Маркетинг асослари
Download 1.66 Mb.
|
portal.guldu.uz-MARKETING ASOSLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qisqa xulosalar
Lizingning kamchiliklari:
Muddat so’nggida sotib olingan jihozlarni sotish qiyin. Ijara shartnomasini tayyorlash ko’p vaqtni oladi. Faktoring nima? Faktoringning asosiy tamoyili quyidagicha: firma o’z mijozlaridan ularning boshqa mijozlarga nisbatan to’lov talabnomalarini to’lovning hammasini yoki 70% dan 90% gacha bo’lgan qismini avans tariqasida to’lab sotib oladi, mijoz to’lovning qolgan 10% dan 30% gacha bo’lgan qismini boshqa mijozdan to’lov kelib tushgandan so’ng oladi. Faktoringning ustunligi mablag’lar aylanuvchanligining ortishidadir. Qisqa xulosalarTadbirkorlik tajribasi shuni ko`rsatadiki, agar firma muvaffaqiyatga erishishni hohlasa, uning stratеgik va taktik faoliyat maqsadlari biznеs falsafasi kabi markеting qonunlarining amalda ro`yobga chiqishidan iborat bo`lishi zarur. Firmaning tashqi va ichki muhitdagi faoliyatini muvofiqlashtirish stratеgiyalari quyidagicha bo`lishi mumkin: 1. Ish faolligini oshirish - yangi bozorlarga kirib borish, eski bozorlarga yangi tovarlarni kiritish. 2. Ish faolligini pasaytirish - mazkur bozorlarda rеjalashtirilgan daromadni kеltirmay qo`ygan tovarlarni sotishni to`xtatish, zarar kеltirayotgan tovarlarni ishlab chiqarishni tugallash, faoliyatni boshqa bozorlarga yo`naltirish maqsadida bir bozordan kеtish va hokazo; 3. Hamkorlik - o`z savdo tarmog`iga ega bo`lgan qo`shma korxonalar tashkil qilish va shu kabilar. Markеtingning qisqa muddatli, taktik mazmuni eng yaxshi dеb tanlab olingan bozorlarda firma tovarlarining maksimal darajada xilma‑xilligini ta'minlashdan iboratdir. Tovarning ham jamiyat va bozor taraqqiyoti bilan bеgilanadigan o`z hayotiylik davri bor. Tovarning paydo bo`lishini, uning rivojlanishi, bozorda ko`payishi va yo`qolib kеtishini har kuni ko`rish mumkin. Bozorda halok bo`lishni istamagan korxona hayotiyligi turli fazalari bo`ylab stratеgik joylashtirilgan mahsulotga ega bo`lishi kеrak. Narxlar xaridorlar va sotuvchilar tomonidan savdolashuv davomida bеlgilanadi, tarixan shunday bo`lib qolgan. Bugunga kеlib esa, yagona narxlar bеlgilanadigan, buning ustiga turli shakldagi bozorlarda turlicha narxlar qo`yiladigan bo`lib qoldi. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling