Маркетинг асослари
Potensial tashqi qulay tomonlar (O)
Download 1.66 Mb.
|
portal.guldu.uz-MARKETING ASOSLARI
Kompaniyaning strategik istiqboli uchun kuchli jihatlar ayniqsa muximdir, chunki ular strategik poydevorini tashkil qiladi, raqobatli ustunliklar ana shu jixatlar asosiga qurilishi lozim. Ayni paytda yaxshi strategiya zaif jixatlarni ko’rib chiqishni ham talab qiladi. Tashkiliy strategiya bajarish mukin bo’lgan ishlarga yaxshi moslashgan bo’lishi lozim. Kompaniyaning o’ziga mos jihatlarini aniqlash alohida ahamiyat kasb etadi. Bu esa strategiyani shakllantirish uchun muximdir, chunki: - noyob imkoniyatlar firmaga bozordagi qulay vaziyatlardan foydalanish imkoniyatini beradi; - bozorda raqobatli ustunliklarni vujudga keltiradi; - potensial jihatdan strategiyaning asosini tashkil etishi; Tarmoqdagi qulay imkoniyatlarni Kompaniyaning qulay imkoniyatlaridan farqlash kerak. Tarmoqdagi ustuvor va qayta paydo bo’layotgan qulay imkoniyatlar raqobatli ustunliklarga ega bo’lgan yoki usish uchun boshqa imkoniyatlari bo’lgan kompaniyalar uchun ayniqsa mos keladi. SWOT - tahlil quyidagi savollarga javob topishga yordam beradi: -kompaniya o’z strategiyasida o’zining ichki kuchli tomonlaridan yoki ustunliklaridan foydalanadimi? Agar Kompaniyaning xech qanday ajralib turuvchi ustunliklari bo’lmasa, uning qanday potensial kuchli jihatlari ana shu ustunliklarga aylanishi mumkin? -kompaniyanint zaif jixatlari uning raqobatdagi eng nozik tomonlarimi? Ular ma’lum bir qulay jihatlardan foydalanishga imkon bermaydimi? Strategik jihatdan kelib chiqqan xolda kaysi zaif jixatlarga tuzatish kerak? -qanday qulay sharoitlar kompaniyaga muvaffaqqiyat qozonishga imkoniyat yaratadi? Shuni qayd qilib o’tish lozimki, foydalanish usullari bo’lmagan qulay imkoniyatlar sarobdan boshqa narsa emas. Firmaning kuchli va zaif tomonlari uning boshqa firmalarga qaraganda qulay imkoniyatlardan foydalanishga yordam beradi; -menejerni qaysi taxdidlar ko’proq tashvishlantirishi kerak? U himoyani yaxshi tashkil qilish uchun qaysi strategik chora-tadbirlarni amalga oshirishi lozim? Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling