Marketing tizimida talab va taklif modeli
Download 310.18 Kb.
|
18. Matchanov R - Marketing
- Bu sahifa navigatsiya:
- Marketing tizimida talab va taklif modeli Reja: Kirish
- Xulosa Kirish Marketing tizimi
- marketing tizimi
Toshkent davlat moliya instituti Byudjet hisobi va g’aznacholigi fakulteti ILXKM-80 guruh talabasi Matchanov Rajabboyning Menejment va marketing fanidan “Marketing tizimida talab va taklif modeli” mavzusida tayyorlagan Mustaqil ishi Marketing tizimida talab va taklif modeli Reja: Kirish Asosiy qism - Marketing tizimi, uning xususiyatlari; - Marketing tizimining asosiy tarkibiy qismlari; - Marketing tizimida talab va taklif modeli. Xulosa Kirish Marketing tizimi - F.Kotler fikricha, korxona bilan uning hamkorlari va tovar (xizmat)lari sotiladigan bozordagi subyektlarini o‘zaro bog‘lab turuvchi eng muhim munosabatlari va axborot oqimlari kompleksi (majmuyi)ni ifodalaydi. Marketing tizimiga ta’minotchilar, vositachilar, sotuvchilar, iste’molchilar, raqobatchilar va korxona faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan boshqa bozor subyektlari kiradi. Marketing tizimi korxonaning bozordagi faoliyat strateiyasiga qarab shakllanadi va undagi o‘zgarishlar asosida yangilanaveradi. Marketing tizimining shakllanishiga va o‘zgarishiga asosiy sabab bozor konyunkturasi hisoblanadi. Marketing tizimi korxona tashqi muhitini ifodalovchi ijtimoiy-iqtisodiy, demografik, texnik-texnologik, siyosiyhuquqiy va madaniy omillar ta’sirida shakllanadi va faoliyat yuritadi. Uning muvaffaqiyatli faoliyati korxona imkoniyatlarini bozor faoliyatiga nechog‘lik muvofiqligiga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi. Shu bilan birga marketing tizimiga korxonaning raqobatchilari sezilarli ta’sir ko‘rsatib, ko‘pincha ularning bozor strategiyalari o‘zgarishi bilan tizimda yangi yo‘nalish boshlanishiga olib keladi. Aniq korxona uchun marketing bo‘limi haqida Nizom ishlab chiqishda korxonaning xususiyatlari: strategik maqsadlari, vazifalari, boshqaruvning tashkiliy strukturalari, faoliyat sohasi, biznes turining soni, moliyaviy, mehnat resurslari, shuningdek, qonunchilik va me’yoriy hujjatlar hisobga olinadi. F.Kotler marketing tizimi tushunchasiga kompleks yondashib, uni jiddiy bozor munosabatlari va axborot oqimlari kompleksi deb tushunib, firmaning bozorlarga bevosita bog‘liq faoliyatiga katta e’tibor beradi. Bunday sharoitda firmaning ichki va tashqi muhiti tahliliga alohida e’tibor qaratish zarur. Demak, marketing tizimi – firma faoliyatining operativ va strategik yo‘nalishini belgilab beradigan tashkiliy, boshqaruv, rejalashtirish sohalariga tegishli to‘xtovsiz jarayon, subyektlar, vositalar va axborot oqimlari kompleksidir. Download 310.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling