Markaziy osiyo xalqlari tarixi
S Tibet-Xitoy munosabatlari. J
Download 0.9 Mb.
|
МОХТ-2021. УМК йигиндиси - платформа учун
S Tibet-Xitoy munosabatlari.
J Tibet, xitoycha Sitszan deb nomlanib, Xitoyning janubiy-g‘arbiy qismidagi avtonom o‘lka hisoblanadi. Ma'muriy markazi Lxasa shahri (1642 yili 5-Dalay Lama poytaxtni Lxasa shahriga ko‘chirdi). Aholisi 2,5 mlndan ortiq. Aholisining aksari qismi tibetlar, shuningdek, ularga yaqin syan, nu, dulun, abor, lishmi, dafla xalqlari tashkil etadi. Tibet-birma guruhlari tillarida so‘zlashadi. Buddizm-lamaizm1ga e'tiqod qilishadi. Tibetliklar o‘zlarini pyoba deb atashadi. Tibetning asosiy tub aholisini xo‘jalik turiga qarab, ko‘chmanchi chorvadorlar dokba (yaylov aholisi), dehqonlar ropba (vodiylar aholisi) deb nomlanadi. Tibetning qisqacha tarixiga to‘xtalib shuni aytish mumkinki, Tibet xalqi mil.av. VI-V-asrlarda Kukunor rayonidan Tibet hududiga ko‘chib o‘tgan syanlarning avtoxtonlar bilan qo‘shilib ketishidan kelib chiqqan. Mil. VII asrdan syanlarning bir qismi dehqonchilik bilan shug‘ullangan. O‘sha davrda Tibetning janubi-sharqiy qismidagi Yarlunga hukmdori Namri barcha qabilalarni birlashtirgan. Uning o‘g‘li Sronszangambo (649 yilda vafot etgan) Tibet davlatiga asos solgan. VII asrning 1-yarmida Tibetda yozma manbalar yaratilgan. Tisongdesen hukmronligi davrida (755—791) Tibet ayniqsa ravnaq topgan. VII–IX asrlarda Tibetda zamindorlik munosabatlari yuzaga kelgan. 787 yildan buddizm davlat diniga aylangan. Langdarma hukmronlik qilgan davrda (836 - 842) buddistlar ta'qib ostiga olina boshlandi, uning o‘limidan so‘ng Tibet bir nechta mustaqil hokimliklarga parchalanib ketdi. XI-XII asrlarda bir qancha budda sektalari yuzaga keldi, monastirlar qurildi, ularning yiriklari atrofidagi hududlar bilan o‘zlarini mustaqil teokratik davlat, deb hisobladilar. XIII –XIV asrlarda Tibet mug‘ullar sulolasi Yuanga tobe bo‘lgan. XIV asr oxiri — XV asr boshida rohib Szonkaba (1357—1419) yangi budda sektasi — Gelug-bani tuzdi. Ushbu sekta rohiblari sariq kiyim kiyganligi sababli, uni «Sariq din» deb ham atashadi. XVI asrdan uning boshlig‘i dalay-lama (lama –eng oliy ruhoniy) unvoni bilan Gelug-ba (sariq sallalilar) Tibetni boshqargan. XVIII asr boshida oyrotlar, 1720 yili manjurlar Lxasani bosib oladi. Manchjurlar Tibetdagi ichki nizolardan foydalanib, o‘z mavqyeilarini mustahkamladi va 1792 yili esa uni Sin imperiyasi o‘z tarkibiga qo‘shib oldi. Britaniya va Tibetning dastlabki aloqalari Ost-Indiya kompaniyasining yangi savdo imkoniyatlarini izlash maqsadida Jorj Boglning sayohati davrida Shigadzeda boshlangan. Bogl tez orada Panchen Lama (Tibet buddizm dinida maqom jihatidan Dalay- lamadan keyin 2- o‘rinda turadi)ning hayrihoxligida uning saroyida 6 qish oyida Tibet madaniyatini o‘rganadi. Biroq, 1870 yili Panchen Lama vafoti va Tibetga gurkxlarning bostirib kirishi natijasida xorij aloqalarini ta'qiqlab qo‘yilganligi sababli Britaniya Tibet bilan barcha rasmiy aloqalarini yo‘qotadi. XIX asr boshlariga kelib Tibet Osiyoda paydo bo‘lgan ikki yangi kuch tomonidan bosimni seza boshladi. O‘z ta'sir doirasini Himolay tog‘lariga qarab kengaytirayotgan va 1833 yildan buyon Hindistonni boshqarayotgan Britaniya Rossiya imperiyasining Markaziy Osiyoni o‘z domiga tortib, Hindiston tomonga qarab ming kilometrga o‘z chegaralarini kengaytirib borayotganini xavotir ila kuzatib turgan edi. Rossiya maslahatchisi Agvan Dordjievning Lxasa shahriga kelishi, Rossiyaning Britaniya imperiyasiga qarshi xavfli niyati bormikin, degan qo‘rquvni yanada kuchaytirdi. Agvan Dordjiev buryat budda monaxi bo‘lib, Drepung (Lxasadagi uchta asosiy monastirlardan biri) monastirida 15 yil ta'lim olgan. 13-Dalay Lama (Tubten Gso)ning maslahatchilaridan biri hisoblangan Agvan Dordjiev Rossiyaning Tibet bilan yaqinlashishiga imkon yaratgan. Imperator Nikolay II bilan uchrashib, San-Peterburgda datsan (budda monastir-universiteti) qurilishiga rozilik oladi. 1903 yilning so‘nggida Rossiya maqsadini “kukunga aylantirishga qaror qilgan Hindiston vitse-qiroli ingliz Lord Kerzon, savdo va chegaraga taalluqli masalalarini yo‘lga qo‘yish borasida Tibet hukumati bilan o‘zaro kelishib olish uchun ser Frensis Eduard Yangxazbend (Britan razvedkachisi va sayyohi) boshchiligidagi qurollangan ekspeditsiyani Sikxim orqali Tibetga yuboradi. Ser Frensis Yangxazbend, Britaniya imperiyasining xatti - harakatlarining to‘g‘riligiga samimiy ishonch bilan Rossiyaning Osiyo bo‘yicha rejalariga nisbatan xavotirlarini keskin bildiradi. Ser Frensis Yangxazbend ikki ming hind soldatini Natu-La (4310 m) dovoni orqali Tibetga olib o‘tdi. Ekspeditsiya boshlanganidan 4 oy o‘tgach, inglizlar tibetliklar tomonidan birinchi qarshilikka uchradi. Britaniya ilg‘or otryadidan son jihatdan ustun, 300 yilga eskirgan bo‘lsa-da, olovli quvvatiga ega Tibet armiyasi tor-mor qilindi. Yana 4 oydan keyin Britan qo‘shinlari Lxasagacha borib, u yerda Dalay Lama Agvan Dordjiev bilan Mug‘ulistonga qochib ketganini bilishdi. Bir oydan so‘ng, 1904 yili Dalay Lama yo‘qligida regent vazifasini bajaruvchi Ganden monastiridan Tri Rinpoche lamasi bilan uzoq muzokaralardan so‘ng, Britaniyaning bosimi ostida ingliz-tibet savdo shartnomasi imzolandi. Ammo Sin hukumati shartnomani ratifikatsiya qilmadi. Mazkur shartnomaga qarshilik ko‘rsatgan Manchjur imperiyasi shartnomaga qamrab olinmaganligi sababli 1906 yili inglizlar pora evaziga manchjurlar bilan Xitoyning Tibet ustidan suverenitetligi tan olinadigan ikkinchi shartnomani imzoladilar. 1910 yili inglizlar tomonidan yo‘ldan ozdirilgan Sin dinastiyasining beva qirolichasi Sisi Dalay Lamani bu safar inglizlar nazoratidagi Hindiston (Sikxim)ga qochishga majbur qilish uchun xitoy qo‘shinlarini Tibetga yuboradi. Sinxay inqilobi (1911-13 yy.) davrida Xitoyda Sin sulolasi tugatilib, 1912 yil oxirida manchjurlar dinastiyasining so‘nggi qurollangan qo‘shinlari Tibetdan quvib chiqarildi. 1913 yili Dalay Lama Sikximdan Lxasaga keldi va Tibetning mustaqilligini e'lon qildi. Uning boshqaruvi yillarida Tibet bayrog‘i (hozirgi ko‘rinishda) standartlashtirildi, elektr va telegraf tarmoqlari paydo bo‘ldi, tibet markalari va puli joriy qilindi. 13-Dalay-lama Pekin bilan butkul aloqani uzganligini e'lon qildi. 1933 yili Dalay Lama vafot etdi, Reting monastiri regentiga mamlakat ishlarini qoldirdi. Hozirgi 14-Dalay Lama (Tenszin Gyaso) Amdo provinsiyasida joylashgan Pari Takser qishlog‘idan topilgan. 1940 yili 22 fevralda to‘rt yarim yoshida Tibetning poytaxti Lxasa shahrida taxtga o‘tirdi. 1930-yillar o‘rtalarigacha Tibet-Xitoy chegarasidagi keskinlik davom etdi. O‘sha vaqtdan gomindanchilar bilan Tibet o‘rtasidagi munosabat birmuncha yaxshilandi. Biroq Tibet inglizlar ta'sirida edi. 2-jahon urushidan so‘ng AQSh Tibetga o‘z ta'sirini o‘tkaza boshladi. Xalq inqilobi g‘alabasi arafasida Tibet ma'murlari gomindanchilar hukumati bilan barcha aloqani uzdi, 1949 yil 4 noyabrda hukumat, monastir vakillaridan tuzilgan Buyuk majlisda Tibetni rasmiy ravishda mustaqil deb e'lon qildi. XXR hukumati 1950 yili 20 yanvarda Tibet masalasi bo‘yicha bayonot e'lon qildi, unga ko‘ra, Lxasa muzokaralar uchun o‘z vakillarini Pekinga jo‘natishi ko‘zda tutilgan. 1950 yili oktyabrda Xitoy qo‘shinlari Tibetning markaziy rayonlariga qarab yurish boshladi. Tibet hukumati Xitoy taklifini qabul etib, 1951 yili 23 mayda Xitoy xalq hukumati bilan «Tibetni tinch yo‘l bilan ozod etish masalalari to‘g‘risida shartnoma» imzolandi. Shartnomaga ko‘ra, Tibetga Xitoy tarkibidagi milliy muxtoriyat huquqi berilishi ko‘zda tutildi. 1950-yillarning 2-yarmida vaziyat keskinlashdi. Lxasada 1959 yil martda isyon ko‘tarildi, oqibatda 14-Dalay-lama Hindistonga o‘tib ketdi. 1965 yilda Tibet muxtor rayoni tuzildi. Xuddi shu davrdan boshlab to shu bugungi kungacha Tibet-Xitoy munosabatlarida Tibetga mustaqillik berish masalasi nizoli bo‘lib kelmoqda. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling