Marketing tizimi haqida tushuncha va tarmoq marketinglari Makromarketing va mikromarketing Marketingni boshqarish jarayoni
Download 103.38 Kb.
|
JAHONGIR MARKETING
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.2-rasm. Ichki omillar (mikromuhit omillari).
2. Makromarketing va mikromarketing
Marketingning tarkibiy tuzilishi haqida fikr yuritilganda uning tarkibida mikromarketing, mikromarketing turlari mavjudligini alohida ta’kidlash zarur.5555 Bu tushunchalarni fanga birinchi marta F.Kotler 1972 yilda kiritdi va ularni xо‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanadigan tashkilotlar bilan bir qatorda foyda olish bilan bog‘liq bо‘lmagan madaniyat, ijtimoiy, siyosiy va shunga о‘xshash tashkilotlarga nisbatan ham qо‘lladi. Mikromarketing - korxonaning ishlab chiqarishni shakllantirish, tovarlar va xizmatlarning tayyorlovchidan iste’molchi yoki foydalanuvchiga borish oqimini boshqarish bilan bog‘liq bо‘lgan faoliyatdir. Uning asosiy vazifasi talabni qondirish va ayni paytda korxona oldiga qо‘ygan maqsadlarga erishishdir. Boshqacha aytganda bu ijtimoiy iqtisodiy jarayon bо‘lib, mahsulot yoki xizmatlarga bо‘lajak talab tarkibini о‘rganish, shuningdek bu talabni, taklifni shakllantirish iste’molchiga axborot berish yо‘llari bilan qondirish maqsadini kо‘zlaydi. Tovarlar va xizmatlar Shunday qilib, mikromarketing korxona darajasidagi bozor faoliyatidan iboratdir. Bozor tomon harakat- lanish kanallari Bozordagi joylashishi (o‘rni) Narx va narxni shakllantirish Kadrlar Ichki holat (situatsiya) tahlili 4.2-rasm. Ichki omillar (mikromuhit omillari). Makromarketing faoliyati korxona darajasidan chetga chiqadi va turli birlashmalar, konsepsiyalar, uyushmalar va umuman tarmoq darajasida amalga oshiriladi. Yanada kengroq ma’noda makromarketing tushunchasi mamlakatning jami xо‘jaligi mikesida mahsulotlarni yaratish va uning pirovard iste’molchisi tomon kо‘chish harakati hayotiy jarayonda qatnashadigan faoliyati va muassasalarni birlashtiradigan tizimdir. Bu tizim barcha ishlab chiqarish savdo, transport, reklama axborot va boshqa marketing vazifalarini bajaradigan korxona va xizmatlarni qamrab oladi. Makromarketingning vazifasi-butun mamlakat bо‘yicha moddiy boyliklar va xizmatlar oqimini boshqarishni tartibga solishdan iborat. Quyidagi 4.3–rasmda esa marketing makromuhiti omillari keltirilmoqda. Download 103.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling