Marketing va tadbirkorlik psixologiyasi. Iqtisodiy munosabatlar psixologiyasi


Download 144.52 Kb.
bet1/5
Sana22.04.2023
Hajmi144.52 Kb.
#1379619
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Marketing va tadbirkorlik psixologiyasi

Marketing va tadbirkorlik psixologiyasi.Iqtisodiy munosabatlar psixologiyasi

  • Guruh: 32-21
  • Bajardi; Jamoliddinov Muhiddin
  • Qabul qildi: Xolmamatova L

1.Tadbirkorlik psixologiyasi ijtimoiy-iqtisodiy hodisa sifatida va tadbirkorlikda rahbarlik sifatlari.
2.Marketing psixologiyasi va unda qo’laniladigan psixalogik kalitlar.
3.
Reja
Kirish
Iqtisodiy munosabatlarni boshqarish psixologiyasi.
Marketing - sotuvchi va haridor o'rtasidagi tovar, mahsulot yoki xizmatlar almashinuvi natijasida kompaniyaning qiymati oshish jarayoniga aytiladi.
Foydali almashinuv natijasida sotib oluvchi biron mahsulot, tovar yoki xizmatga ehtiyojini qondiradi, sotuvchi esa o'zining foyda ko'radi.
Marketingning maqsadi - yangi mijozlarni mahsulot, tovar yoki xizmat uchun jalb qilish, ularga yuqori iste'mol sifatini taklif qilib, eski mijozlarni saqlab qolgan holda, ularning tinimsiz o'zgarib turuvchi ehtiyojlarini qondirishdan iborat.
Tadbirkorlik (tadbirkorlik faoliyati bu- iqtisodiy foydadir) — oʻz tavakkalchiligi ostida amalga oshiriladigan, mulkka egalik qilish, tovarlarni sotish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar koʻrsatishdan muntazam ravishda daromad olishga qaratilgan mustaqil faoliyat sanaladi. Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslar, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ushbu lavozimda roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak[1].
Kirish
Bozor iqtisodiyoti sharoiti tadbirkor rahbarlardan tadirkorlik va ishbilarmonlikni, boshqaruv uslublarini takomillashtirishni talab etadi. Boshqarish uslublari, asosan, ongli ravishda muayyan maqsadlarga erishish uchun xizmat qiladi. Ular mohiyati va maqsadiga ko’ra tarbiyaviy, moddiy-rag’batlantiruvchi, ma’muriy-tashkiliy turlarga bo’linadi.Tarbiyaviy uslub, insonning ma’naviy takomillashishiga, ruhiyatiga va boshqa ijtimoiy xarakteriga mos ravishda tashkillashtiriladi.
Moddiy rag’batlantiruvchi uslub esa mehnat samaradorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash uchun ishchilarni moddiy qiziqtirish maqsadida tashkil etiladi. Ma’muriy-tashkiliy uslub asosan jamiyat talablarini qondirishga qaratilgan bo’lib, ishlab chiqarish jarayonini va mehnat taqsimotini rejali olib borish uchun qo’llaniladi. Bu uslub ikki turda bo’lishi mumkin: uzoq muddatga moslashtiriladigan va bir martalik bo’lishi mumkin. Shart-sharoitiga ko’ra, kerakli uslub qo’llaniladi va bu takomillashtirib boriladi. Boshqarish uslublarini takomillashtirishdan asosiy maqsad daromadni to’g’ri taqsimlash, har bir ishchi, xizmatchining o’z mehnatiga yarasha daromad olishini ta’minlashdir. Demak, boshqarish uslublarini hayotga shunday tadbiq etish kerakki, har bir inson mehnat qilsagina, turmushi yaxshi bo’lishiga ishonch hosil qilsin.
Barcha ko‘rinishdagi tadbirkorlik faoliyatlari turli belgilariga qarab toifalarga ajratiladi: xususan, faoliyat turi, mulkchilik shakli, mulkdorlar soni, tashkiliy-iqtisodiy shakllari, yollanma mehnatdan foydalanish darajasi va hokazolar bo‘yicha. Bulardan ayrimlarini ko‘rib chiqamiz. Turi yoki qo‘llanilishi bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatlari - ishlab chiqarish, moliyaviy, tijorat-konsultativ va boshqa turlarga bo‘linadi. Bular barchasi birgalikda yoki alohida faoliyat ko‘rsatishi mumkin.

Download 144.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling