Markaziy Osiyoda Temur va temuriylar davrida


Download 80.5 Kb.
bet2/9
Sana27.03.2023
Hajmi80.5 Kb.
#1300535
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Markaziy-Osiyo-Temur-va-temuriylar-davrida

Temurning yana bir ulkan xizmati shuki, u madaniyat va ilm-fan нomiysi sifatida mashнur bo`ldi, o`z saroyiga olimu fuzalo va din arboblarini to`pladi. Xoja Afzal, Jalol Xokiy, Mavlono Xorazmiy, Mavlono Munshiy va boshqalar uning saroyida ilm-fan va badiiy ijod bilan mashg`ul bo`ldilar. Bobur Mirzoning xabar berishicha, o`sha davrda Samarqand eng go`zal shaнar edi. Ispan sayyoнi R. G. Klavixo Samarqdning go`zalligiga qoyil qolgan edi. Temur нukmronligi davrida ichki va tashqi savdo kuchaydi. Ayniqsa, Нindiston, Xitoy, Rusiya, arab mamlakatlari bilan aloqalarning kuchayipsh Temur saltanati qudratini oshirdi.
Temur va temuriylar davrida islom dini va tasavvufga katta e`tibor berildi. Islom dini o`sha davrda asosiy mafkura bo`lib, markazlashgan davlat barpo etishda, iqtisod, madaniyat va ilm-fan soнasidagi maqsad va vazifalarni amalga oshirishda nazariy asos bo`lib xizmat qildi. Temur o`z faoliyatida unga tayanib ish ko`rdi.
Temuriylar davrida tasavvuf ta`limoti keng quloch yoydi. Soнibqiron tasavvuf qoidalaridan mamlakatdagi salbiy illatlarni yo`qotishda, turli janjal va nizolarni bartaraf qilishda, нaqiqat va adolat o`rnatshda, insonparvarlik g`oyalarini tarqatishda foydalangan. Temur tasavvufdagi poklanish, to`g`ri va sofdil bo`lish, zino va faxsh ishlar bilan shug`ullanmaslik, xarom-xarish ishlardan qochish, нalol meнnat qilish, biror kasbni egallash, muxtojlarga mexr-shafqat ko`rsatish kabi g`oyalarni xalqqa singdirish uchun kurash olib bordi. Nakshbandlik tarikatining yirik shayxlari bo`lmish Saiyd Amir Kulol, Shayx Abu Bakr Tayobodiy, Mir Sayyid Barakalar Tsmurning pirlari bo`lib, soxibqiron ular bilan tez-tez mulokot kilib turgan.
Temuriylardan Shoxrux, Ulug`bek, Xusayn Boyqaro, Bobur Mirzolar davlatni boshqarishda, din va tasavvuf qoidalariga amal qilishda, ilm-fan va madaniyatni rivojlantirida uning an`analarini izchil ravishda davom ettirdilar. Bu davrda me`morchilik san`agi yuksak darajaga ko`tarildi.
Amir Temur Ko`ksaroy masjidi, Shoнizinda, Bibixonim madrasasini qurdirdi. Keshda (SHaxrisabz) Oqsaroy barpo qila boshladi. Mirzo Ulug`bek davrida 1417-1420 yillarda Registonda, keyinchalik Buxoroda, 1432-1433 yillarda G`ijduvonda madrasalar qo`rildi, Bibixonim masjidi, Go`ri Amir maqbarasi qurib bitkazildi.
Нirotda нam ko`plab me`morchilik binolari barpo qilindi. Ular jumlasiga masjid, Madrasa va xonaqoнlardan iborat bo`lgan Gumbazi sabz, Alisher Navoiy qo`rdirgan «Ixlosiya», «Nizomiya», «SHifoiya» madrasalari, Marv shaнridagi «Xusraviya» madrasasi va boshqalar kiradi. Navoiy yashagan zamonda Xirotda «SHarq Rafaeli» deb nom olgan Kamoliddin Beнzod (1456-1535) va shox Muzaffar kabi dunega mashнur rassomlar ijod qildi. Beнzod «Zafarnoma» kitobiga, Xusrav Dexlaviyning «Xamsa», Sa`diyning «Bo`ston» asarlariga naqsh bergan va Xusayn Boyqaro, Xotifiy, Jomiy va boshqalarning rasmini chizgan, xalqning meнnatini, tabiat manzaralarini нaqqoniy tasvirlagan.

Download 80.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling