Маркетинг асослари


Nazorat va muhokama uchun savollar


Download 1.66 Mb.
bet37/73
Sana19.06.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1612962
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   73
Bog'liq
portal.guldu.uz-MARKETING ASOSLARI

Nazorat va muhokama uchun savollar:

  1. Stratеgiya va taktika dеganda nimani tushunasiz?

  2. Stratеgik rеjalashtirishda korxona dasturining maqsadi nimadan ibora?

  3. Tovarning raqobatbardoshligi, dеganda nimani tushunasiz?

  4. Narx ta'sir etuvchi omillar nimalardan iborat?

  5. “Qaymog`ini suzib olish” stratеgiyasi tushuntirib bеring?

  6. Lizing va faktoring dеganda nimani tushunasiz?

  7. Lizing to`lovlarini hisoblash usuli qanada malga oshiriladi?

  8. Lizing kamchiliklarini ko`rsatib o`ting?



Asosiy adabiyotlar



  1. Макдоналд М. Планы маркетинга. Как их составлят и использовать -М.: Технологии, 2004.

  2. Qosimova M.S, Ergashhodjaeva Sh.J, Abduhalilova L., Muhiddinova U., Yuldashev M. Strategik marketing. –T.: O’qituvchi, 2004.

  3. Фатхутдинов Р. А. Стратегический маркетинг. Учеб. для вузов. Изд. 3-е. - СПб.: Питер, 2003.

  4. Голубков Е. П. Маркетинговые исследования: теория, методология и практика: Учеб. Изд. 3-е., перераб. и доп. -М.: Финпресс, 2003.

  5. www.marketologi.ru/docs/teaching.html

  6. www.marketologi.ru/lib/50books/50books1.html



6-bob. MARKETINGNI REJALAShTIRISh

6.1. Korxona maqsadlarini rejalashtirish qanday amalga oshiriladi?


Bozorda faoliyat ko’rsatayotgan yoki ko’rsatmoqchi bo’layotgan korxonaning maqsadlarini belgilamay turib, marketingni rejalashtirish haqida gapirmasa ham bo’ladi.


Har qanday korxonaning maqsad va vazifalari marketing rejalari bilan mos kelishi va unga muvofiq bo’lishi lozim. Darhaqiqat, korxona g’aroyib xususiyatlarga ega bo’lgan nodir bir tovar ishlab chiqarishi mumkin, ammo marketing rejasini ishlab chiqmay, bankrot bo’lib qolishi ham mumkin. Shu sababdan bu ikkiyoqlama vazifa mutaxassislarning tinimsiz e’tibori ostida bo’lishi kerak. Afsuski, ko’pgina nashrlarda bu muammoga engilgina to’xtalib o’tib ketiladi, ba’zan esa hatto uni chetlab o’tib ketishadi. Faqat bozorni, uning har bir jihatini, qiyinchiliklarini, murakkabliklarini, notekisligini o’rganib chiqibgina korxonaning maqsadlarini aniq va ravshan belgilab olish mumkin. Maqsadni aniq belgilamasdan turib, oqilona rejalashtirish va boshqarish mumkin emas.
Korxonaning maqsadlari moddiy va nomoddiy xarakterga ega. Asosiy maqsad keyinchalik aniqlashtiriladi va korxonaning bo’linmalari bo’ylab taqsimlab chiqiladigan mahalliy maqsadlarga bo’lib chiqiladi (21‑rasmga qarang). Shubhasizki, xodimlarning har biri korxona maqsadlarini bilsa, b ularga ijobiy ruhiy ta’sir ko’rsatadi, ular o’zlarini korxonaning oddiy “vintchalari” emas, balki zaruriy qismi deb biladilar, asosiy maqsadga erishish ularga ham bog’liq ekanligi his qiladilar.




Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling