Markaziy osiyo xalqlari tarixi


Download 0.9 Mb.
bet23/140
Sana31.12.2022
Hajmi0.9 Mb.
#1073985
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   140
Bog'liq
МОХТ-2021. УМК йигиндиси - платформа учун

Tayanch so‘z va iboralar: Sovet hokimiyati, bolsheviklar, Markaziy Osiyo, boylar, kambag‘allar, quloq qilish, industrlashtirish, besh yillik rejalar, sanoat, kooperatsiya, stalincha boshqaruv, xalq xo‘jaligi, jamoalashtirish, zo‘rlik, kolxoz va sovxozlar, VKP(b), Markaziy Osiyo, Qozog‘iston, quloq, boy, yot unsurlar, batrak, kambag‘al, surgun qilish, quloqlar lageri, shaxsga sig‘inish, industrlashtirish, sotsialistik musobaqa, konsentratsion lagerlar, mashina traktor stansiyalari, ma'muriy-buyruqbozlik tizimi.


S Industrlashtirish siyosati va uning Markaziy Osiyo respublikalariga tatbiq etilishi.
J Markaziy Osiyo respublikalari tashkil qilinganidan so‘ng respublikalardagi davlat boshqaruvi organlari ittifoq organlari tartibida va ular andozasida tuzildi. Bu ittifoqdosh respublikalarni Markazdan turib boshqarishning eng oson va oddiy, shu bilan birga, takomillashgan mustahkam shakli edi.
Shuningdek, mahalliy hokimiyat organlari va ularning apparati vujudga keltirildi, yangi ma'muriy-hududiy bo‘linish amalga oshirildi. Oldiniga respublikalarning viloyat bo‘linishidan okrug bo‘linishiga o‘tildi, keyin yana viloyat bo‘linishiga qaytildi, tumanlar va qishloq kengashlarining keng tarmog‘i tuzildi. Ma'muriy-hududiy islohotlar sovetlarni mustahkamlash va ularni aholiga yaqinlashtirish bahonasida o‘tkazilardi. Aslida esa ular kommunistik rejim tomonidan partiya-davlat apparatining cheksiz hukmronligini mustahkamlash maqsadida amalga oshirilar edi.
XX asrning 20 yillari o‘rtalariga kelib Sovet davlatida xalq xo‘jaligini tiklash asosan tugallandi. Yangi iqtisodiy siyosatni amalga oshirish iqtisodiyotning aksariyat sohalarida ijobiy o‘zgarishlarga olib keldi. Turkmaniston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston sanoatida ham muayyan muvaffaqiyatlarga erishildi. Tiklash davrining muvaffaqiyatli tugallanishi kun tartibiga sanoat qurilishi ko‘lamini jiddiy ravishda kengaytirishdan iborat yangi vazifani qo‘ydi. Chunki SSSR ko‘proq agrar mamlakat bo‘lib qolmoqda edi.
1925 yil dekabrida VKP(b) XIV s'ezdi “sotsialistik industrlashtirish” yo‘lini avj oldirishni e'lon qildi. Avvalgi industrlashtirishning o‘ta yuqori sur'atlari haqida gapirilmadi. Ammo keyinroq ittifoq partiya rahbariyatining va ayniqsa uning yetakchisi Stalinning tutgan siyosiy yo‘lida sanoat qurilishi sur'atlarini asossiz ravishda jadallashtirishga intilish ko‘zga tashlandi.
1928 yil 1 oktyabrda SSSRda xalq xo‘jaligining besh yillik rejalariga o‘tish haqida qaror qabul qilindi. Birinchi besh yillik rejasi boshlandi va u muddatidan oldin 1932 yil 31 dekabrda bajarildi.
Shundan so‘ng qabul qilingan besh yillik reja va uning bir qator topshiriqlari eskirib qolgan deb e'lon qilindi. “Industrial o‘sishning” yangi dasturi asossiz ravishda ko‘paytirish tomoniga qayta ko‘rib chiqildi. 1930 yilning yozida VKP(b) XVI s'ezdida Stalin qat'iy qilib, bir qator yetakchi tarmoqlar bo‘yicha besh yillik reja 2,5-3 yilda bajariladi, dedi. Stalincha sub'ektiv jadallashtirish usuli butun sovet mamlakatida, shu jumladan Markaziy Osiyo respublikalarida bosh usul bo‘lib qoldi. Shu bilan birga, respublikalarda uning salbiy ko‘rinishlari o‘lkaning o‘ziga xos iqtisodiy ahvoli tufayli yanada ortdi, eng asosiysi SSSRning xalq xo‘jaligi majmuida Markaziy Osiyo respublikalarining o‘rni va roli ittifoq hukumati tomonidan majburan belgilab berildi. Shuni alohida ta'kidlash zarurki, Markaziy Osiyo respublikalari uchun sanoat qurilishini keng sur'atda jadallashtirish nihoyatda zarur edi. Chunki Markaziy Osiyo respublikalari 20-30 yillar chegarasida ham agrar xususiyatiga egaligicha qolayotgan edi. Tojikiston, Turkmaniston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston respublikalarining iqtisodiyoti xom ashyo yo‘nalishida bo‘lganligi sababli sanoat faqat bir tomonlama ixtisoslashtirilayotgan edi.
Markaziy Osiyo mintaqasida ishlab chiqaruvchi kuchlarni jadal rivojlantirishni ta'minlaydigan, shahar va qishloqdagi mavjud ijtimoiy ishlab chiqarish tarkibini va texnikaviy negizini tubdan o‘zgartiradigan, zamonaviy texnika bilan muomala qilishga qodir yetarli miqdordagi milliy kadrlarni vujudga keltira oladigan sanoatni joylashtirish muhim edi.
Biroq ittifoq hukumati avvalboshdanoq buni istamagan edi. Shuning uchun ham Markaz Markaziy Osiyo respublikalari sanoatini faqat o‘zining manfaatlari yo‘lida rivojlantirishni amalga oshirib keldi. O‘zining mohiyati jihatidan unitar davlat hisoblangan Sovet davlatining yagona xalq xo‘jalik majmuida Markaziy Osiyo respublikalariga Rossiya imperiyasi davridagidek xom ashyo yetkazib beruvchilik vazifasi yuklatildi, lekin, shu bilan birga sanoat salohiyotini rivojlanishi ham ko‘zga yaqqol tashlanib turdi
Ittifoqda industrlashtirish sur'atlarini tezlashtirish yo‘lidan borildi. Bu masala bo‘yicha partiyaviy munozaralar bo‘ldi. Industrlashtirishni jadallashtirish tarafdorlari mablag‘ni qishloq xo‘jaligi hisobidan sanoatga olish rejasini ilgari surdilar.
Muxolif taraf esa industrlashtirish siyosatini yoqlagan holda uni aholini moddiy ahvolini, turmush sharoitlarini yaxshilash va qishloq xo‘jaligida kooperatsiyani asta sekin ixtiyoriy ravishda amalga oshirish bilan birgalikda olib borishni taklif qildi.

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling