Marketing tizimi haqida tushuncha va tarmoq marketinglari Makromarketing va mikromarketing Marketingni boshqarish jarayoni
Download 103.38 Kb.
|
JAHONGIR MARKETING
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Marketing tizimi haqida tushuncha va tarmoq marketinglari
MAVZU. MARKETINGNI TARKIBIY TUZILISHI VA UNI BOSHQARISHNI TASHKIL ETISH REJA 1. Marketing tizimi haqida tushuncha va tarmoq marketinglari .2. Makromarketing va mikromarketing 3. Marketingni boshqarish jarayoni 4. Marketingni tashqi va ichki sohasi, ularni о‘zaro bog‘liqligi. Korxonalarda marketing xizmatini tashkil etish. 5 XULOSA 6 ABIYOTLAR 1. Marketing tizimi haqida tushuncha va tarmoq marketinglari Marketing tizimi - bu qо‘yilgan maqsadlarga erishish va maqsadli bozor talabini qondirish uchun marketing qismlarining aniq birikuvidir. Tarkib о‘zida tо‘rtta asosiy qism – mahsulot yoki xizmat, narx, taqsimot va siljitishlarni birlashtiradi. Tovar va xizmatlarni olganda bozorga nima tavsiya yetilishi sifat darajasi, sotish hajmi, kompaniyaning innovatsion darajasi, ulchovning holati, alohida shartlar tadqiqotlarning hajmi va muddatlari mavjud mahsulotni sotishni tо‘xtatish paytini aniqlab olish kerak. Marketing tizimi ijtimoiy-iqtisodiy elementlar, subyektlar yig‘indisidan iboratdir. Marketing tizimi о‘z tarkibiga turli elementlarni qamrab oladi: ta’minotchilar; raqobatchilar; vositachilar; iste’molchilar (bozor); firma (kompaniya). Marketing tizimini shakllantirish va amal qilishi aniq urab tо‘rgan muhit ta’sirida olib boriladi. Bu muhitga ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy, demografik va ekologik omillar kiradi. Ta’minotchilar – alohida olingan tashkilot, uyushma, shaxslar yig‘indisidan tarkib topib, firmani moddiy, moliyaviy va mahsulot resurslari bilan ta’minlaydi. Raqobatchilar – istak bо‘yicha, safdosh tovar bо‘yicha, tovar turi bо‘yicha, tovar markasi bо‘yicha turkumlanadi. Marketing bо‘yicha vositachilar – tashkilot uchun uning tovarlarini mijozlarga yetkazish, sotish, aloqa о‘rnatish bо‘yicha yordam kо‘rsatuvchilardir. Vositachilar – savdo, logistik, marketing va moliyaviy vositachilarga bо‘linadi. Savdo vositachilari - ulgurji va chakana savdogarlardir. Logistika vositachilari – ombor tizimi xizmatlarida tovar va oqim holatlarini transportirovka qilish bilan shug‘ullanish. Moliyaviy vositachilar – bank, kredit, sug‘urta va boshqa moliyaviy xizmatlarni amalga oshiradi. Iste’molchilar – firmalar, alohida fizik shaxslar yoki ularni potensial guruhi bо‘lib, ular bozorda mavjud bо‘lgan tovar va xizmatlarni olishga tayyor. Iste’molchi – bozor kiroli, marketing vazifasi doimo iste’molchini xulq-atvorini о‘rganish, uni ehtiyojini firma mahsulotiga bо‘lgan munosabatini о‘rganish, tahlil qilishdan iborat. Firma, marketing va bozor munosabatlari bir-biriga о‘zaro ta’sir о‘tkazib, dialektik bog‘liqlikda harakatlanib boradi. Firma yangi texnologik jarayonlarni egallashga, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishga faqat bozordagi munosabatlar sabab bо‘ladi. 1-rasm. Marketingning asosiy modellari turlari (qо‘llanilish sohasi bо‘yicha) Marketing tarkibini ishlab chiqishda bosh masala uning bir butunligi, maqsadga erishishda muvaffaqiyatni ta’minlovchi barcha omillarning о‘zaro aloqasidir. Marketing iqtisodiy kategoriya sifatida g‘oyasi serqirradir. Uning tarkibi yoki faoliyat sohalarida quyidagicha: - ishlab chiqarish vositalari marketingi; - iste’mol tovarlari marketingi, - xizmat kо‘rsatish marketingi, singari turlarini kо‘rsatish mumkin. Buning har birining faoliyatida umumiy tamoyillar va vazifalar saqlanib qoladi, ammo bu yо‘nalishlarning har biri о‘ziga xos tomonlari bilan ajralib turadi. Ishlab chiqarish vositalari marketingi birinchi navbatda ishlab chiqarish talablarini hisobga olishga asoslanadi. Shu sababli maqsadga muvofiqlik maqbullik kat’iy uyg‘unlik eng birinchi о‘rinda turadi. Iste’mol tovarlari marketingi xilma xil talab va didga ega bо‘lgan iste’molchilarning keng doiralari bilan bog‘liq. Bu sohada iste’molchi fe’l atvorining tub mohiyatini о‘rganishga katta e’tibor beriladi. Xususan iste’molchilarni guruhlash, reklama, mahsulot sotishni uyushtirish, bularning barchasi iste’mol tovarlari bozorida marketing faoliyatining asosiy masalalari hisoblanadi. Masalan, dо‘konlarda о‘z-о‘ziga xizmat kо‘rsatish tamoyillari iste’mol tovarlari marketingi samarasi. Iste’mol tovarlari xizmati marketingi ishlab chiqaruvchi bilan iste’mol о‘rtasida bevosita aloqaning mavjudligi bilan ajralib turadi. Xizmatlarning kо‘pchilik qismi kompleks xarakterga ega. Masalan, mehmonxonalar, jamoat ovqat joylari, yekskursion xizmat, yedgorlik mollari sotish va xaqozolar paydo bо‘lishi yalpi turistik mahsulot tushunchasi bilan bevosita bog‘liqdir. Shu sababli kо‘rsatish sohasida marketing juda katta yо‘nalishga ega. Download 103.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling