Marketing tizimi haqida tushuncha va tarmoq marketinglari Makromarketing va mikromarketing Marketingni boshqarish jarayoni


Download 103.38 Kb.
bet4/6
Sana09.04.2023
Hajmi103.38 Kb.
#1344646
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
JAHONGIR MARKETING

3. Marketingni boshqarish jarayoni

Marketingni boshqarish – marketing faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bо‘lgan barcha moddiy, moliyaviy, meyoriy va boshqa resurslarning majmui bо‘lib, uni amalga oshirish jarayonida barcha xodimlar faoliyatini bir maqsadga yо‘naltirish, uyushtirish va muvofiqlashtirishdan iboratdir. Bunda iqtisodiy, texnikaviy va boshqa qonunlardan ongli ravishda foydalaniladi. Bu faoliyat marketologlardan nihoyatda katta bilim, shijoat va tuganmas mehnat talab qiluvchi murakkab tizimdir.


Marketingni boshqarish tizimining tarkibiy qismlari: maqsad tamoyillari, vazifalari, tashkiliy tuzilishi, usullari, boshqarishning texnika va texnologiyasi, kadrlar va boshqalardan iborat. Marketingni boshqarishning maqsadi tizimning tо‘g‘ri va murakkabligi darajasiga qarab о‘zgaradi. Uning tashkiliy tuzilishini mezoni va maqsadideganda marketingning tarkibiy tuzilishining dinamik barqarorligi, evolyusiya о‘zgarishlari va tashqi muhit bilan о‘zaro ta’siri tushuniladi. Bu maqsad marketing faoliyat kо‘rsatayotgan sohalarda belgilangan darajadagi foyda olishga yо‘naltirilgan barcha faoliyatni boshqarishdir.
Marketingni boshqarish jarayoni quyidigilardan tashkil topilgan:

  • bozor imkoniyalarini tahlili;

  • maqsadli bozorni tanlash;

  • marketing kompleksini ishlab chiqish;

  • marketing chora-tadbirlarini hayotga tadbiq etish.

Bozor imkoniyatlari tahlilida marketing tadqiqotlari marketing axboroti, marketing muhiti, bozor tuzilishi, ulgurji va chakana savdo tahlili olib boriladi.
Maqsadli bozor tanlashda esa:
- talab hajmini ulchovi,
- bozorni segmentlash,
jarayonlari kо‘rib utiladi.
Marketing kompleksini ishlab chiqarishda esa tovar ishlab chiqarish, tovarga narx о‘rnatish, tovarlarni tarqatish usullari va sotishni rag‘batlantirish, ishlab chiqarishning kommunikativ siyosati ustida ishlar olib boriladi.
Keyingi bosqichda esa rejalashtirish tizimi, shuningdek, strategik rejalashtirish va marketing faoliyatini nazorat turlari, korxonaning tashkiliy tizimi kabilar tо‘liq yeritib beriladi.


Download 103.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling