21‑rasm. Maqsadlar taqsimotining ko’rinishi.
(soddalashtirilgan varianti).
Aytib o’tilganlardan tashqari, korxonaning maqsadlari miqdoriy va sifat jihatdan ham aks ettirilishi lozim (22‑rasmga qarang).
Firmaning maqsadlarni belgilashda quyidagilarga rioya qilish zarur:
maqsadning realligi;
maqsadga me’yordagi kuch va mablag’lar sarflash yordamida erishish;
maqsadlar bir nechta bo’lgan holda ularning izchilligi;
maqsadni to’liq qamrab olish;
xodimlarga topshirilgan vazifalarning bajarilishi;
aniqlik, tekshiruv, tushunarlilik.
22‑rasm. Korxonaning miqdoriy va sifat maqsadlari.
Korxonaning maqsadlari aniqlangandan so’ng bu maqsadlarni rejalashtirishga kirishiladi:
bunda korxonaning o’zidagi maqsadlar alohida rejalashtiriladi.
Muhim sohalar:
korxonaning bosh maqsadi (kim uchun ishlab chiqaramiz);
daromad manbalari (masalan, yangi tovarlar);
eski tovarlarni yo’qotish;
assortimentni kengaytirish;
yangi bozorlarni o’zlashtirish;
korxona imidji;
sifat va xizmat ko’rsatishni yaxshilash;
strategik maqsadlar;
narxlar sohasi;
mahsulotlar sohasi (savdo hajmini oshirish);
kommunikatsiya.
Korxonaning maqsadi aniq belgilangan bo’lsa, butun marketing tadbirlari tizimini rejalashtirish va rejalashtirilgan natijalarga erishish uchun zarur bo’lgan xarajatlar hajmini belgilash mumkin. Shu sababdan, natijalarni aniq nazorat qila olish maqsadida firmaning marketing maqsadlarini raqamli ko’rinishda aniqlashga harakat qilinadi.
Xo’jalik faoliyatini korxonalarning 3-5 yillik rejalashtirish uchun xo’jalik yuritayotgan korxonalar uchun ham, endi tashkil qilinayotgan korxonalar uchun ham ishlab chiqiladigan biznes‑rejadan foydalaniladi (23‑rasmga qarang). Ko’pchilik negadir, xato ravishda, biznes‑reja faqat investitsiya (kreditlar) olish uchungina ishlab chiqiladi deb hisoblaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |