saylangan deputatlarning umumiy soniga nisbatan mahalliy millatlar deputatlari soni avvalgidek sovetlarda mutlaqo ozchilikni tashkil etayotgan edi. Shahar va viloyat sovetlarining rahbarlari orasida ular umuman yo‘q edi. Yana shu muhim narsani ham unutmaslik kerakki, saylangan deputatlar butun mahalliy aholining manfaatlarinigina emas, balki faqat uning «proletar» qismining manfaatlarini ifodalar edi. Mahalliy aholi orasida esa «proletar» qatlam mutlaqo ozchilikni tashkil qilar edi.
Shaharlarda ishchi va soldat deputatlari sovetlarini qayta saylash bilan bir qatorda sovetlar Turkiston qishloqlari va ovullarida ham keng tarqala boshladi. 1918 yilning bahorida Samarqand, Qo‘qon, Andijon, Namangan, Skobelev va boshqa bir qator uezdlarning ko‘pgina hududlarida bo‘lim va qishloq kengashlari tashkil etildi.
Turkistonda bolsheviklar rejimining qaror topishi va mustahkamlanib borishiga qarab xalq komissarlari soveti va mahalliy sovetlar tomonidan avvalgi hokimiyat organlari - ijroiya qo‘mitalar va jamoat xavfsizligi qo‘mitalari, shahar dumalari va zemstvo mahkamalari tarqatib yuborildi. Muvaqqat hukumatning uezd komissarlari lavozimlari bekor qilindi. Joylardagi hokimiyatning butun vakolatlari to‘laligicha mahalliy sovetlar qo‘liga o‘tdi. Shu bilan bir qatorda milliy siyosiy partiyalar va tashkilotlar («Sho‘roi Ulamo», «Sho‘roi Islomiya» va boshqalar) tarqatib yuborildi, gazeta va jurnallar, shu jumladan, «Ulug‘ Turkiston», «Izoh», «Izhor ul-haq» va boshqalar yopildi, bu nashrlar bolsheviklar rejimini, uning xalqqa qarshi qaratilgan xatti-harakatlarini fosh etgan edi. Shoshilinch ravishda yangi hokimiyatning markaziy va mahalliy apparati, dastavval uning jazo organlari — favqulodda komissiyalar, inqilobiy tribunallar tashkil etildi. Inqilobiy tribunallar boshqacha fikrlovchilarni, erkinlik va demokratiyani bostirishda bolsheviklar rejimining muhim quroli bo‘lib xizmat qildi va mustabid tuzum tarixiga qo‘pgina dahshatli sahifalar yozdi. Yangi hokimiyat farmoni bilan yopib qo‘yilgan gazeta va jurnallar o‘rniga bolsheviklar izmidagi hukumat organlari va mahalliy sovetlar organlari bo‘lgan yangi gazeta va jurnallar hamma joyda chiqa boshladi.
Shunday vaziyatda 1918 yil 20 aprelda Toshkentda sovetlarning V o‘lka s'ezdi ochildi. Uning ishida 263 delegat, shu jumladan, mahalliy millatlardan 50 delegat ishtirok etdi, bu esa delegatlarning bor-yo‘g‘i 20 foizidan ko‘prog‘ini tashkil etardi. Ko‘rinib turibdiki, mahalliy millat vakillari s'ezdda mutlaq ozchilikni tashkil qilgan. Ulardan ikki nafari - Husayn Ibrohimov va Sa'dulla Tursunxo‘jaev s'ezd hay'ati tarkibiga saylandi. Delegatlarning aksariyati bolsheviklar va so‘l eserlar edi. Bolsheviklar 86, so‘l eserlar 70 kishi edi. Binobarin, ular s'ezd ishining yo‘nalishini belgilab berdilar. S'ezd kun tartibida quyidagi masalalar turardi:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling