Markaziy osiyo xalqlari tarixi


S Jamoalashtirish siyosatining oqibatlari. Mashina traktor stansiyalarining paydo bo‘lishi. J


Download 0.9 Mb.
bet28/140
Sana31.12.2022
Hajmi0.9 Mb.
#1073985
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   140
Bog'liq
МОХТ-2021. УМК йигиндиси - платформа учун

S Jamoalashtirish siyosatining oqibatlari. Mashina traktor stansiyalarining paydo bo‘lishi.
J Markaziy Osiyo va Qozog‘iston respublikalarining o‘tgan asrning 30-yillaridagi ijtimoiy-siyosiy hayoti sovet zo‘ravonlik tuzumining mustahkamlanishi, shaxsga sig‘inish avjiga chiqqan paytga to‘g‘ri keldi. Jamoalashtirish siyosati natijasida qator sovet xo‘jaliklari kolxozlarni majburiy yo‘l bilan vujudga keltirish davri bo‘ldi.
Markaziy Osiyo va Qozog‘istonda industrlashtirish siyosati qishloq xo‘jaligini tubdan isloh qilishni talab qilar edi. G‘arb mamlakatlarida agrar inqilob, ya'ni qishloq xo‘jaligini isloh qilish sanoatni qayta qurishdan oldin amalga oshirilar, bu esa o‘z navbatida shahar aholisini oziq-ovqat bilan ta'minlashlariga imkon berar edi. SSSRda bu ikki jarayon ham bir vaqtning o‘zida o‘tkazildi. Bunda qishloq nafaqat oziq-ovqat manbai sifatida, balki industrlashtirish uchun katta mablag‘ makoni sifatida qaraldi. 1927 yil dekabrida aytib o‘tilganidek, kollektivlashtirish s'ezdi nomini olgan partiyaning XV s'ezdi bo‘lib o‘tdi. Uni qarorlariga ko‘ra qisqa fursatlarda, 1932 yil bahorigacha mamlakat bo‘ylab yakka xo‘jaliklar tugatilib, kolxozlarni vujudga keltirish lozim edi. Jamoalashtirish majburiy usullar yo‘li bilan, mahalliy aholini sharoitlarini hisobga olmay o‘tkazildi. Ommaviy jamoalashtirish g‘oyasi, umuman olganda, “lenincha kooperativ reja” da o‘z ifodasini topgan bo‘lib, unda dehqonlarni bosqichma-bosqich kooperatsiyalash yo‘li taklif qilingan edi, u dehqonlarning eng oddiy shakllar orqali yuqori va murakkab shakl bo‘lgan jamoa xo‘jaliklariga birlashuvini nazarda tutardi. 1929 yil kuzidan e'tiboran sovet davlati kooperativlashtirishning xilma-xil shakllarini tugatish, mavjud bo‘lgan bir qator kooperativ tizimlarini davlatlashtirish yo‘liga o‘tdi. Kooperatsiyaning barcha turlari sohalari bo‘yicha rivojlantirish siyosatini yoppasiga jamoalashtirish yo‘li bilan almashtirildi. Bu yo‘l esa ixtiyoriylik prinsiplari asosida emas, balki yuqoridan belgilash yo‘li bilan amalga oshirilardi.
Stalinning 1929 yil 7 noyabrda bosilib chiqqan “Buyuk burilish yili” degan maqolasi jadal jamoalashtirishni “nazariy” jihatdan asoslab berdi. Unda keng qishloq ommasi kolxozlarga kirish uchun yetildi, deb aytilgan edi. VKP(b) MQning 1929 yilgi noyabr plenumi “dohiy” fikrini partiya direktivasiga aylantirdi. Plenum jamoalashtirish sur'atlarini haddan tashqari kuchaytirish, unga ommaviy tus berishdan iborat aniq vazifani qo‘ydi. 1929 yil 27 dekabrda agrar markschilar konferensiyasida so‘zga chiqqan Stalin “yoppasiga jamoalashtirish asosida quloqlarni sinf sifatida tugatish” shiorini e'lon qildi. Hokimiyat vakillari “dohiy”ning ko‘rsatmasini bajarish uchun jadal jamoalashtirishning boshida turib asosan zo‘ravonlik usullariga e'tiborni qaratdi. Qishloqda an'anaviy iqtisodiy munosabatlarni yoppasiga buzish avj oldirildi. Davlat qishloq mehnatkashlariga qancha va nima ekishni, yetishtirilgan mahsulotni qanday narx bilan topshirishni aytib turadigan bo‘ldi. Qishloq aholisining badavlat qatlamlariga qarshi mislsiz quvg‘inlar uyushtirildi, qishloq ahlini zo‘rlik bilan kolxozlarga kiritish boshlandi. Bunday siyosat Markaziy Osiyo va Qozog‘istonga nisbatan ham joriy qilinib, o‘zining ijobiy va salbiy, shuningdek og‘ir oqibatlarini ko‘rsatdi.
VKP(b) MQning 1930 yil 5 yanvardagi “Jamoalashtirish sur'atlari va davlatning kolxoz qurilishiga yordam ko‘rsatish choralari to‘g‘risi”dagi qarorining dastlabki tahririda Markaziy Osiyo va Qozog‘iston hududida jamoalashtirishni ikkinchi besh yillik mobaynida tugallash mo‘ljallangan bo‘lishiga qaramay, “buyuk darg‘a” bu harakat birmuncha ertaroq tugallanishi mumkin, degan “bashorat” ni o‘rtaga tashladi. Shuni ham aytib o‘tish joizki, Markaziy Osiyo va Qozog‘istonning ayrim rahbarlari valyuntaristik usullarga qarshi turishga intildilar, raqamlarga va muddatiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida fikrlar bildirdilar. Biroq ularning takliflariga umuman e'tibor berilmadi. Natijada VKP(b) MQ Markaziy Osiyo byurosining qarori bilan 1932 yilning boshlariga kelib dehqon xo‘jaliklarining 65% ini kolxozlarga birlashtirish rejasi qabul qilindi.
Barcha joylarda jamoalashtirishga rahbarlik qilish uchun Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston va O‘zbekiston hududlari bo‘ylab shtablar tuzildi. Hamma joyda ommaviy axborot vositalari, jamoat tashkilotlari harakatga keltirildi. Qishloq ahlini kolxozlarga g‘ayratlantirish uchun ishchilar sinfi ham jalb qilindi. Xususan, Markaziy Osiyo va Qozog‘istonga Rossiyadan 2000ga yaqin ishchilar yuborildi. Ishchilar sinfi partiya tashkilotlariga kolxozlar tuzishda yordam ko‘rsatdilar, kambag‘al faollarni “quloq”larga qarshi birlashtirdi, qishloq xo‘jaligi va mahalliy sharoit haqida umuman tasavvurga ega bo‘lmasa ham ishchilar yangi tashkil qilingan qishloq xo‘jalik artellariga rahbarlik qildilar. Oqibatda, shoshma shosharlik bilan dastlab tashkil qilingan kolxozlarning ko‘pchiligi ishni eplay olmay tarqab ketdi. Tojik, o‘zbek, qirg‘iz, qozoq va turkman qishlog‘ining keng batrak kambag‘allari ommasini ham “buyuk burilish”ning “inqilobiy” harakatlariga faol jalb qilishga alohida e'tibor berildi. Bu vazifani hal qilish bo‘g‘inlaridan biri 1929 yil oktyabrda qayta tashkil etilgan “Qo‘shchi” ittifoqi asosida “Kambag‘allar uyushmasi”ning ta'sis etilganligi bo‘ldi. Ular bilan bir vaqtda qishloq sovetlari qoshida kooperativlarning boshqaruvida, kolxozlarda va boshqa xo‘jalik siyosiy tuzilmalari qoshida kambag‘allar guruhi tuzila boshlandi. Jamoa xo‘jaliklariga birlashtirish uchun dehqon xo‘jaliklariga bevosita hujum qilish amaliy jihatdan buzg‘unchilik harakatiga aylanib ketdi. Raqamlar ortidan quvish boshlanib ketdi. Sovet davlatining hamma joyida bo‘lgani kabi, Markaziy Osiyo va Qozog‘istondagi jamoalashtirish ham “harbiy kommunizm” yillarida sinovdan o‘tgan kompaniyabozlik, hujum va tazyiq usullari bilan amalga oshirildi. Dehqonlarni zo‘rlik bilan kolxozlarga kirishga majbur qildilar. Qarshilik ko‘rsatganlar ijtimoiy mansubligidan qa'tiy nazar “quloq qilindi”. Ko‘pincha qishloq aholisini bu yerdan ko‘chirib yuboramiz, deb qo‘rqitib kolxozlarga yozilishiga majbur qildilar. Shunday xollar ham bo‘lganki, kolxozlarni tashkil etish u yoki bu qishloqdagi deyarli dehqon xo‘jaliklarining kolxozga kirish kirmaslik istagidan qat'iy nazar sun'iy ravishda varaqa to‘ldirishdan iborat bo‘lgan. Mamuriy tazyiq natijasida oradan bir necha hafta o‘tgandan keyin hali birorta ham kolxoz tuzilmagan ayrim tumanlar jamoalashtirishni tugatganliklari haqida ma'lumot berib yuborar edilar.
Markaziy Osiyo va Qozog‘istonda qishloq xo‘jaligini jamoalashtirish siyosatini natijalari to‘g‘risida quyidagilarni keltirish mumkin:

  • yerdan unumli foydalanish, progressiv texnologiyalarni joriy qilish, texnikani markazlashtirish, bularning barchasi yirik qishloq xo‘jaligi jamoalariga xos bo‘ldi.

  • o‘zibo‘larchilik, o‘ta markazlashganlik, shaxsiy manfaatni zaifligi, shaxsning tashabbuskorligini qo‘llab-quvvatlamaslik, bularning barchasi qishloq xo‘jaligini bir maromda rivojlanishiga to‘sqinlik qilardi.

  • zamon talabidagi kooperatorlar tizimini joriy qilish, eski yirik yer egalaridan xalos bo‘lish albatta ijobiy harakat edi, biroq bularning barchasi zo‘rlik, majburlash yo‘li bilan amalga oshirilgan edi.

Shunday qilib, Sovet hokimiyatining Markaziy Osiyo va Qozog‘istonda zo‘rlik bilan amalga oshirilgan jamoalashtirish siyosati natijasida xalqning ijtimoiy iqtisodiy va ma'naviy hayotiga katta putur yetkazildi. Mintaqa bo‘ylab joylarda xususiy mulk u yoqda tursin, hatto uning (mulk) o‘zi ham yo‘q qilindi.
“Jamoalashtirish”ning ajralmas bo‘g‘ini hisoblangan MTS shaklidagi agrokorxonalarni tashkil qilishga ham jiddiy e'tibor berildi. Markaziy Osiyo va Qozog‘istonda mashina traktor stansiyasi 1929 yildan tashkil etila boshlandi. Sovet agrar siyosati tizimida MTSlar qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga muayyan ta'sir ko‘rsatishi kerak edi. Xususan, ular qishloq xo‘jaligida, ayniqsa, paxtachilik sohasidagi bir qator ishlarda mexanizatsiyani qo‘llashda yordam berdi, mexanizator kadrlarni ko‘paytirishga imkon yaratdi. Shu bilan birga, texnikani mashina traktor stansiyalarida jamlash yo‘li bilan ish tashkil qilish uning barcha imkoniyatlarini butunlay ochib bera olmadi. MTSlar tashkil etilishi bilan, shartli qilib aytganda, ikkita “xo‘jayin” qaror topdi-biri texnikaga javob bersa, ikkinchisi qolgan barcha ishlarga javobgar edi, lekin aslini olganda kolxozlar ham, MTSlar ham haqiqiy “xo‘jayinlar” emas edilar, haqiqiy xo‘jayin davlatning o‘zi edi. Vujudga kelgan “qo‘sh hokimiyatchilik” natijasida ishlab chiqarishni tashkil etishda va texnikadan foydalanishda xo‘jasizlik vujudga keldi, qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligi, chorvachilikning mahsuldorligi uchun javobgarlikni kolxozchilar ham, stansiya xodimlari ham o‘z zimmasiga olmadi, katta va keraksiz xarajatlarga sabab bo‘ldi. Mashina traktor stansiyalarining siyosiy bo‘limlari kolxozlarni “mustahkamlashning” samarali vositasi bo‘lib, ular 1933-1934 yillarda partiyaning qishloqdagi favqulodda organi bo‘lib faoliyat ko‘rsatdi. MTSlarning siyosiy bo‘limlari Moskva rahbariyatining yo‘lini amalga oshira borib, keng miqyosli jazolash harakatlarini amalga oshirdilar.
Jamoalashtirish natijasida majburan tashkil qilingan “kolxoz-sovxoz tuzumi” yerdan foydalanishning yaroqsiz shakli bo‘lib, oxir-oqibatda agrar ishlab chiqarishni tanazzulga olib kelishi aniq edi. Davlatning qishloqdagi azaliy an'anaviy xo‘jalik aloqalari tizimiga aralashuvi, qishloq xo‘jaligi uchun mutlaqo zararli bo‘lgan sotsialistik munosabatlarning majburan tiqishtirilishi mustaqil rivojlanishning ichki imkoniyatlarini barbod qildi, qishloq mehnatkashlarining ongi bo‘lsa buzilib bordi. Dehqonlar yerga va ishlab chiqarishga egalik tuyg‘usini, ming yillardan buyon singib kelgan mehnatsevarlik fazilatlarini yo‘qotib bordi, ulardagi mehnatga, kasb mahoratiga bo‘lgan mehr-muxabbat so‘nib bordi. Bu buzilish jarayonlarining ta'siri hali-hanuz barham topgani yo‘q. Bu zararli illatlarning barchasi zo‘ravonlik bilan amalga oshirilgan jamoalashtirishda edi.


Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling