Маркетинг асослари


Tovar siyosati: tovarning hayotiylik davri, assortimenti, qadoqlash, tovar belgisi, yangi tovar ishlab chiqarish


Download 1.66 Mb.
bet32/73
Sana19.06.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1612962
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   73
Bog'liq
portal.guldu.uz-MARKETING ASOSLARI

5.1. Tovar siyosati: tovarning hayotiylik davri, assortimenti, qadoqlash, tovar belgisi, yangi tovar ishlab chiqarish


Tovarning ham jamiyat va bozor taraqqiyoti bilan begilanadigan o’z hayotiylik davri bor. Tovarning paydo bo’lishini, uning rivojlanishi, bozorda ko’payishi va yo’qolib ketishini har kuni ko’rish mumkin. Bozorda halok bo’lishni istamagan korxona hayotiyligi turli fazalari bo’ylab strategik joylashtirilgan mahsulotga ega bo’lishi kerak.





17‑rasm. Tovarning hayotiylik davri.


6 fazani ajratish mumkin: o’rganish, ishlab chiqarish, kengaytirish, kamolot, to’yinish va kamayish (17‑rasmga qarang).
1. Tovarni o’rganish: mahsulot yaratish g’oyasi tahlil qilinadigan va amalga oshiriladigan davr, bu eng qimmatbaho fazadir va unga sarflangan mablag’larning bekor ketmasligi kafolatlanmagan, chunki bozor bo’lg’usi tovarni qabul qilmasligi ham mumkin. Shuning uchun avval to’liq marketing tadqiqotini o’tkazish lozim.
2. Tovarni ishlab chiqarish: tovarning bozorga kirib kelish payti. Xarajatlar miqdori hali katta, taqsimot va o’tkazish sektorlariga esa mablag’ sarflash zarur.
3. Mahsulotni kengaytirish: mahsulot harakati kengayib, tezlashadi. Bozor tovar bilan tanisha boshlaydi va savdo hajmi kommunikatsiya yordamida ortib boradi. Bu erda endi raqobatning o’sishi va aynan narx pressingi kuzatiladi.
4. Tovarning etukligi: nihoyat, tovar bozorga joylashtirildi, o’sdi, qandaydir o’rin egalladi va doimiy daromad berish darajasiga etdi. Ammo bu erda asta‑sekin savdo hajmining kamayishi, tovarning texnik jihatdan eskirishi boshlanadi. Agar korxona yoki firma o’z vaqtida uning o’rniga yangi hayot siklini boshlovchi boshqa bir tovarni ishlab chiqarishni ko’zda tutgan bo’lsa, bu holatni chetlab o’tish mumkin.
5. Tovar bilan to’yinish: savdo barqaror bo’lsa‑da, savdo hajmi keskin kamaya boshlaydi. Bu paytda talabni jonlantirish uchun yana kommunikatsiya va ilgari surish vositalari ishga solinadi, ammo bozor bunga unchalik katta ahamiyat bermaydi. Bu fazani rivojlantirish uchun assortimentni o’zgartirish, bozorning boshqa segmentlariga kirish va hokazolar zarur bo’ladi.
6. Tovar savdosining kamayishi: savdo muttasil kamayib boradi, buning sabablari ko’p (texnologiyaning eskiligi, raqobat, moda va boshqalar). Tovar o’zining daromad darajasini yo’qotib borib, o’tmas tovarga aylanadi. Agar unga muqobil tovar bo’lmasa, savdo hajmi kamayishini barcha vositalar bilan to’xtatishga harakat qilish lozim.
Assortiment bir‑birini to’ldiruvchi tovarlarning katta miqdori kiritilishi hisobiga tanlab olingan segmentlarning xususiyatlariga moslashib olishga imkon beradi.
Demak, assortiment bozorga kirib borishni osonlashtiradi.
Assortiment haqida so’z borganda tovarlar fe’l‑atvori turiga qarab taqsimlanishi mumkinligini ham ta’kidlab o’tish kerak.

  1. Etakchi tovar: Firmaning nomi bilan nomlangan bo’ladi (qisman), (etakchi) muvaffaqiyatni ta’minlaydi, iste’molchilari ko’p, barqaror daromad keltiradi.


  2. Download 1.66 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling