Marketing tizimida talab va taklif modeli


Download 310.18 Kb.
bet3/3
Sana18.03.2023
Hajmi310.18 Kb.
#1282241
1   2   3
Bog'liq
18. Matchanov R - Marketing

Talab va taklif — bozor iqtisodiyotining fundamental tushunchalari. Talab va taklif narxni shakllantiradi, shu bilan birga narx talab va taklif oʻrtasidagi nisbatni aniqlaydi.
Talab — tovarning narxi va talab miqdori orasidagi munosabat bo‘lib, xaridorlarning muayyan vaqt davomida tovarni turli narxlarda qanchadan sotib olish imkoniyatlarini aniqlaydi.
Talab miqdori — xaridorlarning muayyan vaqt davomida ma’lum narxda sotib olishlari mumkin bo‘lgan tovar miqdori.
Taklif — tovar narxi va taklif miqdori orasidagi munosabat bo‘lib, sotuvchilarning muayyan vaqt davomida, tovarni turli narxlarda qancha miqdorda sotish mumkinligi haqidagi xohish va imkoniyatlarini aniqlaydi.
Taklif miqdori — sotuvchilarning muayyan vaqt davomida ma’lum narxda sotishlari mumkin bo‘lgan tovar miqdori.




Talab va taklif modeli.
Bu yerda:
P-narx
S-taklif egri chizigi
D-talab egri chizigi
Q-miqdor
E-muvozanat miqdor va narx.


Chizmadan ko‘rinib turibdiki, talab va taklif miqdori o‘zaro tenglashganda muvozanat narx yuzaga keladi. Agar ishlab chiqaruvchi tovar narxini muvozanat narxdan yuqoriroqda belgilasa unda bu tovarga nisbatan bozordagi mijozlarining bir qismini yo‘qotadi va aksincha narx miqdori pasaysa tovarga nisbatan mijozlar talabi miqdori oshadi. Bu yerda narxdan boshqa omillami o'zgarmas deb olish maqsadga muvofiq. Narx korxona daromadining asosiy manbai ekanligi quyidagi formula orqali ham ifodalanadi:


П=(Р*U)-C
Bu yerda:
П -korxona foydasi
P-tovarga nisbatan belgilangan narx
U-sotilgan tovarlar hajmi
C-jami xarajatlar miqdori
Foydadan tashqari narx tovaming sotilish hajmiga, moliyaviy ko‘rsatkichlarga, bozor ulushiga ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Narx bamisoli barometr kabi bozor holatini ko'rsatib turadi, tovar narxi pasayib ketsa, tovar bozori kasodlikka yoliqqan bo‘ladi, tovar nafsiz boiib, uni boshqa tovar bilan almashtirish yoki uning sifatini tubdan yaxshilash zarurligi pul tarkibiga qo‘yiladi. Narxning iqtisodiy mazmunini uning funksiyalari ko‘rsatib beradi. Narx nimaga tegishli bo‘lishidan qat’iy nazar (tovar, xizmat), beshta asosiy funksiyani bajaradi:
• bozor muvozanatini ta’minlash funksiyasi;
• hisob-kitob, oichov funksiyasi;
• iqtisodiy regulyator funksiyasi;
• raqobat vositasi funksiyasi;
• ijtimoiy himoya funksiyasi.
Bozor narxining asosiy xususiyatlari ularning doimo o ‘zgarib turish
qobiliyatidir. Narxlar hech qachon sababsiz o‘zgarmaydi. Yuqori narxlar esa yuqori sifatli, yangi iste’mol qobiliyatiga ega bo‘lgan tovarlarga o‘rnatiladi. Narx darajasiga tovarning raqobatbardoshligi va bozordagi o‘rni bog‘liqdir. Narx belgilash maqsadlari: bozor ulushini ko‘paytirish, qisqa vaqt ichida eng ko‘p foyda olish, yuqori foyda normasini uzoq muddat saqlab qolishdan iborat.
Xulosa
Download 310.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling