Markaziy osiyo xalqlari tarixi


Download 0.9 Mb.
bet25/140
Sana31.12.2022
Hajmi0.9 Mb.
#1073985
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   140
Bog'liq
МОХТ-2021. УМК йигиндиси - платформа учун

Dushanbe, Ko‘lob, Saroy-Kamar, Porxor, Qo‘rg‘ontepa, Shaartuzda ishga tushirildi. Ko‘lobda yog‘ zavodi, Xo‘jandda konserva kombinati, Konibodom yog‘ zavodi, Qo‘rg‘ontepa yog‘ zavodi, Konibodomda meva-konserva zavodi, Xo‘jandda vinozavodi kabi oziq-ovqat sanoati korxonalari qurildi. Xo‘janddagi ipak kombinati, Dushanbe mexanik zavod, Dushanbe ipak yigirish fabrikalari qurilib, ishga tushirildi.
Temir yo‘li qurilishiga ham alohida e'tibor qaratildi:

  • Dushanbe- Gulbista

  • Dushanbe-Yangi-Bozor

  • Melnikova –Shurob liniyalari, 1929-yil kuzida Termez-Dushanbe temir yo‘li qurilishi tugallandi.

Tojikistonda avtomobil trassalariga ham katta e'tibor qaratildi. 1932 yilga kelib, Dushanbe – Qo‘rg‘ontepa, Dushanbe - Obi-Garm avtomagistrallari, Osh – Xorog yo‘nalishi tugallangandi.
Industrilizatsiya asosida mamlakatda ishchilar sinfi shakllandi. Birinchi besh yillik davomida Tojikistonda sanoat ishchilari miqdori 1749 tadan 5653 taga yetdi. Ishchilarning ko‘pchiligi MTS, transport va qurilish sohasida band edi. Qurilish sohasining o‘zida 1932 yil 1 yanvar hisobda 15000 ishchi bor edi.
1934 yil yanvar-fevral oylarida bo‘lib o‘tgan, partiyaning XVII -s'ezdi SSSR xalq xo‘jaligi rivolanishining ikkinchi besh yillik (1933-37) rejasini qabul qildi
1934 yil avgustida SSSR MIQ va XKS s'ezd qaroriga muvofiq ikkinchi besh yillik rejasi qabul qilindi. Bu planning asosini, texnik ta'mirlashni amalga oshirish va zamonaviy texnikani o‘zlashtirish sanoatda ishlab chiqarish kuchlarining 63 % ga o‘sishini va mahsulot tannarxini 26% ga kamaytirish, mahsulot sifatini va turlarini tezda oshirish ko‘zda tutilgan.
Tojikiston SSR da ko‘mir shaxtalarini qayta ta'mirlash ishlari davom etardi. Ko‘mir qazib chiqarish ikkinchi besh yillik oxirida 1932 yilga nisbatan 120% ga oshdi. Neft sanoati jadallik bilan rivojlandi. Melnikov neft haydash korxonasi, “KIM” va “Neftobod” neft sanoati korxonalari qayta ta'mirlandi va kengaytirildi. 1937 yilda neft qazib chiqarish 1932 yilga nisbatan 150% ga ko‘tarildi.
Oziq-ovqat sanoati ham sanoatning boshqa tarmoqlari bilan bir xil rivojlandi. Ikkinchi besh yillik davrida mamlakatning 18 tumani va Dushanbeda mexanizatsiyalashgan non zavodi, Dushanbeda vinozavodi, Orjonikidzeda unkombinat va boshqalar ishga tushirildi. Leninobod va Konibodomdagi konserva zavodlari va Leninobod, O‘ratepa va Panjikent vino zavodlari mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishdi. Oziq-ovqat sanoatining butun YaIM 1937 yilda 1932 yilga nisbatan 6 barobar o‘sdi.
1937 yilda butun Tojikiston sanoatning YaIM 1932 yil bilan taqqoslaganda 282% ga o‘sdi. Sanoat va transportning rivojlanishi bilan mamlakatda ishchilar sinfi shakllandi, texnik salohiyatga ega bo‘lgan milliy kadrlar yetishib chiqdi. Ikkinchi besh yillik davomida Tojikistonda ishchilar soni 12 marotabaga oshdi, qurilish va sanoatda band bo‘lgan muhandis va texniklar miqdori esa 3000 dan oshgan. 1936 yil barcha ishchilarning 46% ni mahalliy millat vakillari bo‘lgan.
“Tenglashtirish” siyosati ishlab chiqarishni raqobat asosida rivojlantirishga imkon bermadi, odamlarni layoqatsiz, befarq qilib qo‘ydi. Bu illatlarni kommunistik tarbiya va sotsialistik musobaqa yo‘li bilan tuzatishga urinib ko‘rildi. Bular ham natija bermagach, zo‘rlik ishlatish, qo‘rqitish usullaridan keng foydalanildi.
Shunday usullarni qo‘llagan holda,

  • 1930 yillar oxirida Turkmaniston O‘zbekistondan keyingi 2 – yirik paxta bazasiga aylantirildi;

  • Neft konlari rekonstruksiya qilindi, yangi konlar ishga tushirildi (Nebitdog‘);

  • Ashxobodda to‘qimachilik va ipak yigiruv fabrikalari ishga tushdi;

  • Chelekenda yod-brom;

  • Qoraqum oltingugurt zavodlari;

  • Chorjo‘y ipak yigiruv fabrikasi;,

  • Qorabo‘g‘oz kimyo kombinati;

  • Ashxobod shisha zavodi;

  • Bayramali yog‘-moy kombinati va boshqa sanoat korxonalari ishga tushirildi.

Turkmanistonda asta sekinlik bilan milliy ishchilar sinfi shakllandi, milliy intiligensiya vujudga keldi.



Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling