Markaziy osiyoda tarqalgan dinlarning xranaogiyasi markaziy osiyo dinlari Dinning ilk shakllari


Download 16.03 Kb.
bet2/5
Sana26.10.2023
Hajmi16.03 Kb.
#1725407
1   2   3   4   5
Bog'liq
Markaziy Osiyoda tarqalgan dinlarxronologiyasi

Markaziy Osiyo mintaqasining
qadimda Buyuk Ipak
yo‘lida joylashganligi buyerda
ko‘p millatli va konfessiyali
davlatning shakllanishiga sabab
bo‘ldi. Buyuk Ipak yo‘li Shosh,
Samarqand, Buxoro, Xivakabi
qadimiy shaharlar orqali o‘tgan.
Bu shaharlarda yirik karvonsaroylar,
savdo rastalari va bozorlarning rivojlanishi bilan birga turli madaniyat, til va din vakillari ham jamlandi. Tabiiyki, ular o‘z urf-odat va an’analarini ham olib kirishdi.
TARIXGA NAZAR
Buyuk Ipak yo‘li O‘rta asrlarda Sharq
va G‘arb mamlakatlarini o‘zaro bog‘lagan
qit’alar aro karvon yo‘li. «Buyuk Ipak
yo‘li» atamasi ushbu yo‘ldan tashilgan
qimmatbaho tovar – Xitoy ipagi bilan
bog‘liq. Markaziy Osiyoda qadimdan
jahon dinlari – buddaviylik, xristianlik,
Islom dinlari tarqalgan. Shuningdek,
moniylik va yahudiylik dinlari ham mavjud bo‘lgan.
Markaziy Osiyoda tarqalgan dinlarga misol:
Zardushtiylik
Buddaviylik
Islom dini
Yahudiylik dini
Xristianlik dini
1
2
3
4
5
ZARDUSHTIYLIK
Jahon miqyosida zardushtiylikning diniy manbasi Avestoni o‘rganish avestoshunoslik nomini olgan. Hozir AQSh, Rossiya, Eron, Hindiston davlatlarida yirik avestoshunoslik markazlari mavjud. Bugungi kunda eng Yirik zardushtiy jamoalari — Eron gebrlari va Hindiston parslari o‘rtasida faqatgina til,ibodatlarni o‘tkazish shakli va yil hisobi borasida ba’zi ixtiloflar mavjud. Ayni damda Hindistonda ruhiy jihatga e’tibor beruvchi qator guruhlar yuzaga kelgan.
Ma’lumot uchun
Gerblar va parslar – zardushtiylik diniga e’tiqod qilishni saqlab qolgan etnokonfessional guruhlar.
Globallashuv ta’sirida so‘nggi vaqtlarda zardushtiylikni isloh qilish, ko‘pgina marosimlarni bekor qilib, faqat «Gat»larni muqaddas kitob deb tan olish fikri olg‘a surilmoqda. Hozirda jahon miqyosida zardushtiylar Hindistonda 100 ming, Eronda 50 ming, Yevropa, Osiyo mamlakatlari hamda Amerikada bir necha ming kishini tashkil etadi.
Hindiston parslari
Eron gebrlari
Zardushtning tug’ilgan va ilk diniy faoliyatini boshlagan joy to’g’risida ikki xil fikr mavjud
Unga ko’ra Media(Eron) Zardushtning vatani va zardushtiylikning ilk tarqalgan joyi hisoblanadi.
G’arb nazariyasi
Unga ko’ra Zardusht vatani va zardushtiylikning ilk tarqalgan joyi Xorazm hisoblanadi. Ko’pchilik manbashunoslar shu nazariya tarafdorlaridan.
Sharq nazariyasi

Download 16.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling