Маркетинг асослари
Asosiy adabiyotlar ro`yxati
Download 1.66 Mb.
|
portal.guldu.uz-MARKETING ASOSLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-bob. KOMPANIYANING VAZIYATLI TAHLILI 4.1. Qo’llanilayotgan strategiyani baholash
Asosiy adabiyotlar ro`yxati
Багиев Г.Л. и др. Маркетинг. -М.: Питер, 2005. Аакер Д. И др. Маркетинговые исследования. -СПб.: Питер, 2004. Косимова М.С., Эргашходжаева Ш.Ж, Маркетинг. -Т.: ТДИУ, 2004. www.finansу.ru/publ/mark/ 4-bob. KOMPANIYANING VAZIYATLI TAHLILI 4.1. Qo’llanilayotgan strategiyani baholash Soxaviy va raqobatli tahlil kompaniyaning tashqi muhitiga ta’lluqli edi. Vaziyat tahlilining maqsadi - muayyan kompaniya uchun ana shunday muhitdagi strategiya vaziyatiga baho berishdir. U quyidagi savollarga javob berishi kerak: -xozirda foydalanilayotgan strategiya qanchalik yaxshi ishlamoqda? -kompaniyaning kuchli va zaif tomonlari, qulay imkoniyatlari va unga tahdid soluvchi omillar nimadan iborat? -kompaniya qiymat bo’yicha raqobatlasha oladimi? -kompaniyaning raqobatli mavkelari qanchalik kuchli? -kompaniyaning obro’yini strategik xatti-xarakatlar tashkil qiladi. Bir biznes bilan shug’ullanadigan kompaniya strategiyasining tarkibi 4-chizmada ko’rsatilgan. Avvalo, kompaniya qanday strategiyaga amal qilayotganligini tushunib olish lozim: -arzon narh vositasi bilan peshqadamlik qilish; -raqobatchilardan farq qilib turish; -iste’molchilarning tor guruhlariga yoki marketing bo’shliqlariga ixtisoslashish; Tarmoqdagi raqobatli vaziyatning yana bir tavsifi vertikal integratsiyalanish darajasi va bozorning geografik ko’lamidir. Bu erda ishlab chiqarish, marketing, moliya, ishchi kuchidan, foydalanish soxalaridagi yordamchi strategiyalarni tahlil qilish lozim. Bunga qo’shimcha ravishda kompaniyaning firma strategiyasiga integratsiyalanadigan va ayrim raqobatli ustunliklarini ta’minlash yoki raqobatli mavkeni yaxshilashga imkon beradigan so’ngi amaliyotni tahlil qilib chiqish kerak. Strategik faoliyatning eng aniq ko’rsatkichlari quyidagilardan iborat: -firma nazorat ostiga olgan bozor ulushining kattalashishi yoki kichrayishi; -firma oladigan daromad xajmining o’sish yoki o’smayotganligi xamda bu daromadning raqobatchilarga nisbatan qay darajada ekanligi; -firmada sof foyda tendensiyalari hamda investitsiyalarning qaytish tezligi kanday; -firmada savdo xajmining bozordagi umumiy o’sishiga nisbatan tez yoki sekin o’sayotganligi va x.k. Tabiiyki, eng yaxshi strategiya xech kanday radikal o’zgarishlarni talab qilmaydigan strategiyadir. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling