Marketing tizimida narx siyosati (2-soat)


Narx siyosatini shakllantirish va narx darajasini


Download 17.74 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana03.12.2023
Hajmi17.74 Kb.
#1806466
1   2   3
Bog'liq
M.A2

Narx siyosatini shakllantirish va narx darajasini 
xisoblash uslublari
Narx bilan iste’molchilar urtasida juda chambarchas alokadorlik mavjudki, uni 
iktisodiy tamoyillar: talab konuni, talabning narx ravonligi, bozor segmentasiyasi 
bilan izoxlash mumikn. Talab konuni iste’molchilar odatda kimmat narxlarga 
karaganda arzon narxlarda kuprok tovarlar sotib olishini ifodalaydi. Ammo xar 
kanday tovar xam “narx-mikdor” alokadorligiga tugri kelavermaydi. Ayrim 
maxsulotlarga talab shundayki, muayyan sharoitlarda yukorirok narxlar kuprok 
tovar oboroti xajmini ta’minlaydi. Bunday tovarlar bozorning ayrim segmentlariga 
muljalalngan – bular kimmatbaxo avtomobillar, kemalar, zeb-ziynat buyumlari, 
muyna va boshkalar.
Ikki narx segmenti yakkol kuzga tashlanadi: “narx” xaridori va “sifat” xaridori 
bor. Kupincha xaridorlar sifatga nisbatan ishonch bildirib, ortikcha pul sarflaydilar. 
Yukorirok narxlar guyo ularga sifatga nisbatan ishonch bildirib, bu ayniksa noxush 
okibatlarga olib kelishi mumkin bulgan maxsulotlar xaridida kup kuzatiladi.
Narx ravonligi iste’molchilarning xarid kilinadigan tovarlar mikdori nuktai 
nazaridan narx o’zgarishlariga uta sezuvchanligini belgilaydi.
Amalda talab ravonligini uch kurinishi, ya’ni ravon talab, noravon talab xamda 
yakka (unitar) talabga bulish mumkin.
Bozor ravon talab vaziyatida narxlardagi o’zgarishlarga uta sezuvchan buladi.
Bozor noravon talab vaziyatida narxlardagi o’zgarishlarga yetarli darajada 
sezgirlik kursatmaydi.
Yakka ravonlik vaziyatida sotuvchilar kup bulgan, ularning bir maxsulot urnini 
ikkinchisining maxsuloti bosa oladigan joylarda kuzga tashlanadi. Kupgina kishlok 
xujaligi maxsulotlariga talab yakka ravonligi aks ettiradi. Shunday kilib, narxlardagi 


o’zgarishlar talab va taklifga muvofik kutarilib-pasayib turadi, maxsulot ishlab 
chikaruvchilar xoxishi bilan narx belgilanmaydi.
Azaldan talab darajasi narxlarning eng yukori chegarasini kursatadi, ya’ni bu 
chegaradan yukorida tovar ayirboshlash umuman mumkin bulmaydi. Ammo 
iste’molchilar maxsulotni xayolidagi yagona kat’iy narxda izlaydi. Marketologning 
vazifasi xam bozor belgilaydigan chegaralar doirasida makbul narxlarni topish 
xisoblanadi. Kupgina firmalar bozorlardagi turli narxlarni tadkik etish va tekshirish, 
urinbosar tovarlar narxi darajasini rakiblar narxni urganish yuli bilan statistik taxlil 
kilish usuli, grafik ekspert baxolovchi usullaridan foydalanib, talab o’zgarishini 
ulchashni utkazishga intiladi.
Ma’lumki, xarajatlar ishlab chikarish xajmining kupayishi yoki kamayishi 
bilan boglik xolda o’zgarish-uzgarmasligia karab doimiy, sharli-doimiy, 
uzgaruvchan turlarga bulinadi. Doimiy xarajatlar chiqarilgan maxsulot xajmiga 
karab uzgarmaydi. Bu xarajatlar tarkibiga kurilma va asbob-uskunalar 
amortizasiyasi, mulk soligi (daromad soligi), kushimcha xarajatlar va boshka chikim 
turlari kiradi.
Uzgaruvchan xarajatlar ishlab chikarish xajmiga boglik xolda uzgarib boradi, 
unga xom-ashyo, materiallar, ish xaki va boshkalar kiradi. Shartli-doimiy xarajatlar 
boshkarish bilan boglik ayrim xarajatlar, yordamchi materiallar olishga ketadigan 
chikimlar va boshkalar kiradi.
Tulik xarajatlar jami doimiy va uzgaruvchan xarajatlar yigindisidan tashkil 
topadi. Shuningdek, ishlab chikarishning chegaralangan (marjinal) xarajatlar xam 
xisoblanadi. Bu xarajatlar ishlab chikarish xajmi kupaygan (kamaygan) xollarda bir 
maxsulot birligiga tulik xarajatlarning kupayishi (kamayishi)ni ifoda etadi. Shunday 
kilib, firma xarajatlari tarkibi, dinamikasi, mikdori narx uchun minimal darajani 
tashkil etadi, chunki bu xarajatlarlardan pastrok narx xech kanday foyda bermaydi.
Korxona narxni belgilar ekan, xarajatlarning jami manzarasi kurib 
chikiladigan, zarar kurmasligini ta’minlaydigan taxlil usulidan foydalanadi. Bunday 
taxlil narxlarni belgilashda foydali vosita xisoblanadi. Ammo tor ishlab chikarish 
ixtisoslashuvi sharoitida, uzgaruvchan xarajatlarni oson xisoblash mumkin bulgan 
paytlarda uni kullash yaxshi natija beradi. Zarar kurmaslikni taxlil etishda asosiy 
e’tibor maxsulot sotish xajmi nuktasiga, tulik daromad tulik xarajatlarga teng 
bulgan, ya’ni na foyda na zarar bulmagan nuktaga karatiladi.
Marketologlar bir kator xar xil narxlarni tadkik etadilar, sungra xar bir narx 
uchun zaruriy xajmlar kiyoslanadi.
Rakobat narx siyosatida muxim barometr bo’lib xizmat kiladi. Korxonalarning 
narx siyosati narx belgilash maqsadlari va uslublariga boglik bulgan turt bozor tipini 
ajratish mumkin: sof rakobat, monopolistik rakobat, oligopolistik rakobat sof 
monopoliya .
Asosan narxni uzgartirish yuli bilan talabga ta’sir kursatish rakobatning narx 
bilan boglik usullarini yaratadi. Narx bilan boglik bulmagan rakobat usullarida 
firmalar uz maxsulotining uziga xos xislatlariga zur beradi, maxsulot sotish, tovarlar 
xarkati, reklama, maxsulotni joylash, servis kabi marketing kismlariga katta e’tibor 
beradi.
Bozorda narx uchta gurux omil natijasida shakllanadi:


1.Talab omillari (bozorda uxshash tovarlar mavjudligi va ularga bulgan narxlar, 
bozorga kirish, xaridorlar daromadlari, xaridorni talablari, talabga yunaltirilgan 
narx)
2.Xarajat omillari (ishlab chikarish xarajatlari, marketing xarajatlari, foyda).
3.Rakobat omillari (tarmokdagi firmalar soni, aynan uxshash import 
tovarlari,rakobatchilar tovarlariga bulgan narxni bilish.
Asosiy narxni belgilash uslubi kuyidagilardan iborat:
- narxlashtirish masalasi kuyiladi
- talabi aniklanadi,
- xarajatlari baxolanadi,
- rakobatchilar tovari va narx taxlil kilinadi, 
- narxni shakllantirish uslubi tanlanadi,
- oxirgi natijaviy narx urnatiladi.
Firma talab chizmasiga asoslanib, xarajatlarning mikdorini belgilab, rakiblar 
narxlarini urganib, uz maxsulotlariga narx belgilashga kirishadi. Bunda narx 
belgilashning turli usullaridan foydalanish mumkin.
Kupincha korxonalar maxsulot sotish narxini aniklashda sodda formulalardan 
foydalanadi. Formulalarga kura narx belgilash narx belgilashning boshka jami 
usullari kabi, birinchi navbatda e’tiborni foydaga karatadi, talabni xisobga olmaydi.
“O’rtacha xarajatlar plyus foyda” tamoyili buyicha narx belgilash tovarning 
tannarxiga muayyan ustama kuyishdan iborat bo’lib, narx belgilashning eng oddiy 
usuli xisoblanadi. Ustama narx mikdori tovar turiga karab, juda keng chegaralarda 
tebranib turadi. Shuningdek, tovarning ishlab chikaruvchidan pirovard natijada 
iste’molchiga yetib borishga karab oxirgi narx ulgurji va chakana savdo kuyadigan 
ustama narxlar yakunini ifodalaydi.
“Kuzlangan foyda normasi” olishni ta’minlaydigan narx belgilash usulini 
kullaydigan ishlab chikaruvchilar oldindan sarf etilgan kapital uchun muayyan 
kaytim foiz olishga intmiladilar. Bu usul urtacha solishtirma xarajatlarni xisoblashga 
asoslanadi.
Narxni chegaraviy xarajatlar buyicha belgilash usulini kullash bilan firma 
maxsulotning kushimcha xajmi birligini bu maxsulotni ishlab chikarishning aloxida 
kiymatiga sotadi, bu xolda xarajatlarning fakat bir kismi koplanadi, foyda amalga 
oshmaydi. Narx belgilashning bu strategiyasi agar firma ishni tuxtatish xavfi ostida 
kolgan va foydalanadigan ishchi kuchini saklab kolishni xozlagan sharoitlarda naf 
keltirishi mumkin.
Savdoda dukonlarga xaridorlarning kelishini kupaytirish uchun sotuvchilar 
ayrim tovarlarni tulik xarajatlaridan pastrok baxolab, “jalb etuvchi” narxlar 
yaratadilar. Xaridorlar kupayadi, ular arzon narxdagi tovrlar bilan birga bunga 
kushimcha ravishda narxi me’yorda bulgan tovarlarni xam xarid kiladilar.

Download 17.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling