XXI asrning boshlarida Markaziy Osiyo mintaqasida
joylashgan mamlakatlar – Qozog‘iston, Qirg‘iziston,
Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonda o‘ziga xos
Diniy manzaraga guvoh bo‘lishimiz mumkin. Qozog‘iston Respublikasida rasman 18 konfessiya tarkibida 3600 dan ortiq diniy tashkilot mavjud.
Shuningdek, mamlakatda 246 ta noan’anaviy diniy guruhlar va yangi jamoatlar (missionerlar) ham faoliyat ko‘rsatadi. Turkmaniston Respublikasida 13 ta diniy konfessiya ro‘yxatga olingan. Mamlakatda 128 ta diniy tashkilot mavjud. Qirg‘iziston Respublikasida 30 dan ortiq diniy konfessiyalar mavjud.
Yahudiylik dini
- Yahudiylik dunyoda keng tarqalgan dinlardan biridir. Shu kunda Isroilda 4,7 mln. (aholining 80 %), AQSHda 6 mln. (40 % Nyu Yorkda), Rossiyada 1,5 mln., Gʻarbiy Yevropa davlatlaridan Fransiyada 0,6 mln., Buyuk Britaniyada 0,4 mln. va boshqa mamlakatlarda yahudiylar yashaydilar.
- Yahudiylik miloddan avvalgi 2000 yillarning oxirlarida Falastinda vujudga kelgan, yakkaxudolik g‘oyasini targ‘ib qilgan dindir.
- Yahudiylik dini eng qadimgi monoteistik dinlardan biri bo‘lishi bilan birga, jahon dinlari bo‘lmish xristianlik va islom dinlari vujudga kelishi va ta’limotining shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan din.
Yaxudiy so’zining kelib chiqishi
Abu Rayhon Beruniy o‘zining «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» kitobida yozishicha, yahudiylar bu so‘zni somiy tillaridagi hoda – «tavba qilmoq, tavba qilganlar» so‘zidan
kelib chiqqan deb da’vo qilsalar-da, aslida bu fikr noto‘g‘ri;
«yahudiy» so‘zi Banu Isroil xalqi ustidan hukmronlik qilgan
Ya’qub Payg‘ambarning o‘g‘li Yahudo nomiga nisbat berilgan.
Yahudiy xalqining yana bir nomi Banu Isroil bo‘lib, Isroil
– Ya’qub payg‘ambarning ikkinchi ismi, banu – «bolalar» ma’nosini beradi, ya’ni – «Isroil avlodlari».
- Yahudiylar falastindan Assuriya quvg‘inlari paytida– mil. avv. VIII-VI asrlarda Eronga ko‘chib kela boshlaganlar. Erondan O‘rta Osiyoga esa taxminan mil. avv. V-III asrlarida ko‘chib kelgan. Samarqand va Buxoroda yahudiylik diniga e’tiqod qiluvchi yahudiylar yashay boshlaganlar.
- Markaziy Osiyoda yashayotgan (hozirgi kunda kam qolgan) yahudiy dindorlari orasida asosan ortodoksal shakldagi iudaizm mavjud va ular shartli ravishda etnik ko‘rinishlar tartibiga muvofiq to‘rt xil : yevropalik, buxoro, gruzin, tog‘li yoki tat yahudiylariga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |