Markaziy osiyo xalqlari tarixi


Xorijiy va mahalliy adabiyotlar ro‘yxati


Download 0.9 Mb.
bet106/140
Sana31.12.2022
Hajmi0.9 Mb.
#1073985
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   140
Bog'liq
МОХТ-2021. УМК йигиндиси - платформа учун

Xorijiy va mahalliy adabiyotlar ro‘yxati
Аsоsiy аdаbiyotlаr:

  1. History of civilizations of Central Asia. UNESCO Publishing, 2005. (D. A. Alimova, The status of women (1917–90), 515-525 Pp.

  2. Dоniyorоv А.Х. Mаrkаziy Оsiyo хаlqlаri tаriхi. O‘quv qo‘llаnmа. −T., TDSHI, 2014.

  3. Dоniyorоv А.Х., Bo‘riеv О., Аshirоv А.А. Mаrkаziy Оsiyo хаlqlаri etnologiyasi, etnоgеnеzi vа etnik tаriхi. O‘quv qo‘llаnmа. Tоshkеnt: TDSHI, 2014.

  4. Doniyorov A.X. Markaziy Osiyo xalqlari tarixshunosligi. –Toshkent: NIF MSH, 2020.



Qo‘shimchа аdаbiyotlаr:

  1. Зиёев Ҳ. Туркистонда Россия тажовузи ва ҳукмронлигига қарши кураш. Тошкент: Шарқ, 1998.

  2. Мўминов Н. М. Советларнинг Ўзбекистоннинг саноатлаштириш учун кураши 1928-1932. −Т., Ўздаврнашр. 1959.

  3. Холматов Н. Миллий ишлаб чиқаришни саноатлаштиришнинг назарий асослари. −Т., 2003.


IX. Mаrkаziy Оsiyodа SSSRning qаtаg‘оnchilik siyosаti vа uning оqibаtlаri.
Markaziy Osiyo mintaqasida jamoalashtirish va quloqlarni tugatish siyosatini nihoyasiga yetkazish bilan Ittifoq miqyosida yangi qirg‘inlar boshlanib ketdi. Bu sovet hokimiyatiga yoqmagan yoki uni chizgan chizig‘iga itoat qilmagan xalq farzandlarini jismoniy va ma'naviy jihatdan yo‘q qilish yoki qatag‘onga duchor qilish siyosati bo‘ldi. Mintaqa xalqlarining asl farzandlarini yo‘q qilish vazifasini SSSR IIXK lagerlar bosh boshqarmasi (Gulag) o‘tadi. Ayni Gulag yuz minglab begunoh insonlar og‘ir mehnati, chidab bo‘lmas turmush tarzi, ochlikdan qirilib ketadigan joy vazifasini o‘tadi. O‘zbekiston hududida Markaziy Osiyo lageri (Sazlag) joylashtirilgan bo‘lib, undagi mahbuslarning vazifasiga yuqoridagi qiynoqlardan tashqari SSSRning paxta mustaqilligini ta'minlashdek vazifa ham kirardi. Yirik konsentratsion lagerlardan yana biri Qozog‘iston hududida joylashtirilgan bo‘lib, u Karlag, ya'ni Qarag‘anda lageri deb atalar edi. Akmola lagerida (Aljir) stalinchi rahbarlarga yoqmagan, ular tomonidan xalq dushmani deb topilgan yirik sovet rahbarlarining xotin va bola-chaqalari saqlanar edi. Bundan behabar bo‘lgan ularning erlari bu paytda “Yashasin o‘rtoq Stalin” shiorlari ostida yejovchi va beriyachilarning qo‘rg‘oshin parchalari ostida halok bo‘lishar, ularning farzandlari bo‘lsa yetimxonalarda katta bo‘lishga duchor qilinar edilar. 1929 yilda tashkil etilgan Gulag boshqarmasi tez orada “rivojlanib” borib, 1940 yilda Gulag tarkibida 53 lager, 1954 yilga kelib 64 lager tarkib topgan edi. 1930 yilda lagerlarda 179 ming mahkumlar mavjud bo‘lgan bo‘lsa, 1940 yilga kelib ularning soni 1344408 tani, 1953 yilda bo‘lsa 1727970 kishini tashkil qildi. 30-yillar oxiridan boshlab Qozog‘iston, O‘zbekiston va boshqa respublikalarga koreyts, polyak, nemis va boshqa xalqlarni qatag‘on qilish jarayoni boshlab yuborildi.
Stalincha qatag‘on mashinasi kechayu kunduz to‘xtovsiz ishlar, mamlakat iqtisodiyotini boyitishga o‘z ulushini qo‘shishdan charchamas edi. Chunki qatag‘on qilinganlar maxsus lagerlari mamlakatni yog‘och mahsulotlarini asosiy qismini, foydali qazilmalarni 50-60% ni, 70% oltin ishlab chiqarishni, temir yo‘llar qurish, kanallar qazish ishlarini bajarar edi.
XX asr 20-yillarning o‘rtalaridan boshlab mamlakat va respublikada totalitar jamiyatning xususiyatlari tobora oshkora ko‘rina boshladi. Bu holat xususan milliy respublikalardagi rahbar xodimlarga nisbatan bo‘lgan munosabatda yaqqol namoyon bo‘ldi. Mamlakatda qaror topgan ma'muriy-buyruqbozlik tizimi va uning rahbar o‘zagi hisoblangan Butunittifoq kommunistlar (bolsheviklar) partiyasi - VKP(b) bu paytga kelib yangi iqtisodiy siyosatdan butunlay yuz o‘girdi va «sotsializm asoslari»ni qurishga jiddiy kirishdi. Mustabid sovet rejimi o‘zgacha fikrlashga mutlaqo toqat qila olmas edi. Lenin tomonidan allaqachon e'lon qilingan «Kim biz bilan birga bo‘lmasa, u - dushmanimiz!» shiorini Stalin shafqatsizlik bilan amalga oshirishga kirishdi. Sovet rejimi dastavval mavjud tuzumga muxolifatda turganlarga qarshi repressiya (qatag‘on) siyosatini amalga oshirgan bo‘lsa, 30-yillardan boshlab o‘z xalqiga nisbatan ommaviy terror (qatli om) qo‘lladi. 20-yillarning ikkinchi yarmi va 30-yillar boshida O‘zbekistonda «o‘n sakkizlar guruhi», «inog‘omovchilik», «qosimovchilik», «badriddinovchilik» singari ishlar to‘qilishi va Munavvar Qori boshchiligidagi milliy ziyolilarning qamoqqa olinishi natijasida o‘zbek xalqining ko‘plab asl farzandlari qatag‘on qilindi. «O‘n sakkizlar guruhi» masalasi O‘zbekiston Kompartiyasi MQ IV plenumi (1925 yil 19-22 noyabr), RKP(b) MQ Markaziy Osiyo byurosi maxsus komissiyasi (1925 yil 21-22 noyabr) va O‘zbekiston Kompartiyasi II s'ezdi (1925 yil 22-30 noyabr) majlislarida ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston hukumati a'zolari, viloyatlar rahbarlari va yirik xo‘jalik boshliqlaridan 18 nafar obro‘li kishi o‘z talablari bilan O‘zbekiston Kompartiyasi MQ plenumi va Markaziy Osiyo byurosiga yozma ravishda murojaat qilishgan edi.
Muxtor Saidjonov (Zarafshon okrujkomi kotibi), Rahmat Rafiqov (O‘zbekiston ichki ishlar xalq komissari), Inomjon Xidiraliev (O‘zbekiston yer-suv ishlari xalq komissari), M.O‘rinxo‘jaev va boshqa milliy rahbar xodimlar o‘z murojaatlarida respublikada ishlash uchun toqat qilib bo‘lmaydigan vaziyat yaratilganligini, amalda butun hokimiyat RKP(b) MQ Markaziy Osiyo byurosining raisi I.A.Zelenskiy va O‘zbekiston Kompartiyasi mas'ul kotibi V.Ivanov qo‘lida to‘planganligini bayon qilishdi.
Ular Moskvaning favqulodda organi hisoblangan Markaziy Osiyo byurosini tugatish fikrini bayon qilishdiki, bu go‘yoki quyoshli osmonda momaqaldiroq guldurashi bilan barobar edi. O‘n sakkizlar guruhi mazkur talablar qondirilmasa, o‘zlarini O‘zbekistondagi vazifalaridan ozod qilib, Moskvaga - RKP(b) MQ ixtiyoriga yuborishlarini so‘rashdi. 1920 yilda shunga o‘xshash talablar (Turkkomissiyani tugatish, qizil armiyani Turkistondan olib ketish va b.) bilan Turkiston MIQ raisi T.Risqulov Leninga murojaat qilgan edi. O‘n sakkizlar guruhining harakatlarini hukumat boshlig‘i Fayzulla Xo‘jaev faol qo‘llab-quvvatladi. U bu guruhning rasmiy a'zosi bo‘lmasa ham, aslida ularning g‘oyaviy ilhomchisi edi. Biroq Markaziy Osiyo byurosi milliy rahbarlarning (o‘n sakkizlar guruhiga keyinchalik yana boshqa mas'ul xodimlar ham qo‘shildi) bu haqli talablarini nafaqat rad qilishdi, balki uning mohiyatini soxtalashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Kommunistik mafkuraning rasmiy siyosatining uqtirishicha, go‘yoki o‘n sakkizlar guruhi respublikada yer-suv islohoti o‘tkazilishi va boshqa tadbirlarga qarshi chiqib, boylar manfaatini ko‘zlagan.
Bu davrda eng muhim muammolardan biri kadrlar masalasi edi. Chunki davlat hokimiyati va xo‘jalik boshqaruvi organlarida milliy kadrlar juda oz bo‘lib, ish yuritish ham rus tilida olib borilar edi. Respublika boshqaruv mahkamalarida mas'ul lavozimlarni ruslar egallab olgan edi. O‘zbekiston SSR XKS raisi F.Xo‘jaev tub xalqlardan mahalliy kadrlar tayyorlash va ularni yuqori lavozimlarga ko‘tarishda jonbozlik ko‘rsatdi. Uning tashabbusi bilan O‘zSSR MIK huzurida 1925 yilda davlat muassasalarini mahalliylashtirish (korenizatsiya) Markaziy komissiyasi (raisi N.Mavlonbekov) tuzilgan. Markaziy komissiyaning Samarqand, Farg‘ona va b. viloyatlarda ham bo‘limlari tashkil etilgan. Biroq mahalliylashtirish jarayoni tez orada kommunistik partiya vakillari tomonidan burjua millatchiligi va «o‘zbeklashtirish» deb e'lon qilingan hamda komissiyalar faoliyati tugatilgan.
1927 yil mart oyida O‘zbekiston Sovetlarining II qurultoyi respublika Konstitutsiyasini qabul qildi, bu Konstitutsiya qatiyan sinfiy tusda bo‘lib, bolshevikcha ekstremizm mafkurasi bilan sug‘orilgan edi. Konstitutsiyaga muvofiq «mehnatkash bo‘lmagan» qatlamlardan chiqqan ko‘pgina ijtimoiy ta-baqalar, dindorlar va boshqalar saylov huquqlaridan mahrum etilgandi («mahrumlar»). Bu bilan aholining anchagina qismi kommunistik rejim tomonidan davlat qurilishida va ijtimoiy-siyosiy hayotda ishtirok etishdan chetlashtirilgan edi. Faqat oradan 10 yil o‘tgandan keyingina, O‘zbekiston SSRning 1936 yilgi SSSR Konstitutsiyasi asosida 1937 yil 12 fevralda qabul qilingan Konstitutsiyasida bu o‘taketgan adolatsizlikka chek qo‘yildi, barcha fuqarolarga ularning ijtimoiy kelib chiqishi va qaysi sinfga mansubligidan qati nazar, saylov huquqlari berildi. Biroq 1936 yilgi SSSR Konstitutsiyasi va 1937 yilgi O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasining ko‘pgina moddalari, ayniqsa fuqarolarning keng huquqlari va erkinliklari e'lon qilingan moddalari, vaqt o‘tishi bilan soxta ekanligi ko‘rinib qoldi. Shuningdek, O‘zbekiston SSRning har ikkala Konstitutsiyada e'lon qilingan suvereniteti ham «yasama» va soxta bo‘lib chiqdi. Mazkur konstitutsiyalarga muvofiq, SSSR Davlatining «teng huquqli» a'zosi bo‘lgan O‘zbekiston SSR butun hayoti davomida haqiqatda Markazga, uning partiya-davlat tuzilmalariga mustamlaka qaramligida bo‘lib keldi va shunday bo‘lib qoldi.



Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling