Markaziy osiyo xalqlari tarixi
Xalq milliy ongining o‘sishi
Download 0.9 Mb.
|
МОХТ-2021. УМК йигиндиси - платформа учун
Xalq milliy ongining o‘sishi
1985-1990-yillar o‘zbek xalqining milliy o‘zligini anglashi, milliy ongining o‘sishida juda muhim ahamiyatga ega. 80-yillarning 2-yarmida O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy voqyelik jamiyat a'zolarining ijtimoiy faolligini oshirdi. Akademik Erkin Yusupov (1928-2003) publisistik maqolalarida Markaz o‘yinlarini ochib berdi. 80-yillar o‘rtalaridan vaziyat o‘zgardi. A.Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat, Usmon Nosir, Shayxzodalarning millatchilikda, panislomizm va panturkizmda ayblanib, qatag‘on qilinganliklari ochib tashlandi. 30-40-yillar va 50-yillar boshlarida siyosiy qatag‘on qilinib qatl etilgan va qamoqlarga tashlangan xalqimizning asl farzandlari oqlandi. «Chig‘atoy gurungi», «Mshliy ittihod», «Milliy istiqlol», «Botir gapchilar» singari «aksshinqshobiy guruhlar vakillari aslida madaniyatimiz va tariximizning ziyolilari, millat gullari ekanliklari, istiqlol u-n jon fido qilganliklari ma'lum bo‘ldi. 1937 -1939 yillarda qamoqqa olinib otib tashlangan 6920 ta ziyolining qatag‘on qismati o‘rganildi. 1987 yil mahalliy sovetlarga saylovda har bir viloyatning bittadan tumanida eksperiment sifatida saylov o‘tkazildi. Bu muqobillik asosida o‘tkazilgan 1-saylov bo‘ldi. 80-yillardagi «etnik omil» respublikalarning Markazdan qochish siyosatiga, so‘ngra SSSR parchalanib ketishiga olib keldi. 1989 yil iyun va oktyabrda Farg‘ona, Toshkent va O‘sh viloyatlarida bo‘lgan voqyealar, ayniqsa shov-shuvga sabab bo‘ldi. 80-yillar oxirlarida O‘zbekistonda 100 dan ortiq millat va elatlar istiqomat qilib, ularning 71,4 foizini o‘zbeklar, 8,2 foizni ruslar tashkil etardi. 80-yillarning 2-yarmida O‘zbekistonda jiddiy o‘zgarishlar, ayniqsa, jamoat tashkilotlarining faollashuvi, siyosiy madaniyatining keskin ko‘tarilishi yuz berdi. 1988-yilning 11 noyabrida «Birlik» xalq harakati (rahbari Abdurahim Po‘latov) jamoat tashkiloti sifatida tashkil topdi. Xuddi shu paytda O‘zbekiston erkin yoshlar uyushmasi tuzildi. 1990 yil 30-aprelda «Erk» demokratik partiyasining ta'sis qurultoyida uning dastur va nizomi qabul qilindi. Prezidentning 1991 yil 27 avgust farmonida siyosiy partiyalar, ijtimoiy-siyosiy harakatlar va birlashmalar faoliyatini tartibga solish belgilandi. 80-yillarning 2-yarmi O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanish davri bo‘ldi. 1990 yil martdagi SSSR xalq deputatlarining navbatdan tashqari 3-qurultoyi 6-moddani bekor qildi. Kompartiyaning gegemonliga barham berildi. 1985-1991 yillar o‘zbeklarning ruhiyatida jiddiy siljishlar, miliy ong, demokratiya, ko‘ppartiyaviylik tizimi shakllanishi davri bo‘lib tarixga kirdi. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling