Markaziy Osiyoda Temur va temuriylar davrida


Download 80.5 Kb.
bet6/9
Sana27.03.2023
Hajmi80.5 Kb.
#1300535
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Markaziy-Osiyo-Temur-va-temuriylar-davrida

Rasadxonada Ulug`bek bilan birga mashxur matematik va astronomlardan zamondoshlari o`rtasida «Aflotuni zamon» faxriy nomini olgan Saloxiddin Muso ibn Muxammad Qozizoda Rumiy, G`iyosiddin Jamshid Koshoniy, «o`z davrining Ptolomeyi» nomi bilan shuxrat qozongan Alouddin Ali ibn Muxammad Ali Qushchi va ko`pgina boshqa olimlar ilmiy kuzatish va tadqiqotlar olib boradilar. Xullas, Ulug`bek Samarqandda butun bir astronomiya maktabini yaratdi.
Samarqandda Ulug`bek raxbarligida barpo etilgan bu ilmiy dargox matematika, ayniqsa astronomiya sohasida ilmiy dunyoda olamshumul ahamiyat kasb etgan natijalariga erishadi.Rasadxonada olib borilgan kuzatish va tadqiqotlar tufayli 1018 sobita (qo`g`almas) yulduzlarning o`rni va holati aniqlanib, ularning astronomik jadvali tuziladi.Markaziy Osiyo, Yaqin va O`rta Sharq mamlakatlari bo`ylab joylashgan 683 geografik punktlarni Samarqand kengligiga nisbatan koordinatalar belgilab chiqildi.
Ulug`bek maktabining erishgan eng muhim va ajoyib muvaffaqiyatlaridan biri matematika fani sohasida bo`ldi. O`sha davrda aniq fanlarning rivojlanishi va shu fan soxalariga oid ilmiy asarlarning yozilishi Ulug`bek maktabi ilmiy faoliyatining asosiy yunalishini belgilab berdi.Rasadxonada olib borilgan tadqiqotlarning natijalari asosida matematika va astronomiyaga oid bir qancha nodir asarlar yaratildi.Garchi bu asarlarning kupi bizgacha yetib kelmagan bo`lsada, saqlanib qolgan qo`lyozmalar o`sha davrda Samarqand astronomiya maktabi erishgan yutuqlardan va bu ilmgox namoyondalari jahon astronomiya fani rivojiga qo`shgan ulkan hissadan guvoxlik beradi.
XV asrda aniq fanlarning, xususan astronomiyaning eng ravnaqi va Samarqand astronomlari qozongan olamshumul muvaffaqiyatlarida, ayniqsa Ulug`bekning roli va hissasi buyukdir.
Ilm –fanga bo`lgan cheksiz hurmat zo`r qobiliyat va ilmning zaxmatli yullarni bosib o`tishi tufayligina u Samarqand astronomiya maktabining asoschisi va rahbari sifatida ulkan muvaffaqiyatlariga erishdi.O`z ustida muntazam ishlash va bilimlarini tinmay chuqurlashtirish natijasida Ulug`bek o`zining ko`pgina zamondoshlaridan o`zib ham ketdi.
Samarqand rasadxonasida olib borilgan ko`p yillik tadqiqotlarning samarasi, Sharq klassik astronomiyasining nazariy va amaliy masalalarni o`zida mujassamlantirgan va uni yangi dalil isbotlar - boyitgan shox asar Ulug`bekning «Ziji Jadidi Ko`ragoniy» («Ko`ragoniyning yangi astronomik jadvali ») nomli kitobidur. Bu asar 1437 yilda yozib tugallangan bo`lsa xam unga muallif umrining oxiriga qadar bajarilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida kuzatishlar va qo`shimchalar kiritib boradi.

Download 80.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling