Маркетинг асослари


Qadoqlash bilan bog’liq ba’zi muammolar haqida to’xtalib o’tish zarur


Download 1.66 Mb.
bet22/73
Sana19.06.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1612962
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   73
Bog'liq
portal.guldu.uz-MARKETING ASOSLARI

Qadoqlash bilan bog’liq ba’zi muammolar haqida to’xtalib o’tish zarur:
1. Kamyob resurslardan foydalanish, qog’oz etishmasligi, idishlar ishlab chiqarish uchun xom ashyo tanqisligi ishlab chiqaruvchining oldiga tejamkorlik muammosini qo’yadi..
Bir marta foydalaniladigan idish - xom ashyo va energiya resurslarini noishlab chiqarish maqsadlarida sarflashdir.
2. AQShda chiqindilarning 40% foizga yaqin qismi tashlab yuborilgan qadoqlarga to’g’ri keladi. Qadoqlarning katta qismi oxir‑oqibat ko’chalarda yotgan idishlar va pachoqlangan bankalardan iborat axlatga aylanadi
Tashlab yuborilgan o’ramalar ko’chalarni tozalash va axlat tashish muammosini keltirib chiqaradi, uni hal qilish esa ulkan mehnat va energiya sarflarini talab qiladi.
Har bir sektor bozorga bosim ko’rsatadi.

3.4. “Marketing aralashmasi” yoki

“Marketing-miks” konsepsiyasi


Marketing aralashmasi” - marketing dasturi (aralashmasi) doirasida mavjud bozor kuchlarini hisobga olgan holda har qachon korxonaning o’z maqsadlariga eng yaxshi tarzda erishishiga imkon beruvchi hatti‑harakatlarning taqsimoti, elementlarning kombinatsiyasi va aloqasidir (16‑rasmga qarang).



16‑rasm. Aralash marketingning strategik uyg’unlashuvi
shart‑sharoitlari va aloqalari

Boshqacha qilib aytganda, “Marketing-miks”-marketing elementlarining: tovar, narxlar, taqsimot, kommunikatsiyalar, servis va hokazolarning (optimal kombinatsiyasi) qorishmasidir (kokteyl) (1‑jadvalga qarang).


1-jadval.
Marketing-miks” tuzish namunasi



Ulgurji savdo bilan shug’ullanadigan korxona ikki xil navdagi soqol olishdan
so’ng ishlatiladigan odekolon uchun quyidagicha “marketing-miks” tuzadi:

Marketing
faolligi

marketing-miks ob’ekti:

“Standart” odekoloni, segment - 30 yoshgacha bo’lgan erkaklar

“Prestij” odekoloni, segment - 30 yoshdan katta erkaklar

Savdoni rejalashtirish

har oyda 320 dona

har oyda 180 dona

Savdoni tashkil qilish

xususiy do’konlarga bevosita etkazib berish

xususiy do’konlarga bevosita va qo’shimcha ravishda vositachilar orqali etkazib berish

Savdo yo’llari

bevosita iste’molchilarga

bevosita va bilvosita vositachilar orqali

Vositachilar

yo’q

vositachilar, savdo vakillari

Tovarning xarakteristikalari

o’tkir, kuchli hidli, rangsiz

yumshoq hidli, uzoq saqlanuvchan, rangi to’qroq

Jo’natish qutilari bilrligi

qutida 50 ta idish

qutida 50 ta idish

Bezak, o’rama va tarkibi

oddiy qutidagi 50 sm3 va 100 sm3 lik kvadrat idishlar

25 sm3 va 50 sm3 lik yorqin bezatilgan, yumalok idishlar

Narx siyosati

o’rtacha narx

yuqori narx

Konditsiyalar

Rag’batga emas

Rag’bat va yillik mukofot

Assortiment siyosati (vaziyati)

boshqa ishlab chiqaruvchilarning o’rtacha sifatli 5 odekoloni

boshqa ishlab chiqaruvchilarning yuqori sifatli 2 odekoloni

Mijozlar tanlovi

savdo sohasidagi barcha xususiy do’kon egalari

Oylik oboroti 500 ming so’m bo’lgan xususiy do’kon egalari

Sotuv usullari

Bukletlar, kataloglar, afishalar

tovarni vitrinalarda sinflar bo’yicha joylashtirish

Reklama va Public Relations

ommaviy axborot vositalarida reklama yo’q

gazetalar, radio va TV da reklama

Kokteylning hamma tarkibiy elementlari uyg’un tarzda tanlangan bo’lsa, u iste’mol uchun yoqimlidir. Bu kokteyl (marketing-miks) bugun yaxshi bo’lsa, ertaga ta’blar o’zgarib qolishi mumkiniligini tushunish lozim. Shunday ekan, yangi marketing elementlarining bizni bozorga olib boruvchi yangi kombinatsiyasini aniqlash uchun doimiy izlanishda bo’lish kerak. “Marketing-miks” - 4 omildan iborat (4R): tovar, narx, o’tkazish, bozor.


Korxonaning tijoriy muvaffaqiyati mana shularga bog’liq.
Tovar - tadbirkor o’z firmasi tomonidan taklif qilinayotgan tovarlar haqidagi barcha tafsilotlarni bilishi va ularning raqobatchilarga nisbatan ustunliklari va afzalliklariga ishonchi komil bo’lishi kerak.
Narx - raqobatchilar ishlab chiqarayotgan tovarlarning narxlarini hisobga olish.
O’tkazish - o’z mijozlarining hamda potensial mijozlarning ehtiyoj va odatlarini o’rgana borib tovarni xaridorga yaqinlashtirish.
Bularning hammasi uni geografik va tovar jihatdan xarakterlovchi bozorda amalga oshiriladi. Marketingni tizim sifatida istalgan elementdan boshlab o’rganish mumkin.



Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling