Marketing tadqiqotlari uslublari va turlari Reja: Marketing tushunchasi va uning mohiyati Marketingning asosiy tamoyillari


Download 26.77 Kb.
bet4/5
Sana22.02.2023
Hajmi26.77 Kb.
#1221349
1   2   3   4   5
Bog'liq
4-mavzu

Konversion marketing - salbiy talabni bosib o’tishga yordam beradi, ya’ni yo’q joyda talabni vujudga keltiradi, bunga ishontirish va tovar to’g’risidagi yolg’on ma’lumotlarni inkor etish orqali erishiladi. Masalan, urushdan keyingi yillarda sotuvda, sanoatda ishlab chiqilgan mayonez paydo bo’ldi. Xaridorlar buni tezda qabul qilmadilar. Faqatgina reklama vositasi bilangina mahsulotga talab vujudga keltirildi va taklif muvozanatlashtirildi.
Rag’batlantiruvchi marketing - talabni uyg’otadi, tovarlar xaridorni qiziqtirmasa va bugungi kunda o’z qiymatini yo’qotgan bo’lsa, tovarlar noto’g’ri joylashtirilgan bo’lsa va boshqa bir necha hollarda talab mavjud bo’lmasligi mumkin. Bunday sharoitda rag’batlantiruvchi marketingning maqsadi iste’molchi bilan tovar o’rtasida foydali o’zaro aloqa o’rnatishdan, imkoniyatlarni yaratishdan va shunday qilib, talabni yaratishdan iboratdir.
Potentsial talab mavjud, uni real talabga aylantirish kerak. Bu sharoitda Rivojlanuvchi marketing turidan foydalaniladi. Potentsial talabni real talabga aylantirish uchun birinchi navbatda yangi tovarlar yaratish ustida ishlash kerak, ya’ni talabni yangi sifat darajasida qondirishga erishish kerak. Rivojlanuvchi marketing - yashirin talabni qamrab oluvchi va uni real talabga aylantiruvchidir.
Talabning pasayishi turli davrlarda har qanday tovar duch keladigan hodisa. Bu holatda Remarketingdan foydalaniladi. Remarketingning maqsadi talabni tiklash zarurligini bildiradi, ya’ni tushib borayotgan talabni jonlantirishdir.
Talab o’zgarib turadi, talabni stabillash kerak. Bu holatda Sinxromarketing turidan foydalaniladi. Sinxromarketing - tebranib turuvchi talabni nisbatan barqarorlashtirishga va uni tartibga solishga yordam beradi. Bunday talab mavsumiy va boshqa tebranishlar bilan xarakterlanadi. Buning natijasida tovar taklifi talabga to’g’ri kelmaydi. SHuning uchun sinxromarketingning strategiyasi talab va taklif me’yorini tekislashdan iborat.
Talab firmaning imkoniyatlariga aniq javob beradi, talabning bir tyokisda bo’lishiga erishish kerak. Bu sharoitda Qo’llab-quvvatlovchi marketing turidan foydalaniladi. Qo’llab-quvvatlovchi marketing - tovarlar va xizmatlar assortimentini to’ldirish, yangilash va narxlarni pasaytirish orqali mavjud bo’lgan talab va ehtiyoj darajasini saqlab qolishga imkon beradi.
Talab haddan tashqari yuqori, talabni pasaytirishga erishish lozim. Bu holatda Demarketing turidan foydalaniladi. Demarketing maqsadi narxni ko’tarish, servisni qisqartirish yo’li bilan talabni vaqtinchalik yoki surunkasiga pasaytirishdan iborat.
Nosog’lom talab sog’liq uchun zararli bo’lgan tovarlarga nisbatan paydo bo’ladi. Bunda Qarama qarshi harakatlanuvchi marketing noratsional ehtiyojlarni qondiruvchi talab va xizmatlarga bo’lgan talabni kamaytirish yoki butunlay yo’q qilishga xizmat qiladi. Bunga antireklama vositasida erishiladi.
Bozor sharoitida korxonalar, xaridorlarning talablari asosida o‘z mahsulot turlari va xizmatlarini tashkil etishlari, mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirishlari, mahsulotning «hayotiy jarayoni»ga asoslanib, korxonaning faoliyat yo‘nalishini aniqlashlari, o‘z firma uslublarini ishlab chiqishlari shart va hokazo. Bunday vazifalarni so‘nggi vaqtlarda qiziqishlarga sabab bo‘layotgan marketing tadqiqotlari majlisini o‘tkazmasdan hal etib bo‘lmaydi.
O‘zbekistondagi korxona va firmalar ham marketing tadqiqotlari o‘tkazishmoqda. Respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan yirik qo‘shma korxonalar marketing tadqiqotlarni bosh mahkama rahbarligida, boshqa korxonalar esa mustaqil ravishda shunday tadqiqotlar o‘tkazadilar. Marketing tadqiqotlari quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi: marketing masalalarini hal etishga to‘siq bo‘layotgan noaniqliklarni kamaytirish maqsadida ma’lumotlarni to‘plash, ularga ishlov berish. Tadqiqot obyektlari sifatida bozor, raqobatchilar, xaridorlar, baho korxonaning ichki quvvatiga xizmat qiladi. Marketing tadqiqotlarini, iste’molchi, xaridor va jamoatchilikning marketing bilan kerakli mashg‘ulotlari, marketing imkoniyatlari va muammolarini aniqlashga va ajratib olishga, harakatlarni baholash, takomillashtirish va ishlab chiqarish, marketing faoliyati natijalarini kuzatish, shuningdek, marketingni boshqarish jarayonini yaxshiroq tushunishga xizmat qiladi.
Tadqiqotlarning asosiy faoliyati favqulodda va umumiy o‘rganishdan boshlanib, sotib oluvchi va xaridor talabini qondirish darajasini aniqlash bilan tugatiladi.
Marketing tadqiqotlar bu firma faoliyati bilan bog‘liq ma’ruzalar majmuyini doimiy aniqlash, ularni to‘plash, tahlil qilish va natijalar bo‘yicha hisobot tayyorlashdir (1-rasm).
Shuningdek, marketing tadqiqotlari uzoq davom etuvchi jarayon hamdir, shunday bo‘lsa-da, ularni kichik firma va savdo-sotiq bilan shug‘ullanmaydigan korxonalar ham olib borishadi, vaholanki, ular nazariy jihatdan yirik kompaniyalar ekspertlari tomonidan qo‘llaniladigan murakkab tadqiqot usullariga qaraganda kamroq, arzon va sodda usullardan foydalanishni afzal ko‘radilar. Yirik firma marketing tadqiqotlarini o‘z kuchi bilan olib boradi. Kichik firma bu maqsad uchun ixtisoslashgan firmani yollashi mumkin. Korxonaning marketing faoliyatini tayyorlash va amalga oshirishda foydalaniladigan ishlanmalar marketing tadqiqotlarining aniq natijalari bo‘lib hisoblanadi.
Marketing uslubiy asoslari tahlili axborotli usullardan, shuningdek o‘zaro bog‘liq turli sohadagi bilimlardan foydalanishdan iboratdir. Marketing tadqiqotlari umumiy tarzda qilingan bozor raqobatlari qoidalariga, shuningdek, me’yorga muvofiq, umumiy tarzda qilingan bozor raqobatlari qoidalariga, shuningdek, me’yorga muvofiq, umumiy ilmiy usullarga asoslangan holda olib borilishi zarur.
Ilmiy, tahlil - axborot usullaridan keng foydalangan tadqiqotchilar bozorni, shuningdek korxonaning ichki quvvatini o‘rganadilar. Mahalliy vosita va dala tadqiqotlari, shuningdek, turli manbalardan olingan ma’lumotlar to‘plami marketing tadqiqotlari uchun asos bo‘lib hizmat qiladi. Har qanday marketing tadqiqotining muvaffaqiyati pirovardida unga nisbatan jamiyatda paydo bo‘lgan ishonchga bog‘liq ekan, tadqiqot natijasida olingan ma’lumotlar ishlab chiqaruvchilar, ta’minotchi, vositachi, keng iste’molchilar ommasining talabi, qarashlari, tabiati haqidagi ma’lumotlar bilan ta’minlashga xizmat qiladi.
Marketing tadqiqotlari qoidalari va usullariga suyangan holda tadqiqotchilarga muayyan talablarni qo‘yadi. Tadqiqotchi belgilangan dalillar sharhiga ta’sir ko‘rsatmaslik uchun holis bo‘lishi va barcha ehtiyot choralarini ko‘rishi kerak. Shu bilan birga, har qanday qilinayotgan uslubning mukammal emasligini sezgan holda, bo‘layotgan o‘zgarishlarni o‘tkazib yubormaslik uchun tadqiqotlar bilan muntazam ravishda shug‘ullanib, o‘z ma’lumotlarining xatoligi darajasini ham ko‘rsatish kerak.
Marketing tadqiqotining tartibi alohida ketma-ket harakatlar majmuyidan iborat.

Download 26.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling