Markaziy osiyo xalqlari tarixi
Download 0.9 Mb.
|
МОХТ-2021. УМК йигиндиси - платформа учун
Respublika prokurori etib Buturlin, uning o‘rinbosarligiga Gaydanov, tergov boshliqligiga Laptev, Ichki ishlar vazirligiga Didorenko tayinlandi. Barcha viloyatlarda ham ahvol shunday bo‘lib, ular respublikadagi hukmronlikni to‘la qo‘lga olgan edilar.
“Paxta ishi” va “O‘zbeklar ishi” deb yuzsizlarcha nomlangan tergovlar boshlanib ketdi. Gdlyan guruhi O‘zbekistonliklarga nisbatan qonunsiz, beshafqat ishlarni boshlab yubordi. Ularning zo‘ravonligi oqibatida sudlar adolatsiz hukmlar chiqara boshladi. Bu yillar mobaynida o‘zbek xalqining zabardast vakillaridan biri Sh.Rashidov nomi ham qoralanganlar ro‘yxatiga tushib qoldi. Go‘yoki u qo‘shib yozish, davlat mulkini o‘zlashtirishda ayblandi. “Sharof Roshidovchilik” guruhi ishi o‘ylab topildi. O‘z millatini o‘ylab, sovet gumashtalariga sal bo‘lsada e’tiroz bildirganlar ham ana shunday nomlar ostida tergov qilindi. Dastlabki yillarning o‘zida 600 ga yaqin rahbar hodimlar hibsga olindi. Ularning 60% kolxoz raislaridan iborat edi. Paxta ishi, “o‘zbeklar ishi” doirasida 45%i qishloq xo‘jaligida faoliyat yurutuvchi yetuk mutxassis kadrlardan iborat edi. KPSS MQ dan 172 kishi, O‘zkompartiya MQ dan 1813 kishi javobgarlikka tortildi. Ularning 70%i kotibiyat, shahar, tuman partiya qo‘mitalarining kotiblaridir. 1989 yilgacha bu ishlar bo‘yicha 4,5 mingdan ko‘proq kishi sudlandi. O‘sha paytda respublikadagi qamoqxonalarda joy qolmagani uchun sudlanganlarning mingdan ortig‘i jazoni o‘tash uchun Sibir qamoqxonalariga jo‘natildi. Ba’zi ma’lumotlarda bu ko‘rsatkich 5000 mingdan ko‘p ekanligi qayd etiladi. Qomoqxonalarda joy qolmaganligi tufayli ularning ko‘pchiligi sibir qamoqxonalariga jo‘natiladigan bo‘ldi. Gdlyan guruhi O‘zbekiston hududida cheklanmagan vakolatlarga ega boidi. Aybsiz odamlami, ulaming oila a’zolarini qamoqqa olish, jismoniy va ruhiy qiynoqqa solish avj oldi. Hibsga olinganlar tergov usullariga dosh berolmay o‘z jonlariga qasd qilishgacha borib etdilar. Ana shunday desantlar to‘dasi faoliyati davomida o‘zbek xalqini ko‘zbo‘yamachilikda, qo‘shib yozishlarda, boqimandalikda ayblab, partiya raxbarlaridan tortib oddiy dehqonlargacha ta’qib ostiga olindi. 25000 ga yain inson qiynog’-u tuhmatlarga giriftor etildi4. O‘zbekistonda inson huquqlari behad toptalayotganligi haqida Moskvaga minglab xatlar jo‘natildi. Afsuski, bu xatlar tekshirilmasdan, hatto javob yozishga ep ko‘rilmadi. Aksincha, Gdlyan va uning gumashtalariga ketma-ket unvonlar berildi. 1989 yil 23 iyun kuni respublika rahbarligiga Islom Karimov saylandi. Yangi rahbarning faoliyati O‘zbekiston fuqarolarining huquqlarini himoya qilish, toptalgan huquqlarini tiklash kabi oliyjanob va xayrli ishdan boshlandi desak yanglishmaymiz. “Paxta ishlari”ni ko‘rib chiqish uchun maxsus komissiya tuzildi. Komissiya ish faoliyatiga 40 ming tomdan iborat ishni ko‘rib chiqish topshirildi. 1990 yilning iyun oyiga kelib, komissiya eng muhim bir xulosaga keldi. 1990 yil 13 iyun kuni Moskva shahriga SSSR Bosh prokurori, SSSR Oliy sudining raisi va SSSR Adliya vaziri nomiga yozilgan xatda komissiya xulosalari batafsil ko‘rsatildi. Bu xatda “Paxta ishlari” chuqur tahlil qilinib, sudlanganlarni oqlash masalasi qo‘yilgan edi. Biroq yuqoridagi tashkilotlar ko‘mak o‘rniga tayziqni kuchaytirdilar. Respublika rahbarining qat'iyatli harakati bilan nohaqlik barham topdi. Komissiya ikki yildan ko‘proq vaqt orasida 40 ming tomlik ishni ko‘rib chiqdi. 3,5 mingdan ko‘proq kishi oqlandi. Qolganlarning jazo muddatlari kamaytirilib, bir qismi Prezidentimiz tomonidan avf etildi. Paxta komissiyasi faoliyatining eng muhim tomonlaridan biri shundan iboratki, paxta ishlari bo‘yicha sudlanganlarning ko‘pchiligi hayotligida oqlandi, yuzlari yorug‘ bo‘ldi, toptalgan huquqlari tiklandi, o‘z ish joylariga qaytishdi, musodara qilingan mulki qaytarilib, boshqa yetkazilgan moddiy zararlar qoplandi. O‘zbekisiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, xususan, respublika rahbariyatining qat'iyatli harakati bilan nohaqlik barham topdi. Minglab begunoh fuqorolarning nomlari oqlandi. KPSS MK Aprel (1985 y) plenumi sovet jamiyatini “qayta qurish”, bu jamiyat hayotining barcha sohalarini “chuqur isloh qilish” yo‘lini e'lon qildi. Bunda avvalo ijtimoiy hayotni demokratlashtirish, oshkoralik, iqtisodiy o‘sishni fan texnika yutuqlariga tayanib jadalllashtirishga qaror qilindi. Biroq uzoq yillar totalitar rejimga moslashgan davlat monopoliyasi, idoralari byurokratik apparat ko‘zda tutilgan rejalarni amalga oshirishga yo‘l qo‘ymadi. 80-yillarning o‘rtalariga kelib mamlakatdagi iqtisodiy taraqqiyotni chuqur tahlil qilmasdan 90 yillarning oxiriga borib, sobiq SSSR da milliy daromadni 2-2.5 barobar o‘stirish, aniqrog‘i avvalo 70 yil ichida amalga oshirilgan ishlarni keyingi 15 yil ichida bajarish vazifalari qo‘yildiki, bular mutlaqo haqiqatdan uzoq edi. Bu hol tabiiy ravishda 70-80 yillar boshlarida jamiyat oldidagi muhim xalq xo‘jaligi vazifalarini ishlab chiqarishni jadallashtirish bilan emas, balki qo‘shib yozish, pora berish, oshna-og‘aynigarchilik bilan osongina hal qilishga olib keldi. Davlat rejalashtirish tizimi murakkab ijtimoiy va xo‘jalik vazifalarini ma'muriy-buyruqbozlik yo‘li bilan hal qilishga qodir bo‘lmay qoldi. Natijada iqtisodiy o‘sish har yiliga kamayib bordi. Respublika xalq xo‘jaligida umumiy ijtimoiy mehnat unumdorligini pasayishi hisobga mo‘ljaldagidan 4,3 foiz yoki 850,4 million so‘mga kam milliy daromad olindi. 1989 yilda O‘zbekistondagi har bir kishiga sobiq ittifoqdagi o‘rtacha darajadan bir yarim baravardan kam kapital mablag‘ to‘g‘ri keldi. Shu davrga kelib respublika qishloq xo‘jaligida ko‘plab muammolar to‘planib qoldi. Sovet tizimining navbatdagi islohoti ham yo‘l qo‘yilgan xatolar tufayli barbod bo‘ldi. Ushbu muammolardan xalq e'tiborini chalg‘itish uchun ko‘p yillar davomida yig‘ilib qolgan milliy noroziliklardan foydalanildi. Kommunistik mafkura o‘z hukmronligini saqlab qolish uchun hatto ayrim respublikalarda millatlararo nizolarni uyushtira boshladi. 1989 yilda Toshkent, Farg‘ona, Andijonda ro‘y bergan millatlararo mojarolar, Kavkazdagi qurolli to‘qnashuvlar, quvg‘in qilingan xalqlarni noroziliklaridan razilona manfaat yo‘lida, respublikalarda, shu jumladan O‘zbekistonda paydo bo‘layotgan hurlik ovozini bo‘g‘ish uchun foydalandilar. Markaziy Osiyo respublikalari SSSRning yevropa qismidagi va Kavkazorti respublikalaridan etnik, ijtimoiy-iqtisodiy va mafkuraviy-siyosiy jihatdan katta farq qilardi. Ulardagi turmush darajasining boshqa ittifoqdoshlariga nisbatan pastligi va aholi o‘sishining yuqoriligi konformizm (befarqlik, loqaydlik)ning hukmron bo‘lishiga xalaqit berolmas edi. Ulardagi sanoat qoloqroq va tarqoqroq edi. Yakka hokimlik (monokultura)ga asoslangan qishloq xo‘jaligi ittifoq markazi uchun xomashyo tayyorlab berishga moslashtirilgan edi. Islom dini va urug‘-aymoqchilik ta'siri kuchliligicha qoldi. Ko‘p asrlik madaniyat va milliy o‘zlikni anglashga avval Rossiya podsholigi, so‘ngra Sovet mustabid tuzumi amalga oshirgan ommaviy qatag‘onlar, yozuvning o‘zgartirilishi va etnik chegaralarning yopilishi yordamida misli ko‘rilmagan darajada zarar yetkazildi. O‘xshash taqdirlar va sovetcha «tenglashtirishga» qaramasdan, 80-yillarda bu respublikalardagi ahvol turlicha edi va ularning taraqqiyot yo‘li ham bir-biridan keskin farq qilardi. Tojikistonda «real sosializm»ni saqlab qolishga urinishdan tortib, Qirg‘izistonda liberal-demokratik islohotlarning o‘tkazilishigacha, O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish usulidan tortib, Qozog‘istonda «boshqariladigan demokratiya» orqali iqtisodiyotni erkinlashtirishgacha va Turkmanistonda milliy-totalitar tuzumning barpo etilishigacha bo‘lgan yo‘llarni ko‘rish mumkin. Vaqtincha iqtisodiyot samaradorligining yetarli emasligi, aholi turmush darajasining rivojlangan davlatlarga nisbatan pastligi va yangi davlatchilikni shakllantirish qiyinchiliklaridan foydalanib qolmoqchi bo‘lgan, mustaqil taraqqiyotni ko‘rolmagan tajovuzkor, hokimiyatparast kuchlar Tojikiston, O‘zbekiston va Qirg‘izistonda agressiv islom fundamentalizmi va ekstremizmi hamda xalqaro terrorizmning konstitutsiyaviy tuzumga qarshi, faollashuviga sabab bo‘ldi. Markaziy Osiyoning hudud jihatidan eng yirik respublikasi — Qozog‘istonda uchta urug‘ ittifoqi — juzlarga bo‘linishni yo‘qotmagan qozoqlar aholining 40 foizini tashkil etadi. Asosan respublika shimolida yashovchi ruslar ham aholining 40 foizini, ukrainlar, nemislar, o‘zbeklar, qirg‘izlar, tatarlar, uyg‘urlar qolgan 20 foizini tashkil etadi. 1986-yilda Olmaotada ittifoq markazi ko‘rsatmasiga ko‘ra respublika va kompartiya rahbariyatining o‘zgarishiga qarshi ommaviy norozilik qozoqlarda milliy o‘zlikni anglash tiklanishining cho‘qqisi bo‘ldi. Norozilik qatnash-chilarining shafqatsiz jazolanishi ko‘pchilikning g‘azabini qo‘zg‘atdi. Shu bilan birga Qozog‘iston hududida yadro sinovlari o‘tkazilishi va ularning oqibatlariga qarshi harakat kuchaya boshladi. Qozoq aholi ichida qozoq tilining ilgarigi mavqei va yozuvining tiklanishi, qozoq xalqi tarixi, madaniyati va dinining o‘rganilishi va tiklanishi to‘g‘risidagi talablar ommaviylashdi. Markaziy Osiyo respublikalari ichida eng kichigi — tog‘li Qirg‘iziston ittifoq markaziga bo‘ysundirilgan sanoatga ega bo‘lib, markaz dotasiyasi respublika byudjetining 60 foizini qoplar edi. Aholining 53 foizdan kamrog‘i qirg‘izlar, ruslar — 21 foiz, o‘zbeklar — 13 foizni tashkil etar, boshqa turkiyzabon xalqlar, ukrainlar, nemislar istiqomat qilardi. Mamlakatda ko‘pchilikni tashkil etgan shimoliy va janubiy qirg‘izlar o‘rtasida raqiblik, shuningdek, janubda qirg‘izlar va o‘zbeklar o‘rtasida ham raqobat bor edi. Sanoatda rus mutaxassislari asosiy rol o‘ynardi. Rossiyaning markaziy shaharlarida o‘qish davomida liberalizmga moyillik orttirgan qirg‘iz mutaxassislarining ta'siri va saylovchilar Assosiasiyasi harakatlari tufayli SSSR Xalq deputatlari s'ezdiga yuborilgan delegatlar ichida sovet tuzumini saqlab qolish tarafdorlari qo‘shni respublikalardagiga nisbatan ko‘p emas edi. 1990 yilda esa Qirg‘iziston janubidagi o‘zbeklar va qirg‘izlar o‘rtasidagi to‘qnashuvlarni bartaraf eta olmagani va milliy-liberal va milliy-demokratik ruhdagi o‘nlab partiya va guruhlarning paydo bo‘lishi sababli kommunistik partiya o‘z mavqeini yo‘qotdi Turkmaniston — aholisi eng kam bo‘lgan Markaziy Osiyo respublikasi edi. O‘sha vaqtlarda uning boy neft-gaz konlarining (butun dunyoda aniqlangan gaz zaxiralarining uchdan bir qismi) qazilishi endi boshlangan, haydaladigan yerning 70 foizida esa paxta yetishtirilar edi. Barcha qazib olish va ishlab chiqarish federal markaz uchun xizmat qilardi, markaz esa aholining yashashi (tirik qolishi) uchungina zaxiralar berardi. Bu aholining 70 foizini tashkil etuvchi turkmanlar hamda ruslar, o‘zbeklar va boshqa millat vakillarining an'anaviy befarqligi (konformistligi) va passivligini yana chuqurlashtirardi. Faqatgina 1989 yilda Ashxabodda birinchi masjid qurildi, noroziliklar namoyon bo‘ldi. Til va madaniyatni tiklash, iqtisodiy mustaqillikka erishish uchun kurashuvchi harakatlar paydo bo‘ldi. Ammo bu yerda kompartiya rahbariyati oshkoralikni boshqarib turar, «norasmiy elementlar» rivojlanishiga to‘sqinlik qilar va islohotlarning yo‘nalishi, muddatlari hamda ko‘lamini belgilab berardi. Eng baland tog‘larda joylashgan, aholi turmush darajasi eng past, lekin tabiiy resurslarga boy respublika — Tojikistonda mustaqillikka erishish fuqarolik urushi tufayli ancha murakkablashdi. Tojiklar Tojikiston aholisining 59 foizini, o‘zbeklar — 23 foizni, ruslar — 10 foizni tashkil etishardi. Shimoliy va janubiy viloyatlar jamoalari, Tog‘li Badaxshondagi kam sonli aholi orasida va sovet hokimiyati boshqaruv organlarini qamrab olgan urug‘-aymoqchilik aloqalari voqealarga katta ta'sir ko‘rsatdi. 70-yillardan boshlab qo‘shni Afg‘oniston va Erondagi voqealar islom targ‘iboti faollashuviga olib keldi. Oshkoralik e'lon qilinishi bilan ruslashtirishga va kompartiyaning yakka hokimligiga qarshi chiqishlar boshlandi. 1989 hamda 1990 yillarda Dushanbe va boshqa joylarda o‘zbeklar, ruslar va mamlakatga kirgan qochoqlarga nisbatan noroziliklar bo‘lib turdi. Til va madaniyatning tiklanishi hamda respublikaning SSSR tarkibidagi suverenitetini talab qilgan milliy-demokratik harakat «Rastoxez» — «Uyg‘onish» mashhur bo‘ldi. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling