Yahudiy xalqiga nisbatan ishlatiladigan yana bir atama yevrey so‘zi zamonaviy
adabiyotlarda «yahudiy» so‘zining aynan tarjimasi sifatida ishlatiladi.
Tarixdan ma’lumki, yahudiy qabilalari Urdun (Iordan) daryosini kechib, hozirgi Falastin hududiga kelganlar. Shuning uchun ularga ibriylar yoki ibroniylar («kechib o‘tuvchilar») nomi berilgan.
- Ammo bu ikki so‘zning etimologiyasi turlicha: yevrey qadimiy somiy tillardagi ibriy so‘zining o‘zgargan shaklidir.
- Ibriy so‘zi (arab. ‘abara-ya‘buru – «kechib o‘tmoq» fe’lidan) «kechib o‘tganlar» ma’nosini beradi.
IMON - Olamlarni yaratuvchi yagona xudo – Yahvega imon keltirish.
- Yahve so‘zi «rabb, parvardigor» ma’nosini bildiradi.
Muqaddas xalq
Messiya
- Oxirat kuniga ishonish. Yahvega chin e’tiqod qilganlar oxiratda mukofotlanadilar. Aksincha, uning qonunlarini buzganlar shafqatsiz jazo oladilar.
Oxirat
Yahudiylik ta’limoti to‘rt asosga tayanadi:
Yahudiylar yer yuzidagi xalqlarning «eng mumtozi» va u
«dunyoda berilajak in’omlarning eng haqlisi» ekanligi.
MUQADDAS YOZUVLARI
TAVROT (ТОRА - qonun)
ТALMUD (LAMEYD –o’rganish)
Xristianlar va yahudiylar Bibliya so‘zini turli tushunadilar. Yahudiylar uchun Ibriy Bibliyasi (Hebrew Bible) xristianlarning Qadimiy Ahdi (Old Testament). Yahudiylar Bibliya so‘zi ostida ko‘pincha o‘zlarining Tanaxlarini (Tanakh) tushunadilar. Musoga tegishli bo‘lgan besh kitob
«Tavrot» deb ataladi va quyidagi kitoblarga bo‘linadi: 1) «Borliq» yoki
«Ibtido»; 2) «Chiqish»; 3) «Levit»; 4) «Sonlar»; 5) «Ikkinchi qonun».
«Ibtido» mil. av. 1400 yillarda Xudoning buyrug‘iga ko‘ra, Muso
payg‘ambar tomonidan yozib olingan.
Odam Ato va Momo Havvo, Hobil va Qobil, Nuh, Lut, Ibrohim, Ishoq, Ismoil, Ya’qub, Yusuf, Fir’avn va boshqa shaxslar, To‘fon, Bobil minorasi va tillar chatishuvi, Sadom va Hamoraning xarob bo‘lishi singari eng qadimiy hodisalar ham Ibtidodan o‘rin olgan.
- Ular quyidagilardir:
- Yahvedan boshqani iloh deb bilmaslik;
- But, sanam va rasmlarga sig‘inmaslik;
- Bekordan-bekorga Xudo nomi bilan qasam ichmaslik;
- Shanba kunini hurmat qilish va uni Xudo uchun
- bag‘ishlash;
- Ota-onani hurmat qilish;
- Nohaq odam o‘ldirmaslik;
- Zino qilmaslik;
- O‘g‘rilik qilmaslik;
- Yolg‘on guvohlik bermaslik;
- Yaqinlarning narsalariga ko‘z olaytirmaslik.
Yahudiylik ta’limoti bo‘yicha Muso payg‘ambar Tur tog‘ida Yahve bilan
uchrashganda Yagona Xudo tomonidan 10 ta lavha tushirilgan. Bu nasihatlar
Tavrotning «Ikkinchi qonun» kitobidan o‘rin olgan bo‘lib, yahudiylar ularga qat’iy rioya qilishlari shart.
1. Jo’rayev U, Saidxonov I. Dunyo dinlari tarixi. O’quv qo’llanma. T.:1998.
2. X.Yo’ldoshxo’jayev, R.Raximjonov, M.Momilov va boshqalar. Dinshunoslik (darslik), T.: «Mehnat» 2004.
3. Islom ma’rifati. «Toshkent Islom Universiteti», 2005.
4. Davlat, jamiyat va din (o’quv qo’llama) T.: «Аkademiya» 2006.
Foydalanilgan adabiyotlar
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |