Markaziy Osiyoda Temur va temuriylar davrida
Download 80.5 Kb.
|
Markaziy-Osiyo-Temur-va-temuriylar-davrida
- Bu sahifa navigatsiya:
- XVI asrning mashxur adibi Zaynuddin Vosifiyning
- Abduraxmon Jomiy
- Ulug`bekning Samarqanddagi
- Rasadxona
1417 yilda Buxoroda,
1417—1420 yillarda Samarqandda va 1433 yilda G`ijduvonda madrasalar bino qilinadi. Xatto Buxorodagi madrasaning darvozasiga: “Bilim olish har bir musulmon ayol va erkakning burchidir” degan kalima yozib quyiladi. Movarounnaxrning bu uchta qadimiy shaxarlarida barpo etilgan ilmgoxlar, xususan Samarqand madrasasi zamonasining dorilfununi edi. Ushbu Madrasalarda iloxiyot ilmlari , xadis, tafsir, fiqx (din va shariat konun-koidalari) bilan birga riyoziyot (matematika) , xandasa (geometriya), ilmi xay`at (astronomiya), tibbiyot (meditsina), tarix, geografiya, ilmi aruz (poetika), arab tili va morfologiyasi (qofiya) kabi dunyoviy ilmlar xam o`qitilardi. Ulug`bekning Samarqanddagi madrasasi ikki qavatli, ellik xujrali bulgan. Xar bir xujra uch xona: qaznok (omborxona), yotoqxona va darsxonadan iborat bo`lgan. Tarixiy ma`lumotlarga qaraganda, madrasada yuzdan ortiq, talaba istiqomat qilgan va ta`lim olgan. Madrasada zamonasining iqtidorli olimlaridai mavlono Shamsuddin Muhammad Xavofiy yetakchi mudarris bo`lgan. Mashur olimlardan Qozizoda Rumiy, G`iyosuddin Jamshid Koshoniy hamda Mirzo Ulug`bekning o`zi va uning shogirdi Alouddin Ali Qushchilar turli fanlardan dars berganlar. XVI asrning mashxur adibi Zaynuddin Vosifiyning yozishicha, 1420 yilda Madrasa ochilgan kuni birinchi darsni Shamsuddin Muhammad Xavofiy o`qigan. Darsda olimlardan to`qson nafari qatnashgan, lekin darsning ma`nisiga Ulug`bek Mirzo bilan Qozizoda Rumiydan boshqa xech kim tushunmagan. Ayrim ma`lumotlarga qaraganda, madrasada ilmi xay`at (astronomiya) darsning Qozizoda Rumiy o`tgan. Xatto fors-tojik mumtoz adabiyotining vakillaridan biri Abduraxmon Jomiy yoshlik chog`ida Samarqandga kelib, Qozizoda Rumiydan bir necha marta astronomiya fanidai saboq, olganligi ma`lum. Madrasada kamida 15 — 16 yil taxsil ko`rib, uning dasturi bo`yicha asosiy fanlarni to`la o`zlashtirgan va imtixonli saboqlarda o`z bilimini namoyish qila olgan tolibi ilmlarga sanad — shahodatnoma yozib berilgan. Shunday shaxodatnomalardan biri Ulug`bekning Samarqanddagi madrasasida qariyb 16 yil tahsil .ko`rgan balxlik Shamsuddin Muhammad nomiga xijriy 838 (1435) yil rajab oyining o`rtalarida Qozizoda Rumiy imzosi bilan yozib berilgani ma`lum. Samarqanddagi Ulug`bek madrasasida mudarrislik qilgan olimlarning bir qismi turli fanlardan toliblarga dars berish bilan birga, matematika, geografiya va astronomiya buyicha amaliy masalalar bilan xam shug`ullanadilar. Rasadxona qurilib ishga tushirilgunga qadar osmon yoritgichlarining holatini kuzatish ishlari ma`lum darajada mana shu madrasada na Ulug`bek tomomonidan qurdirilgan Muqatta` masjidida olib borilgan edi. Download 80.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling